Kafedrasi axborot tizimlarini loyihalash fanidan o‘quv-uslubiy majmua


Tizimli talablarni yaratish bosqichlari



Download 2,62 Mb.
bet45/84
Sana16.06.2022
Hajmi2,62 Mb.
#676575
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   84
Bog'liq
Kafedrasi axborot tizimlarini loyihalash fanidan o‘quv-uslubiy m

2. Tizimli talablarni yaratish bosqichlari.
Ta’lim tizimida sezilarli oʻzgarishlar roʻy bermoqda. Ta’lim tizimida masofadan oʻqitish uslubi shakllari qoʻllanilmoqda. Masofadan oʻqitish uslubi bu sirtqi oʻqishning yangi shaklidir.
Masofadan oʻqitish bu mustaqil oʻqishdir. Mustaqil oʻqish insonning mustaqil fikrlash, holatni baholash, xulosa va bashorat qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi.
Multimediya darslik oʻzida koʻpgina ma’lumotlarni mujassamlash bilan birga, bu ma’lumotlarni ekranda namoyish etadi, hamda ovoz yordamida izohlaydi. Multimediya darslikning xususiyati u voqea va ma’lumotlarni yaqqol aks ettiradi. Ya’ni Multimediya voqea va ma’lumotlarni hayotiylashtiradi. Bu matn, videotasvir, multiplikatsiya, ovoz va musiqa yordamida amalga oshiriladi.
Masofadan oʻqitishda virtual kutubxonalar, sputnik orqali videokonferentsiyalar, darslar, Internet yordamida muloqot va informatsiya olish imkoniyatlari paydo boʻldi. Bu esa oʻquvchi uchun maxsus oʻqish doirasini berdi. Oʻquvchining fanni oʻzlashtirish tezligi va sifati keskin yaxshilandi.
Masofadan oʻqitish qanday amalga oshiriladi? Dunyoning koʻplab universitetlari va oʻquv markazlarida bu usul mavjud. Kerakli manzilni Internetdan topishingiz va manzilga kirib bu oʻqish talabasi boʻlish uchun maxsus shaklni toʻldirishingiz zarur. Odatda avval kursning va oʻqish tartibi tavsifi bilan tanishib chiqish mumkin. Keyin shakldagi satrlarni toʻldirib, kredit kartochkangiz raqamini kiritishingiz zarur. Kursga kirish tartibi turlicha, bu mutaxxassilikka bogʻliq.
Oʻqish tartibi quyidagicha: oʻqituvchi kurs bilan tanishtiradi va topshiriqlar beradi. Siz koʻrsatilgan manbalar bilan ishlab topshiriqlarni bajarasiz va oʻqituvchiga yuborasiz. Oʻqituvchi uni tekshirib, javobni sizga qaytaradi. Zarur holda koʻrsatmalar beradi. Shu tartibda kurs mavzulari oʻrganib chiqiladi. Muzokara, asosan, elektron pochta orqali amalga oshiriladi. Telefon tarmogʻidan ham ba’zan foydalaniladi. Bosma oʻquv materiallari pochta orqali yuboriladi, oʻqish jarayonida talaba oʻquv qoʻllanma, elektron kutubxona va darsliklardan, elektron forumlardan, vidoekonferentsiyalardan foydalanadi.
Bunda oʻqish individual shaklda olib boriladi va oʻqituvchi oʻquvchining qobiliyati va xususiyatlarini hisobga olgan holda oʻqitadi. Bu individuallik oʻquvchida qiziqish uygʻotadi va uni oʻqishda aktivlikka ragʻbatlantiradi.
Respublikamiz Oliy va Oʻrta Maxsus bilim yurtlarida masofadan oʻqitishni tatbiq etishga jiddiy e’tibor berilmoqda. Masofadan oʻqitish uslubi haqida batafsil www.dl.uz sahifada tanishishingiz mumkin.
Keyingi vaqtlarda telemeditsina va uni sogʻliqni saqlash tizimidagi benihoya oʻrni haqidagi xabar va maqolalar ommaviy axborot vositalarida tez-tez paydo boʻlib bormoqda. Xush, zamonoviy meditsinaning bunday ilgʻor yoʻnalishlari rivojida informatsion texnologiya va internetning oʻrni qanday?
Ma’lumki internet oʻzaro ma’lumotlar almashish imkonini beruvchi katta informatsion magistral boʻlib, u nafaqat raqamli ma’lumotlarni balki raqamlar majmuasiga aylantirilgan audio va video ma’lumotlarni ham uzatish, qabul qilish imkoniyatini beradi. Shundan foydalangan holda hamda maxsus dasturlar asosida multimediya vositalari va kameralar bilan jihozlangan ikki yoki undan ortiq kompyuterlar yordamida meditsina markazlari oʻrtasida video konferensiyalar tashkil etish mumkin.
Bunday imkoniyatga ega boʻlgan vrach mutaxassis yuzlab, minglab kilometr masofadan turib internet orqali oʻz mijozining (bemorning) holati haqidagi video tasvirlarni olishi, operatsiya stolida yuz berayotgan jarayonni bevosita kuzatishi, rentgen, ultra tovush, endoskop va boshqa maxsus tashxis qurilmalaridan olingan ma’lumotlarni tahlil qilishi mumkin. Bu esa oʻz navbatida meditsina xizmati saviyasini oshirish, yuqori malakali mutahassislar maslahatlaridan markazdan uzoqdagi bemorlar ham foydalanish, masofadan turib tez tibbiy yordam koʻrsatish imkoniyatlarini beradi.
Bunday axborot kompyuter tizimi vrach mutaxassislar oʻrtasida, meditsina xizmati koʻrsatuvchi markazlar, boʻlimlar oʻrtasida oʻzaro videokonferensiyalar tashkil etish, bemor holati haqidagi videotasvirlarni masofaga uzatish imkoniyatlarini yaratib berish bilan bir qatorda, davolash jarayonini tashkil etish va uni boshqarish uchun zarur boʻlgan yagona informatsion muhitni ham yaratib beradi.
Ushbu tizimdan foydalanilgan holda meditsina oʻquv yurtlari talabalari uchun oʻquv kurslarini tashkil etish, yirik mutaxasislarning noyob operatsion jarayonlarini namoyish etish hamda oʻzga mamlakat va shaharlarda faoliyat koʻrsatuvchi mutaxassislarning maslahatlarini tashkil etish ham mumkin boʻladi.
Masofaviy o‘qitish uslubi aslida, jo‘gʻrofiy jihatdan uzoqda joylashgan maktablar va akademik ta’lim uchun mo‘ljallangan edi. Lekin, zamonaviy axborotlar va telekommunikatsion texnologiyalarining rivojlanishi tabiiy ta’lim-tarbiya jarayonini uzoq masofadan turib amalga oshirishga yo‘l ochib berdi. Masofaviy o‘qitishning uslubi asosida Xalqaro Kengashining tahlillari shuni ko‘rsatmoqdaki, hozirgi kunda jahonda 10 milliondan ortiq talabalar shu uslub asosida ta’lim olishmoqda.



Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish