Kafedra: Muhandislik va kompyuter grafikasi



Download 321,53 Kb.
bet1/4
Sana10.06.2022
Hajmi321,53 Kb.
#652072
  1   2   3   4
Bog'liq
Hujjat (3) (6) 060522113658



OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

Professional ta’lim fakulteti


Kafedra: Muhandislik va kompyuter grafikasi

" Umumta'lim maktablarida chizmachilik tushunchalarini shakllantirishda ochiq va yopiq testlar o’rni " mavzusida bajarilgan


kurs ishi

Bajardi: Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi


ta'lim yo`nalishini 2kurs 201-guruh
talabasi Davlatova Marjona
Qabul qildi: Ashirboyev A

Kafedra mudiri: dotsent RR.Xalilov


Toshkent 2022

Umumta'lim maktablarida chizmachilik tushunchalarini shakllantirishda ochiq va yopiq testlar o’rni

Kirish


  1. Chizmachilik fani sifatida

2 Chizmachilik o’qitish metodlari
3 Chizmachilik fanida testlar ahamiyati
4.
Xulosa
Foydalangan adabiyotlar ro’yhati

Kurs ishining maqsadi: Talabalarga chizmalarda qoplanish termik va boshqa ishlov berish, uni o‘qiy olishni o‘rgatish va uning metodikasini ishlab chiqish orqali talabalarni chizmachilik faniga qiziqishlarini yanada oshirish.
Kurs ishining vazifasi:

  • bo’lajak chizmachilik o‘qituvchilarining tasviriy san‘at bo‘yicha kasbiy tayyorgarligi tizimi mazmunining nazariy va amaliy holatini o‘rganish va tahlil qilish;


  • talabalarga turbali birikmalar va ularning ishlatilishi va tasviriy san’at o’qitish usullari haqida tushunchalar berish va takomillashtirish;


  • talabalarning mavzu yuzasidan bilim, ko‘nikma va malakasini shakllantirish;


  • talabalarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida muammoli darslarni tashkil eta olish ko‘nikmasini shakllantirish.




Kurs ishining ob’yekti: Oliy ta’lim tizimida “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi talabalariga grafikaviy ta’lim berish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarini tayyorlash bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarning muhandislik grafikasi ilmini egallash jarayonidagi ta’lim mazmuni va texnologiyasi.

