5.2. Ishchi fan dasturi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
INFORMATIKA O‘QITISH METODIKASI
KAFEDRASI
Ro‘yxatga olindi:
|
|
“Tasdiqlayman”
|
№ ______________
2021-yil ________
|
|
O‘quv ishlari prorektori
___________________
“___” _________ 2021-y.
|
AXBOROT TIZIMLARINI LOYIHALASH
FANINING
ISHCHI O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi:
|
600000
|
–
|
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
|
Ta’lim sohasi:
|
610000
|
–
|
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
|
Mutaxassislik:
|
70610204
|
–
|
Axborot tizimlari (tarmoqlar bo‘yicha)
|
Ma’ruza:
|
60 soat
|
Amaliy mashg‘ulot:
|
60 soat
|
Mustaqil ta’lim:
|
180 soat
|
Jami:
|
300 soat
|
Qarshi – 2021
Fanning ishchi o‘quv dasturi Qarshi davlat universiteti Kengashining 2021-yil “____” _______dagi ____-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Axborot tizimlarini loyihalash” fan dasturi asosida ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar:
|
|
A. Norov, Qarshi DU “Informatika o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri, t.f.b. PhD.
|
|
|
M. Xakimov, O‘zMU “Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari” kafedrasi professori, texnika fanlari nomzodi.
|
|
|
|
Taqrizchilar:
|
|
A. Kabulov, O‘zMU “Axborot xavfsizligi” kafedrasi professori, texnika fanlari doktori.
|
|
|
I. Yuldoshev – Qarshi DU “Informatika o‘qitish metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha PhD.
|
Fanning ishchi o‘quv dasturi Informatika o‘qitish metodikasi kafedrasining 2021-yil __________dagi _____-sonli yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan va tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri: A. Norov
Fanning ishchi o‘quv dasturi Fizika-matematika fakulteti kengashining 2021-yil ________ dagi ____ -sonli yig‘ilishida tasdiqlangan.
Fakultet dekani: B. Qo‘yliyev
Magistratura bo‘limi boshlig‘i: U. Yoziyeva
“Kelishildi”
|
|
|
O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i:
|
|
P. Qurbonov
|
Fan/modul kodi
|
O‘quv yili
|
Semestr
|
ECTS – Kreditlar
|
MKIA1310
|
2021-2022
|
1, 2
|
1-semestr: 5
2-semestr: 5
|
Fan/modul turi
|
Ta’lim tili
|
Haftadagi dars soatlari
|
Majburiy
|
O‘zbek/rus
|
1-semestr: 4
2-semestr: 4
|
1
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)
|
Mustaqil ta’lim (soat)
|
Jami yuklama (soat)
|
Axborot tizimlarini loyihalash
|
1-semestr: 60
2-semestr: 60
|
1-semestr: 90
2-semestr: 90
|
300
|
I. Fanning mazmuni
Fanning maqsadi – murakkab axborot tizimlarini yaratish va ularning dasturiy ta’minotidagi hayot siklini boshqarish sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash; asosiy tizimli tushunchalar, xalqaro standartlar va amaliyotni o‘zlashtirish; murakkab tizimlarni yaratish uchun tizimli yondoshuvni shakllantirish kabi masalalarni o‘rgatishdan iborat.
Fanning vazifasi – murakkab loyihalarni yaratish uchun tizimli yondoshuvning kelajakdagi istiqbollarini hisobga olish uchun magistrantlarning qobiliyatini, ana shu kelajakdagi jarayonlarni hisobga olish nuqtai nazaridan shakllantirishdan iborat.
II. Ma’ruza mashg‘ulotlari
1-mavzu. Axborot tizimlarini (AT) loyihalash.
Axborot tizimlarini (AT) loyihalash uslubiyatining asosiy tushunchalari. AT loyihalash uslubiyatining maqsadi va mazmuni. ATdagi qism-tizimlar. AT loyihalash texnologiyasining rivojlanish bosqichlari. ATlarining hayot sikli.
2-mavzu. AT bo‘yicha xalqaro standartlar.
ATlarining hayot siklidagi asosiy jarayonlarning ISO/IEC 12207 bo‘yicha mazmuni. Jarayonlarning mosligi. Jarayonlarni hayot sikli bosqichlarini ISO/IEC 12207 bo‘yicha taqsimlash. Masalalar ketma-ketligi.
3-mavzu. ATni modellashtirish.
Modellashtirish – ATni loyihalash asosi. Modellarni yaratishdagi asosiy yondashuvlar. Tijorat jarayonlarini modellashtirishdagi masalalar. BFD (Block Flow Diagrams) – Xarrington xaritasi. IDEF standartlari. Tijorat jarayonlarini tuzilmaviy modellashtirish.
4-mavzu. Berilganlar oqimini modellashtirish.
Tijorat jarayonlarini bajarish ssenariylarini modellashtirish (IDEF3). Berilganlar oqimini modellashtirish – DFD (Data Flow Diagram) diagrammalari. DFD diagrammalarining tarkibi. “Mohiyat-aloqa” – ERD diagrammalari. Loyihalashdagi DATARUN texnologiyasi.
5-mavzu. ATni loyihalash bosqichlari.
AT loyihalashni tashkillashtirishdagi umumiy yondoshuvlar. AT me’yoriy loyihalashdagi 1- 5- bosqichlar.
6-mavzu. Texnik topshiriq.
Texnik topshiriqni ishlab chiqish. Loyiha xususidagi ma’lumotlar. Texnik topshiriqning tuzilishi. Tizimni yaratish (rivojlantirish)ning tayinlanishi va maqsadi.
7-mavzu. ATga talablar.
Tizimga talablar. Tizimga umumiy talablar. Tizim bajaradigan funksiya (masala)larga talablar. Ta’minot turlariga talablar.
8-mavzu. Texnik loyiha.
Texnik loyiha. Texnik loyiha bo‘limlari. Yechimli hujjatlar: tizimdagi umumiy masalalar bo‘yicha; tashkiliy ta’minot bo‘yicha.
9-mavzu. Asosiy mahsulotlar.
Yechimli hujjatlar: dasturiy, texnik va axborot ta’minoti bo‘yicha.
10-mavzu. ATning namunaviy loyihasi.
ATni me’yoriy loyihalashdagi 6-8-bosqichlar. ATning namunaviy loyihasi. Namunaviy loyihadagi sinflar. Modelga yo‘naltirilgan loyihalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |