Bog'liq Kafedrasi axborot tizimlarini loyihalash fanidan o‘quv-uslubiy m
3. “Mohiyat-aloqa” – ERD diagrammalari. Loyihalashdagi DATARUN texnologiyasi. Ishlab chiqarish-texnologik faoliyat modeli quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
muassasalarning ishlab-chiqarish tavsifi (sexlar turi, ishlab-chiqarish mahsuloti, uchastkalar; sexlarning texnologik aloqasi; uskunalar turi; ishchilar soni; sexlarning joylashishi; omborlar, ularning joylashishi; yuk ortish va tushirish xarakteri; iste’molchilar soni; boshqarish punkti va hk.).
sexlar turi; ularning ishlab chiqarishdagi aloqalari; omborxonalar turi; ularning taqsimlanishi bilan berilgan ko‘rsatmalar bo‘yicha sxema beriladi.
Tashkiliy-xo‘jalik faoliyati modeli o‘zida quyidagilarni jam qilgan:
bo‘limlar turi va tashkiliy-xo‘jalik faoliyati xizmati; bajariladigan funksiyalar; funksional aloqalar; xizmatlar va bo‘linmalar taqsimoti; ishchilar soni; funksional bo‘linma bo‘yicha yechiladigan asosiy masalalar; iste’molchilar va foydalanuvchilar; hujjatlar; tavsifnomalar; ishlab chiqariladigan hujjatlar hajmi; so‘raladigan muddatlar;
Tashkiliy-xo‘jalik bo‘linmalarini funksiyalashtirish nazariyasida eng avvalo maqsad qaratilgan funksiyalashtirishni aniqlovchi va so‘ralayotgan masalalar umumiy yechimiga bog‘liq bo‘lgan, muassasani funksiyalashda mavjud bo‘lgan tashkilot tavsifnomasi so‘raladi.
Materiallar to‘plami modeli o‘zida quyidagilarni jam qilgan:
materiallar tushuvchi nuqta, xomashyolar turi xarakteristikasi va tabiiy hajmi bilan;
analogik tavsifi bilan sexlar va uchastkalar orasidagi ichki to‘plami;
ishlab chiqarishda zahiralarni turlovchi joylar va ularning hajmlari;
texnologik uskunalar to‘plami;
tashqi tashkilotlar bilan bo‘linmalarning hujjat aylanishi aloqasi tizimi; hujjatlar formasi; tushish soni va davriyligi; bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatolar soni va ko‘rinishi; axborot hajmi;
axborot olishning boshqa formalari, uning xarakteri;
dastlabki hujjatlar va formalar bo‘yicha ichki axborot aylanish sxemasi; hujjat uzatish yo‘li;
xato tavsifi; me’yoriy ma’lumotnomali ma’lumotlar, ularning formalari va berilishi.
Axborotlar to‘plami modeli tashkiliy-xo‘jalik faoliyat bo‘limini funksiyalashtirish modeli bilan bir vaqtda tashkil topgan bo‘lishi kerak va axborotli aspekli funksiyalashtirishda shartning tavsifi bo‘lishi kerak.
Tizimning muammoli tahlilida, qayta ishlashda va yechimni amalga oshiruvchi model quyidagilarni o‘z ichiga olishi zarur:
Ishlab chiqarish - xo‘jalik faoliyati ostidagi iyerarxik struktura;
Mavjud taqsimlangan huquq tavsifi, yechim qabul qiluvchi va boshqaruvchi boshliqlarning burchlari;
Mavjud ziddiyatli holatlar tavsifi va ularni yechish bosqichlari;
Murakkab ishlab chiqaruvchili tizimning sifatli modeli, tizimni funksiyalashtirish bo‘lakcha aspekti modelida foydalanish hisobiga natijada tizimni yuqori darajada detallashgan qilib ko‘rsatishga imkon beradi. Biroq tizimning integral ko‘rinishining teskari jarayonida bu kabi detallashgan nazariyasining qimmati butun holda shubhali bo‘lib qoladi. Olingan nazariyaning hammasi ko‘rsatilgan umumlashgan modelda amalga oshmaydigan bo‘lib qoladi. Shu bilan birga, hatto model sodda holda bo‘lsa ham bo‘lakcha aspektda tizimning modelli nazariyasi foydali bo‘lib qoladi.