Kirish
Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko‘tarish, kelajak uchun barkamol avlodni tarbiyalash ishlari Davlat siyosatining ustivor yo‘nalishiga aylandi. Ayniqsa davlatimizda “Ta`lim to`g`risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Yoshlarga oid siyosat” nechog`lik kerakli ekanligini aytib o`tish lozim [1, 2]. O‘zbekistonning kelajagi, uning istiqboli, birinchi navbatda yoshlar tarbiyasiga, ularni sog`lom qilib o‘stirishga, milliy g`oya, milliy mafkura va o‘z vataniga sadoqat ruhida tarbiyalashga bog`liq bo‘lib, bu murakkab jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish mustaqil mamlakatning eng dolzarb vazifalaridan biridir. SHuning uchun ham, mamlakatimizning birinchi prezidenti Islom Abdug`aniyevich Karimovning “Mamlakatimizning istiqboli yosh avlodlarimiz qanday tarbiya topishiga, qanday ma’naviy fazilatlar egasi bo‘lib voyaga yetishiga, farzandlarimizning hayotga nechog`lik faol munosabati bo‘lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog`liq ekanligini hamisha yodda tutishimiz kerak” deb ta’kidlagani bejiz emas [5]. Shu boisdan ham bugungi kunda yoshlarning ta’limtarbiyasi mustaqil O‘zbekistonning davlat siyosatida ustivor ahamiyat kasb etmoqda.O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti ta’kidlaganidek, “Ma’naviyatni shakllantirishga bevosita ta’sir qiladigan muhim hayotiy omil bu ta’lim-tarbiya tizimi bo’lib, ular o`zaro chambarchas bog’liqdir. Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani ta’limdan ajratib bo’lmaydi” [9].Yangi asr o`qituvchisini tayyorlashda uning pеdagogik-psixologik va intеllеktual salohiyat bo`yicha chuqur bilimga egaligi, innovatsion ta'lim bo`yicha chuqur bilimga egaligi, innovatsion ta'lim tеxnologiyalari, ta'limning intеrfaol usullari va ilg`or samarali mеtodlariga oid ijodiy faollikni oshirishning samarali usullaridan xabardor bo`lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada Muhtaram Birinchi Prеzidеntimiz I.A.Karimov o`zining «Yuksak ma'naviyat – еngilmas kuch» asarida “...farzandlarimizni mustaqil va kеng fikrlash qobiliyatiga ega bo`lgan, ongli, yashaydigan komil insonlar etib voyaga еtkazish – ta'lim-tarbiya sohasining asosiy maqsad va vazifasi bo`lishi lozim,” dеb ta'kidladi. Ma’lumki ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo’lmish ilmu ma’rifat, ta’limtarbiyani inson kamoloti, millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan. Albatta, ta’lim-tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda u ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya’ni xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta’limtarbiya tizimini va shu asosda ongni o’zlashtirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib bo’lmaydi. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan keng ko'lamli islohotlar natijasida milliy davlatchiligimiz poydevori mustahkamlanib, davlatimiz suvereniteti, chegaralarimiz daxlsizligi ta`minlandi, jamiyatimizda tinchlik va osoyishtalik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini kuchaytirish, qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinliklari hamda manfa’atlarini ro'yobga chiqarish bo'yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. Ana shunday ishlardan biri O'zbekistonni yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi loyihasini ishlab chiqilishi hisoblanadi. O‘zbekiston Prezidenti 7-fevral kungi farmoni bilan 2017 —2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini tasdiqladi [4]. Harakatlar strategiyasi besh bosqichda amalga oshirilib, ularning har biri bo‘yicha yil nomlanishidan kelib chiqqan holda alohida bir yillik davlat dasturini tasdiqlashni nazarda tutadi. Xususan, 2017 yil —Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb e’lon qilindi. Jumladan, Harakatlar stratyegiyasininig 4-bo`limida ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilgan. 4.4. Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish: Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo‘lini davom ettirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy dalolat beradi. O`quvchilar «Chizmachilik» fanini o`zlashtirish uchun o`qitishning ilg`or va zamonaviy usullaridan foydalanishi, yangi information texnologiyalarni qo`llashi muhim ahamiyatga ega. Fanni o`zlashtirishda darslik, o`quv va uslubiy qo`llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar, ishchi detal qirqimi va kesmalarning namunalari ma’ruza va amaliy darslarda mos ravishdagi ilg`or pedogogik texnologiyalardan, o`qitishning texnik jixozlari-o`quv kinofilmlari, plakatlar, maketlar va shu kabilardan foydalanish o`quvchi bilim olish uchun dolzarb hisoblanadi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi kadrlar tayyorlash milliy modеlini ro`yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta'lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va kеyinchalik puxta o`zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, xususiy, psixologik-pеdagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o`z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.
O`zbеkiston Rеspublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma'naviy yangilanishini, ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qo`shilishni ta'minlaydigan dеmokratik xususiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurmoqda.
