4) Statistik indekslarni iqtisodiy menejmentda qo‘llash
Biz indekslarni yuqorida murakkab to‘plamlarni o‘rganuvchi instrument sifatida ko‘rib chiqdik. Biroq, ularni statistikadagi roli bu bilan kifoyalanmaydi.Indekslarda undan kam bo‘lmagan, balki undan ham muhimroq yana bir xususiyat, ya’ni murakkab ko‘rsatkichlarni o‘zgarishida alohida omillarni rolini o‘lchash mavjuddir.
Mohiyati bo‘yicha, omillar rolini baholash imkoniyatlari agregat shakldagi
umumiy indekslarni tuzishda yaratilgan. Ayrim kompleks ko‘rsatkichlarni ko‘rib chiqaylik. Ulardan biri tovar oborotidir. Bu ko‘rsatkichni sotilgan masulotlar miqdori va ular baholarining ko‘paytmasi shaklida ifodalash mumkin, ya’ni p*q=pq Ko‘rinib turibdiki, tovar oborotining qiymati sotilgan tovarlar miqdori va bahosining o‘zgarishi hisobidan o‘zgarishi mumkin. Qishloq xo‘jaligida esa yalpi hosilning o‘zgarishi bevosita ekin maydoni va hosildorlikning o‘zgarishiga bog‘liq.
Bu bog‘liqliklarni o‘rganish statistikada juda katta ahamiyatga ega:
birinchidan har bir omilning ta’siri alohida baholanadi; ikkinchidan, menejerlar bu ko‘rsatkichlardan kompaniya faoliyatini boshqarishda foydalanadi va h.k. Alohida omilning ta’sirini aniqlash uchun, omillar ko‘paytmasi shaklida
berilgan natijaviy belgida o‘rganiladigan belgiga o‘zgaruvchan belgi deb,
qolganlarini esa doimiy deb hisoblash kerak. Agar biror aniq ko‘rsatkich (k) ni ikki omil (a va v)ning ko‘paytmasi shaklida ifoda etilsa, nisbat ko‘rsatkichning a omil hisobidan, nisbati esa v omil hisobidan o‘zgarishini ko‘rsatadi. Omillarni bunday darajada ajratish va boshqa omillar ta’sirini abstraksiyalash doimiy deb qabul qilingan omillarni qaysi davr darajasida ko‘rish uchun zarur. Bu ishni bajarish uchun nazariy jihatdan bir necha variant bo‘lishi mumkin:
- indekslashtirilayotan omillarni o‘rganishning birin-ketinligidan qat’iy nazar doimiy omillar bazis davri darajasida olinadi;
(a omilni ta’siri) va (v omilni ta’siri);
tekshirilayotgan omillarning har biri boshqa (kelgusi) omillarni ta’sirini
aniqlashda joriy davr darajasida qo‘yiladi: agar a omil ta’siri quyidagi nisbat
bilan hisoblanadi. Bu variantlar soni omillar soniga bog‘liq, ya’ni omillar soni qancha ko‘p bo‘lsa, tegishli ravishda variantlar soni ham ortib boradi va aksincha.Statistik indekslarini o‘rganishda yana bir qoidani bilish zarur. Agar natijaviy ko‘rsatkichni biz hajm va sifat omillarining ko‘paytmasi deb ifodalasak, bu paytda natijaviy ko‘rsatkichga hajm ko‘rsatkichining ta’sirini aniqlash uchun sifat ko‘rsatkichi bazis darajasida belgilanadi. Agarda sifat ko‘rsatkichining ta’siri aniqlansa, hajm ko‘rsatkichi joriy davr darajasida belgilanadi.Baho, fizik hajm va tovar oboroti indekslari o‘zaro bog‘liq va biri-birini taqozo
Baho, fizik hajm va tovar oboroti indekslari o‘zaro bog‘liq va biri-birini taqozo qiluvchi indekslardir. Baho indeksini (Jp)ga sotilgan tovarlar fizik hajmi (Jq) ga ko‘paytirsak, tovar oborotining haqiqiy baholardagi umumiy indeksi kelib chiqadi.
jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan foydalanib bu indekslarning natijalarini
keltiramiz:
Bu indekslar yordamida hodisani vaqt bo‘yicha nisbiy baholab qolmasdan,
balki shu o‘rganilayotgan hodisaga ta’sir qiluvchi omillarning rolini mutlaq
raqamlar orqali ham o‘rganish mumkin:
Haqiqiy baholarda hisoblangan tovar oboroti indeksining sur’ati bilan
maxrajining farqi joriy davrda o‘tgan davrga nisbatan tovar oboroti qiymatini qanday o‘zgarganligini baholaydi.
Demak, joriy davrda o‘tgan davrga nisbatan tovar oboroti haqiqiy baholarda
221 ming so‘mga oshgan. Bu oshish qaysi omillar hisobidan amalga oshdi? Bu savolga javob berish uchun baho va fizik hajm indekslarining sur’at va maxrajlari farqlarini hisoblash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |