O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI FIZIKA FAKULTETI F-1903 GURUH TALABASI Tursunov Sunnatulloning YARIMO’TKAZGICHLAR VA POLIMERLAR FIZIKASI KAFEDRASIGA “KAFEDRALAR BILAN TANISHUV AMALIYOTI” GA TAYYORLAGAN XISOBOTI YARIMOʻTKAZGICHLAR VA POLIMERLAR FIZIKASI KAFEDRASI
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti fizika fakultetida 2011-yil dekabrida “Yarimoʻtkazgichlar va dielektriklar” kafedrasi va “Polimerlar fizikasi” kafedrasi birlashtirilib, “Yarimoʻtkazgichlar va polimerlar fizikasi” kafedrasi nomi beriladi. Ushbu kafedra tarkibiga 2014-yilda “Fizikaviy elektronika” kafedrasi qoʻshiladi va fakultetning yirik va yetakchi kafedralaridan biriga aylanadi. Ammo ularning har biri alohida ham boy tarixi va anʼanalariga ega.
“Yarimoʻtkazgichlar va dielektriklar” kafedrasiga 1970-yili prof. A.T. Teshaboyev asoschiligida “Yarimoʻtkazgichlar va dielektriklar fizikasi” kafedrasi tashkil qilindi. Uni 1970-1981-yillari prof. A.T. Teshaboyev, 1981-1996-yillari prof. S. Zaynobidinovlar boshqardilar. Kafedrani 1996-yildan hozirgacha prof. S.I. Vlasov boshqarib kelgan.
“Polimerlar fizikasi” kafedrasi 1994-yili akad. S.Sh. Rashidova tashabbusi bilan tashkil topgan “Polimerlar fizikasi” kafedrasi ushbu soha mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlash sohasida Markaziy Osiyoda yagonadir. Kafedrani 1994-1996-yillarda akad. S.Sh. Rashidova, 1996-2006-yillarda prof. T.I. Usmanov va 2006- 2010-yildan akad. S.Sh. Rashidova boshqarib kelgan. 2010-2011-yillarda f.m.f.d. A.Xolmuminov mudirlik qilgan
Bilashgandan soʻng, Yarimoʻtkazgichlar va polimerlar kafedrasini 2012-2017-yillarda f.-m.f.n. dos D.E.Nazirov , 2017-2019 f.-m.f.n. dos A.A.Nasirov va 2019-yildan beri f.m.f.d. prof A.A. Xolmuminov mudirlik qilmoqda.kelmoqda.
XX asrning 60-yillariga kelib jahon boʻylab keza boshlagan elektronika sanoati inqilobining shamoli Oʻzbekistonda ham bir qator elektron asbobsozligiga oid zavod va korxonalar, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarining Toshkent, Chirchiq va boshqa shaharlarda tashkil topishi va rivojlanishi yarimoʻtkazgichlar fizikasi boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni jadallashtirish va chuqurlashtirish zaruratini yaratdi va bu hol ushbu soha yoʻnalishlari uchun yarimoʻtkazgichlar fizikasi kabi taʻlim yoʻnalishlarini tamomlagan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash vazifasini dolzarb qilib qoʻydi. Respublika hukumatining oliy taʻlim tizimi oldiga qoʻygan ushbu oʻta masul topshirigʻini Oʻrta Osiyo davlat universiteti rahbariyati (hozirda Oʻzbekiston Milliy universiteti) oʻz zimmasiga oldi va 1960-yilda fizika fakultetining nazariy fizika kafedrasi bazasida yarimoʻtkazgichlar va dielektriklar fizikasi ilmiy yoʻnalishi va mutaxassisligining poydevoriga dastlabki “gʻisht”ni ushbu kafedra va uning qoshidagi yarimoʻtkazgichlar muammolari laboratoriyasi mudiri, f.-m.f.d., prof. G.M. Avakyants qoʻydi va yarimoʻtkazgichlar fizikasi boʻyicha dastlabki mutaxassislar tayyorlana boshlandi. Avakyants G.M. 1966-yili Armaniston FA muxbir-aʼzosi etib saylandi va Armaniston hukumatining taklifi asosida Yerevanga koʻchib ketdi va uning shogirdi, ushbu sohaning ilk mutaxassislaridan dos. A.T. Teshaboyev yarimoʻtkazgichlar muammolari laboratoriyasining va ixtisoslikning rahbari etib tayinlandi va 1966-1981-yillarda bu ilmiy yoʻnalish va ixtisoslikka koʻplab iqtidorli mahalliy yoshlar jalb etildi. 1960-1970-yillarda nazariy va eksperimental tadqiqotlar quyidagi mavzular boʻyicha oʻtkazildi: yarimoʻtkazgich asboblarning reaktiv; diodlarda oʻta yuqori chastotali toklarning oʻtish xususiyatlari; diodlarda differensial qarshilikning paydo boʻlish shartlari ; r-i-n strukturalarda oʻta yuqori chastotali quvvatlarning qaytaulagichlarini yaratish muammolari; yarimoʻtkazgichlar asosida fotooʻzgartirgichlar yaratish, organik yarimoʻtkazgichlar.