Inson, uning har tomonlama uyg`un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro`yobga chiqarishning sharoitlarini va ta'sirchan mеxanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o`zgartirish rеspublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intеllеktual mеrosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, tеxnika va tеxnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O`zbеkiston taraqqiyotining muhim shartidir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi "Ta'lim to`g`risida"gi O`zbеkiston Rеspublikasi qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo`lib, milliy tajribaning tahlili va ta'lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo`ljalni to`g`ri ola bilish mahoratiga ega bo`lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo`naltirilgandir.
Mustaqil O`zbеkiston Rеspulikasida shakllanayotgan milliy istiqlol g`oyasi Rеspublika konstituttsiyasida e'tirof etilgan insonparvarlik, dеmokratik, huquqiy davlat va jamiyatni barpo etish, shuningdеk, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishning yuqori bosqichlariga ko`tarish, jahon hamjamiyati safidan munosib o`rin egallashga yo`naltirilgan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Rеspublikаmiz hоzirgi dаvrdа milliy tаrаqqiyotning eng mа’suliyatli bоsqichi – ijtimоiy, siyosiy vа iqtisоdiy hаyotning kеskin burilish dаvrini bоshidаn kеchirmоqdа. XXI аsr ilmiy – tехnikа tаrаqqiyoti tаlаblаrigа jаvоb bеrаdigаn tаrzdа qаytа qurishni tаlаb qilаdi. Buning uchun хаlqimiz, аyniqsа, yoshlаrimiz dunyoqаrаshini o’zgаrtirish, ulаrning bilim vа mа’nаviyatlаrini jаhоn аndоzаlаri dаrаjаsigа ko’tаrish zаrur.
Chizma bu - maxsus chizma asboblari yordamida ma’lum qonun va qoidalar asosida bajarilgan tasvir bo‘lib, u bizga buyum haqida, ya’ni uning ichki va tashqi tuzilishlari, o‘lchamlari bo‘yicha to‘la ma’lumot beradigan hujjatdir.
Hozirgi zamon ishlab chiqarishida chizma alohida o‘rin tutadi. Chunki har kuni zavodlarimizda turli stanoklar, mashina va mexanizmlar, uy- ro‘zg‘or buyumlari va ko‘plab boshqa narsalar tayyorlanadi. Ulami esa chizmalarsiz yasab bo‘lmaydi. Chizmalarga qarab mashina va asboblarning alohida detallari tayyorlanadi, tayyor detallardan murakkab mexanizmlar yig‘iladi. Chizma o‘ziga xos grafik, baynalminal (intematsional) til bo‘lib, texnika sohasida savodli har bir kishi uchun u qanday tilda gapirishidan qat’iy nazar, tushunarlidir. Chizma, asosan, axborot (informatsiya) uzatishning grafik vositasi bo‘lib, u texnik g‘oyani ifodalashning eng tushunarli vositasi hisoblanadi. Chizmalar bir zavoddan ikkinchi zavodga, bir mamlakatdan boshqa mamlakatga yuboriladi. Chizmani o‘qiy oladigan har qanday ixtisosli mutaxassis ulami tushunadi, ularga qarab eng murakkab mashinaning tuzilishini o‘rganadi. Shuning uchun texnika sohasida savodli bo‘lishni istagan har bir kishi chizmachilikni yaxshi bilishi va o‘zlashtirishi lozim. Biroq chizmalar faqat texnikadagina zarur bo‘lib qolmay, balki ko‘plab kasblardagi mutaxassislar uchun ham doimiy yo‘ldoshdir. Texnikani o‘zlashtirish va uni rivojlantirish uchun malakali ishchi, muhandis, kon- struktor va musavvir dizaynni ham, chizmani ham bajarishi va uni o‘qiy olishi kerak, chunki chizma atrofimizdagi, mavjud olamdagi narsalami o‘rganish vositalaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham texnika sohasida savodli bo‘lishni istagan har qanday inson chizmachilikni yaxshi bilishi lozim.
Har qanday avtomat robotlar va mantiqiy mashinalar insonda vujudga keladigan ilmiy tafakkumi almashtira olmaydi. Aksincha, texnika qanchalik rivojlanib borgan sari insonda shakllanib boradigan, uning o‘ziga xos nozik «zargarlik» ishi bo‘lgan chizmani bajarish bilimi, shuningdek, buyuk mehnatsevarlik, sabr-qanoat, ixtirochilik shunchalik zarur» degan edi.
Loyihalangan har qanday detalni, masalan, klapanni ishlab chiqarishga tayyorlash uchun uning chizmasi bajariladi. Chizmasi asosida u detal ko‘rinishida tayyorlanadi. Detal ish joyida yaxshi va davomli xizmat qilishi uchun unga turli ko‘rinishdagi texnologik ishlovlar beriladi va nihoyat detal nazoratdan o‘tkaziladi. Nazorat paytida kamchiliklari topilsa, ya’ni standartga mos kelmasa, u brak deb topiladi. Demak, detal ishlatishga yaroqsiz. Har qanday detalning, ya’ni mahsulotning aniq ishlab chiqarishdagi har bir texnologik jarayonlari uchun alohida standartlar mavjud bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi ЕСКД (Единная система конструирования документа) ning GOST 2.001.00 «Chizmalami chizish bo‘yicha umumiy qoidalar»i 2003-yilning 17-noyabrida isloh qilingan bo‘lib, hozirda u
« O‘zbekiston Davlat Standarti O’z DSt 2.001:2003 O’zbekiston Respublikasining Konstmktorlik Hujjatlarining Yagona Tizimi (O’z KHYT) Asosiy Qoidalari» deb yuritiladi. Shu bois, O’zbekiston Respublikasi hududidagi barcha o‘quv yurtlarida chizmachilik fanini o‘qitishda chizmalami chizish va o‘qish bilan bog‘liq barcha hujjatlar 0 ‘z DSt 2.001 dan 2.999 gacha chizmalar chizish bo‘yicha «Umumiy qoidalar»ga rioya qilishimiz shart
.Ushbu maqolada “Chizma geometriya va chizmachilik” fani bo’yicha nazorat ishlarini o‘tkazishda matnli testlardan foydalanish haqida ma’lumotlar yoritilgan bo’lib, uning asosiy maqsadi talabalarning fazoviy tasavvur etish bo’yicha egallagan bilimlar darajasini baholashga konkret misollar keltirilgan va fanning o’ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, ushbu fanning bo’llim va mavzulari bo’yicha shakllantiriladigan matnli va grafik testlar va ularning bir – biriga nisbatan farqli jihatlari keltirilgan

1. Chizmachilik fan sifatida


Talabalarning grafik tayyorgarligini oshirishda an‟anaviy o‟qitish metodlarini takomillashtirishning xozirgi kundagi bosh yo‟nalishi bu o‟qish protsessini tashkil qilishda axborot texnologiyalaridan foydalanishdir. Xozirgi kunda inson faoliyatining xamma soxalarini qamrab olgan bu „‟Axborot texnologiyasi‟‟ deganda nimani tushunish mumkin.YUNESKO qabul qilgan tarif bo‟yicha axborot texnologiyasi [AT] –bu axborotlarga ishlov berish va ularni saqlash metodlari bilan band odamlarning mexnatini samarali tashkil qilish usullarini o‟rganadigan o‟zaro bog‟liq ilmiy, texnologik va injenerlik fanlarining kompleksidir.Xozirgi zamon axborot texnologiyasining asosiy xususiy belgilari; berilgan algoritmlar bo‟yicha axborotlarga kompyuterlik ishlov berish; mashina tashuvchilarida katta xajmdagi axborotlarni saqlash; axborotlarni cheklangan vaqt oralig‟ida katta masofaga uzatish.So‟nggi vaqtlarda axboroot texnologiyasi deyilganda ko‟proq kompyuter texnologiyasini tushunishmoqda. Xususan AT saqlash, qayta tuzush, muxofaza qilish, ishlov berish, axborotlarni uzatish va qabul qilishda kompyuterlardan foydalanish va ta‟minlash dasturi bilan ish ko‟radi.Endi bu tushunchalarni chizmachilik fanlarini o‟qitish jarayoniga ko‟chirsak,u o‟qitishni komyuterlik texnologiya asosida tashkil qilish demakdir. Bu o‟z navbatida foydalanishdagi mavjud o‟qitish texnologiyalarni moderzatsiyalashni taqoza qiladi.Xozirgi vaqtda o‟tish davrini boshimizdan kechirayotganga o‟xshaymiz. Chizmachilik darslarida kompyuter ikki xil funksiyani bajaradi. Birinchisi chizmachizma asboblari vazifasini bajarsa ikkinchisi ba‟zi geometric yasashlar shuningdek geometric shakllar orasidagi pozetsion munosabatlarni dasturlab kiritganligi sababli ularni avtomatik ravishda ishlab tayyor yechimini ekranga chiqarib beradi. Agar biz faqat birinchi vazifasidan foydalansak nixoyatda qimmatbaho chizmachilik asboblaridan foydalangan bo‟lamiz. Agar ikkinchifunksiyasidan bizga qanday berilgan bo‟lsa shunday, ya‟ni tayyor dasturlardan foydalansak, tafakkurni chetlab o‟tamiz. Ammo kompyuter texnologiyasining samaradorligi uning bajaradigan ikkinchi funksiyasidir.Agar biz kompyuterdagi bizga taklif qilayotgan tayyor chizma dasturlaridan unga ijodiy yondashmay foydalansak, o‟qitishning kompyuterlik texnologiyasida didaktik prinsplarning qator bandlari; ilmiylik, muommoli o‟qitish, onglilik, ta‟limning mustaxkamligi va davriyligi, o‟qitishning ta‟lim rivojlantiruvchi va tarbiyaviy funksiyalarining birligi prinsplaridan maxru bo‟lamiz. Ularning o‟rnini qanday to‟ldirish kerak.Shuni yodda tutushmiz lozimki kompyuterdagi chizma dasturlari loyixalash institutlari uchun ularning chizma bajarishdan mashaqqatli ishlarini yengillatish maqsadida ishlab chiqilgan. Bu avtomat loyihalash tizimining [SAPR] bir qismidir. U muxandislarga mo‟ljallangan. Shuning uchun xam unda ta‟limiy vazifalar juda minimal qo‟yilgan. Shu sababdan ko‟pchilik o‟qituvchilarning bu tizimga ta‟limi vazifalar nuqtai nazardan shubxa bilan qarashi bejiz emas. Lekin aslini olib qarasak bunchalik hadiksirashga o‟rin yo‟q. Biz o‟qitishda foydalanayotgan xar qanday darslik ularga qo‟yilgan cheklovchi talablar asosida ilmiy faktlarni ixcham qilib, o‟quv qo‟llanmalari esa darslikka nisbatan bu materiallarni kengroq qilib bayon qiladi. Shuning uchun xam bu fanlarni o‟qitishda xar bir mavzuning o‟qitish metodikasini ishlab chiqamiz va unga asosan talabalarga tushunarli qilib yetkazamiz. Bunday ishlarni o‟quv adabiyotlari uchun biz