Ilmiy tadqiqot ishlarining salmogʻi, ularning ilmiy va amaliy ahamiyati, mutaxassislar tayyorlash sohasidagi yutuqlar 1970-yili respublikada birinchi “Yarimoʻtkazgichlar va diyelektriklar fizikasi” kafedrasining tashkil topishiga asos boʻldi. Kafedraning tashkilotchisi va birinchi mudiri prof. A.T. Teshaboyev (1970-1981-yillar) boʻldi. 1981-1996-yillar ushbu lavozimda prof. S.Z.Zaynobidinov faoliyat koʻrsatgan boʻlsa, 1996-yildan 2012 gacha S.I. Vlasov mudirlik qildi.
1994-yil may oyida OʻzR FA akademigi S.Sh. Rashidovaning tashabbusi bilan fizika fakultetida Polimerlar fizikasi kafedrasi tashkil qilindi. 2000-yilning aprel oyida kafedra bilan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti (PKFI) hamkorligida Polimerlar fizikasi Oʻquv-ilmiy markazi ochildi. Kafedra hozirgi kunda 5A440114 “Polimerlar fizikasi” mutaxassisligi boʻyicha magistr kadrlar tayyorlash sohasida Markaziy Osiyoda yagonadir. Polimerlar fizikasi kafedrasiga 1994 – 1996-yillar va 2006-2010-yillarda akademik S.Sh. Rashidova, 1996-2006-yillarda prof. T.I. Usmanov, 2010-2011-yillarda f.m.f.d. A.Xolmuminov mudirlik qildilar.
Kafedra faoliyati
Mustaqillik yillarida universitet taʼlimi tizimida yangi “Yarimoʻtkazgichlar va dielektriklar fizikasi” va “Geliofizika va quyosh energiyasidan foydalanish” magistratura yoʻnalishlari ochildi va mazkur yoʻnalish va mutaxassisliklarning Davlat taʼlim standartlari, namunaviy oʻquv reja va dasturlari ishlab chiqildi.
Oʻzbekistonda Fanlar Akademiyasining “Fizika-Quyosh” IICHB fizika-texnika instituti bazasida kafedra bilan prof. S.I. Vlasov rahbarligidagi qoʻshma oʻquv-ilmiy markaz ochilgan va u muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatmoqda.
Kafedrada “Fizika” yoʻnalishidagi bakalavriaturada “Mexanika” va “Yarimoʻtkazgichlar va dielektriklar fizikasi” kurslaridan, ikkita magistratura: “Yarimoʻtkazgichlar va dielektriklar fizikasi” (5A440103) va “Geliofizika va quyosh energiyasidan foydalanish” (5A440122) yoʻnalishlarida 24 ta maxsus kurslar boʻyicha oʻquv jarayonlari olib boriladi.
Kafedrada aspirantura: “Yarimoʻtkazgichlar va dielektriklar fizikasi” (01.04.10) va doktorantura: “Yarimoʻtkazgichlar va dielektriklar fizikasi” (01.04.10) mavjuddir.
Kafedraning quyidagi oʻquv laboratoriyalari mavjud: Yarimoʻtkazgichlar fizikasi. Yarimoʻtkazgich asboblar fizikasi. Yarimoʻtkazgich materiallar va asboblar texnologiyasi. Yarimoʻtkazgichlarning optik va fotoelektrik xossalari.