xamma vaqt bajarib kelganmiz. Shu nuqtai nazardan qaraganda chizma dasturlari xarakteri jixatidan oddiy darslik yoki o‟quv qo‟llanmalaridan farqi unchalik katta emas deyish mumkin.Endilikda bizning vazifamiz uning o‟qitish metodikasini ishlab chiqishdan iboratdir. Shu jixatdan kompyuter texnalogiyasining ustunlik tomoni shundan iboratki, uning o‟qitish metodikasini ishlab chiqishda katta imkoniyatlar mavjuddir.Ma‟lumki, chizma geometriya va chizmachilikda pozetsion va metrik munosabatlarni aniqlash jarayonlari xamma vaqt dinamek xarakterda bo‟ladi. Xususan animatsiyadan foydalanib, chizma elementlarini xarakatga keltirib, mitti o‟quv multfilmlarini yaratish mumkin. Bunday yondashish o‟z navbatida o‟quvchilarning fazoviy tasvvurini kengaytiradi va bilimini chuqurlashtiradi, chunki bu jarayonda talaba mavzu mazmunining ichiga chuqur kirib borib, xozirgacha unga borib yetmagan qismlarini ko‟rishga va tushunishga muvaffaq bo‟ladi. Agar bilish harakatlarining tsikli bilan ta‟minlansa, o‟qitishning kompyuterlik texnalogiyasi talabalarning mustaqil ta‟lim va mustaqil ishlash jarayonlarida, shuningdek masofadan o‟qitish uchun ham katta qulayliklarga ega.Kesimlar va qirqimlar haqida umumiy ma’lumot.
Chizmachilik amaliyotida chizmalar chizganda ba'zi detallarning ayrim qismlarining shaklini tashqi ko'rinishiga ko'ra aniqlab bo'lmaydi. Ba'zan detaining ikkita hatto uchta ko rinishi ham uning barcha elementlari shaklini aniqlash uchun yordam bermaydi, aksincha bunday hollarda ayrim ko'rinishlarda ko'p ko'rinmaydigan shtrix kontur chiziqlar hosil bo'lib, chizma o'qib bo'lmaydigan darajaga keladi.Kesim hosil qilishni quyida detal (valik) misolida bayon etamiz.9-shaklda valikning yaqqol tasviri (9-shakl, a) va chizmasi (9- shakl, c) berilgan. Valikning kesim shakli va undagi shponka ariqchasini chuqurligini aniqlash uchun uni o'qiga perpendikulyar va shponka ariqchasi orqali o'tuvchi A tekislik bilan kesamiz.A teislik kesuvchi tekislik deyiladi. Kesim shaklini hosil bo'lish jarayonini ко rsatish uchun kesuvchi tekislikni o'z o'rnida qoldirib valikning bizdan o'ng va chap qismini В va Bi strelka yo'nalishi boyicha fikran chetga chiqaramiz (9-shakl, b). Valikning faqat kesuvchi tekislik kesib o tgan joyinigina ya'ni kesuvchi tekislikda hosil bo4gan shaklni chizmada tasvirlaymiz. Ana shu tasvir valikning kesimi bo'ladi (9-shakl, c)..
Demak, detalni tekislik bilan fikran (shartli) kesganda kesuvchi tekislikda hosil bo'ladigan shaklning tasviri kesim deyiladi.Kesim chizmada joylashtirilishiga qarab chetga chiqarilgan va ustiga chizilgankesimlarga bo‟linadi. Chizmada kesim shakli shtrixlab ko'rsatiladi. Shtrix chiziqlar o'zaro parallel bovlib, kontur chizig'iga 45° burchak ostida chiziladi. Chetga chiqarilgan kesimlar buyum ko'rinishlaridan tashqarida joylashtiriladi va ularning konturi tutash chiziqlar bilan chiziladi (10-shakl, a). Chiqarilgan kesimni bir ko'rinishning qismlari orasida joylashtirishga ham ruxsat etiladi (10-shakl, b). Kesim shakli simmetrik bo lsa, simmetriya o'qlari shtrix-punktr chiziq bilan chizib ko'rsatiladi (10-shakl, b, e).Ustiga chizilgan kesim bevosita ko'rinishning o'zida tasvirlanadi. Bunday kesimlarni buyumning ко rinishida kontur chiziqlar ko4boMmagan hollarda bajarish lozim. Ustiga chizilgan kesimning kontur chizig'i ingichka tutash chiziq bilan chiziladi. Ko'rinishning asosiy chizig'i yo'g'onligi o'zgarmay qoladi (10-shakl, d).Kesim shakli kesuvchi tekislikning iziga nisbatan simmetrik (10-shakl, a) va simmetrik bo'lmasligi mumkin

2 Chizmachilik o’qitish metodlari


Ma’lumki, hozirgi zamonda ta’lim berish sifatini oshirish va ko‘zlangan natijalarga erishish uchun, o‘quv jarayoniga interfaol ta’lim metodlarini maqsadli qo‘llash odat tusiga kirgan.
Interfaol ta’lim metodlarini tanlashda, albatta, har bir fanning o‘ziga xos xususiyatini inobatga olish zarur bo‘ladi, chunki bitta fan uchun qo‘llanilgan interfaol metod yoki usul, uni boshqa fanda (mavzuda) qo‘llanilganda, umuman samara bermasligi ham mumkinligi amalda isbotlangan.
Talabalar tomonidan egallangan bilim, ko’nikna va malakalarning darajalarini doimo nazorat qilish ta’lim jarayoning muhim ajralmas qismi hisoblanadi. Har qanday fanni yuqori darajada o‘zlashtirishning asosiy shartlaridan biri, shu fan bo‘yicha tuzilgan test savollaridagi javob variantlaridan to‘g‘risini tanlay bilishdir.

Ma‘lumki, o’qituvchilik kasbi juda mashaqqatli kasb hisoblanadi. O’qituvchi dars berishdan oldin avvalambor darsga tayyorgarlik ko’rib, ajratilgan vaqtdan unumli foydalanib pedagogik mahoratini o’z talabalariga ko’rsatib o’zining fanidan ta‘lim – tarbiya berishga intiladi. Shuni aytish joizki hozirgi zamon talablariga mos holda dars o’tish yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish lozim. Biz bilamizki XXI asr texnika asri hisoblanib shunday ekan bizga texnik asbob-uskunalardan programmalardan keng unumli foydalanib turli xil slaydlar orqali turli xil didaktik o’yinli texnologiyalarni tashkil etib dars jarayonini samarali o'tishiga harkat qilish kerak, albatta. Fan va texnika taraqqiyoti insoniyat faoliyatining turli sohalari, kishilarning bilimlari, texnika madaniyati va politexnik ma‘lumotiga katta talablar qo’yilmoqda va ular grafik faoliyat bilan uzviy bog’langandir.


Talaba o’quvchilarni bilim saviyasini oshirish uchun didaktik o’yinli texnologiyalar yordamida dars jarayonida qo’llash uning samarasiga erishish hamda mavzuni o’zlashtirib olganligi haqida bilib olishimiz mumkin. Shu o’yinlar orqali talabani qanday bilimlarga ega ekanligi haqida ularning fazoviy tasavvurlarini oshiribgina qolmay endiki uni shu fanga qiziqishlarini rivojlantirishga ega bo’lamiz. Bunda talabaning psixik o’zgarishlariga mos didaktik metodlarni qo’llab, yaxshi natijalarga erishish mumkin. Didaktik o’yinlar ko’pi chizmani o'qishga qaratilgan. Ularni darsning o’rtasida o’quvchilar ongiga biror grafik tushunchani tarkib toptirish maqsadida qo’llash mumkin ammo o’yinga berilib ketib dastur materiallardan chetga chiqmaslik kerak. Didaktik o'yinlarni tuzishda har bir darsni muayyan bo’laklarga ajratib, o'zlashtirilishi shart bo’lgan tushuncha va ko’nikmalarni belgilab chiqish, so’ngra dars bosqichlariga tegishli o’yinni oldindan rejalashtirib qo’yish va u darsning umumiy yo’nalishiga uyg’unlashib ketishi kerak. Shundagina mazkur o’yinlar talabalarning grafik savodxonligiga ijobiy ta‘sir ko’rsatishi mumkin.
Umumta‘lim maktablaridagi chizmachilik fani o’quvchilarning fazoviy tasavvurlarini, ko’z bilan chamalash, ko’rish xotirasi, topqirlik va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishdagi ahamiyati juda katta .
O’yinlar turli maqsadlarga yo’naltirilgan bo’ladi. Ular didaktik, tarbiyaviy, faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarida qo’llaniladi
O’yinning didaktik maqsadi bilimlar doirasi, bilish faoliyati, amaliy faoliyatda bilim, malaka va ko’nikmalami qo’llash, umumta‘lim malaka va ko’nikmalarini rivojlantirish, mehnat ko’nikmalarini rivojlantirishni kengaytirishga qaratilgan bo’ladi.
O’yinning tarbiyaviy maqsadi mustaqillik, irodani tarbiyalash, muayyan yondashuvlar, nuqtai nazarlar, ma‘naviy, estetik va dunyoqarashni shakllantirishdagi hamkorlikni, kollektivizmni, jamoaga kirishib keta olishni, kommunikativlikni tarbiyalashga qaratilgan bo’ladi.
Faoliyatni rivojlantiruvchi o’yinlar diqqat, xotira, nutq, tafakkur, qiyoslash malakasi, chog’ishtirish, o’xshashini topish, faraz, xayol, ijodiy qobiliyat, empatiya, refleksiya, optimal yechimni topa olish, o’quv faoliyatini motivatsiyalashni rivojlantirishga qaratilgan bo’ladi.
Ijtimoiylashuv o’yinlari jamiyatning me‘yorlari va qadriyatlariga jalb qilinish, muhit sharoitlariga ko’nikish, ehtiroslarni nazorat qilish, o’z-o’zini boshqarish, muloqotga o’rgatish hamda psixoterapiyani nazarda tutadi.
Inson hayotida o’yin faoliyati orqali quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:

  • O’yin faoliyati orqali shaxsning o’qishga, mehnatga bo’lgan qiziqishi

ortadi;

  • o’z davomida shaxsning muloqotga kirishishi ya‘ni, kommunikativ — muloqot madaniyatini egallashi uchun yordam beriladi;

  • shaxsning o’z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o’zligini namoyon etishiga imkon yaratiladi;

  • hayotda va o’yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni yengish va mo’ljalni to’g’ri olish ko’nikmalarining tarkib topishiga yordam beradi o’yin jarayonida ijtimoiy normalarga mos xulq-atvorni egallash, kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi

  • shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi;

  • insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ijtimoiy, ma‘naviy-madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o’rganishga e‘tibor qaratiladi;

  • o’yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirish ko’zda tutiladi.

3 Chizmachilik fanida testlar ahamiyati


Test talabaning fan yoki uning bo‘limlari (mavzulari) bo‘yicha olgan amaliy va nazariy bilimlarini qisqa vaqt oralig‘ida tekshirish (baholash, nazorat qilish, sinash) imkonini beruvchi tezkor va samarali usullardan hisoblanadi.


Har qanday test savolini shakllantirishda, uning soddaligi, o‘rtacha qiyinligi va murakkabligidan qat’iy nazar, savol matnining aniqligiga, uning ravon bayon etilishiga, qisqa va lo‘ndaligiga, grammatik va orfografik tuzilishiga e’tibor berish maqsadga muvofiqdir.
Quyidagi 1 - jadvalda, «Chizma geometriya va chizmachilik» fanidan talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholashda qo’llanilishi maqsadga muvofiq bo’lgan, rus olimi B. Bespalko tuzgan testlarning turlari keltirilgan.
Hozirgi vaqtda, «Chizma geometriya va chizmachilik» fanidan yaratilgan o‘quv adabiyotlaridagi tuzilgan test savollarining deyarli barchasida, beriladigan savol bilan birga uning grafik ilovasi ham taqdim etilgan. Bunday testlar mualliflar I. Rahmonov va ukrainalik olim S. Kolotovning nashr ettirgan o‘quv adabiyotlarida o‘z aksini topgan. Bunday holat bilan berilgan testda, uning grafik ilovasi taqdim etilgani bois, javob variantlaridan to‘g‘risini toppish talabada unchalik qiyinchilik tug‘dirmaydi.
So‘nggi yillarda ushbu fan bo‘yicha tuziladigan testlar faqat matn orqali berilish holatlari kuzatilmoqda, ayniqsa bu fan bo‘yicha o‘tkaziladigan olimpiada topshiriqlariga matnli testlarning grafik testlarga nisbatan ko‘proq miqdorda kiritilishi odat tusiga kirmoqda.

.

jadval



Test topshirig’ining maqsadi

Test topshirig’i turlari

Хususiyatlari

Javoblar

Test topshirig’ini ifodalash namunalari

Тalabaning avval
o’rgangan materialni tanishini tekshirish
(o’zlashtirishning 1darajasi)

1. Тanib olishlikka oid test

Bir vaqtning o’zida topshiriq va javobdan
iboratdir

“hа” yoki
“yo’q”

…hisoblanadimi?

2. Аjratib olishlikka oid test

Savol va tanlash uchun javob variantlaridan
iborat bo’ladi

1)
2) 3) 4)

Shu javoblardan qaysi biri to’g’ri
ekanligini tanlanadi

3. Таsniflashgа oid
test

Mos qismlarini taqqoslash
topshiriqlaridan iborat bo’ladi

(а) 2. (б)
(c)
(д)

Моslik
ko’rsatiladi

O’zlashtirgan ma’lumotlarni qayta aytib berish.
(o’zlashtirishning 2darajasi))

Qo’shimchalar
qo’yiladigan test
Коnstruktiv
(tuzilishlikka oid)
test

Hohlagan shaklda:
og’zaki, belgili, chizmada taqdim etilgan fikrni to’dirish uchun talab etiladi.
Grafik topshiriq matnda orqali bayon
etiladi

1. Маtn bayonidaker akli so’z o’rniga nuqta
qo’yiladi

….formulani to’ldiriladi, etishmovchi element ko’rsatiladi
2.Grafik topshiriq chiziladi

Bunday matnli testlar bo‘yicha o‘quv qo‘llanmasi ilk marotaba O’zbekiston Respublikasida mualliflar N. Abdusattorov va R. Sindarov tomonidan 2019 yili yaratildi va uni nashr etishga ruxsat berildi.


Ta’kidlash lozimki, agar test savoli faqat matn orqali berilsa, undagi to‘g‘ri javob variantini topish talabada birmuncha qiyinchilik tug‘diradi, chunki bunday ko‘rinishdagi testning savoli, grafik ilovasiz berilishi sababidan, uning to‘g‘ri javobini topishga ko‘proq vaqt sarflanishini anglash qiyin emas. Shu sababli faqat matn orqali berilgan testlar, grafik ilovalari bilan berilgan testlarga nisbatan murakkabligi yuqori sanaladi va ularning javoblari ichidan to‘g‘ri javob variantini topish talabadan yetarli darajadagi grafik tayyorgarlikni va fazoviy to‘g‘ri tasavvur eta olish qobiliyatini talab qiladi. Boshqach aytganda, talabadan fanning bo’limi yoki mavzulari bo’yicha test nazoratidan yuqori natijaga erishishi uchun odatdagidan ko’proq o’qib – o’rganishi talab etiladi.

Download 321,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish