IV. Mustahkamlash
Mavzu yuzasida savol va topshiriqlar:
1. Grafika bilan ishlash qanday qilib amalga oshiriladi?
2. Image obyekti obyektlar panelining qayerida joylashgan?
3. RGB funksiyasi qanday vazifa bajaradi?
4. Ekranga qizil yashil va qora rangli uchta to‘g‘ri to‘rtburchak
chizadigan ilova yarating.
5. Ekranda ko‘k, kumushrang va sariq rangli uchta ellips chizadigan ilova yarating.
19-MAVZU:“Svetofor xabari” loyixasi: Label komponenti.
Ko‘pburchak diagonallari ilovasini avtomatlashtirish. Avvalgi
mashg‘ulotda yaratilgan muntazam burchakning diagonallari nomli ilova ishini avtomatlashtiramiz. Undagi tugmani bosganimizda ilova avtomatik tartibiga o‘tsin va har sekundda ko‘pburchakning burchaklari sonini bittaga oshirib, uning barcha diagonallarini chizib chiqsin. Ilovani Delphi ga qayta yuklab, unga Timer obyektini joylaymiz. Uning Enabled xossasining qiymatini yolg‘onga o‘tkazamiz. Button1 tugmasining sarlavhasini Start ga o‘zgartiramiz. Bu tugmani ikki marta bosib, hosil bo‘lgan protseduraga quyidagi ikki operatorni kiritamiz:
Form1.Timer1.Enabled:=not Form1.Timer1.Enabled;
if Form1. Timer1.Enabled =True then
Form1.Button1.Caption:='Stop' else
Form1.Button1.Caption:='Start'
Birinchi qatordagi operator Timer1 ning faolligini Enabled xossasi yordamida teskarisiga o‘zgartiradi. Ikkinchi operator esa tugmadagi yozuvni Enabled qiymatiga qarab Stop yoki Start qilib o‘zgartiradi. Timer1 ni ikki marta bosib, uning protsedurasiga quyidagi uch operatorni kiritamiz:
Form1.SpinEdit1.Value:=form1.SpinEdit1.Value+1;
if Form1.SpinEdit1.Value>40
then Form1.SpinEdit1.Value:=3; diagonallar;
Bu operatorlardan birinchisi SpinEdit1 ning qiymatini bittaga oshiradi. Keyingi operator bu qiymat 40 dan oshib ketsa, uni 3 ga teng qilib qayta aniqlaydi. Uchinchi operator berilgan ko‘pburchakning diagonallarini chizib chiqadi.
1. Oldingi amaliy mashg‘ulotdagi topshiriqlarda ilovalarga Timer
obyektini joylang va geometrik shakllarni 2 sekund interval bilan ekranga
chiqaring.
2. Button va Label obyektlaridan foydalanib soat dasturini tuzing.
3. Ilova oynasining eni 100 dan 800 gacha sekundiga 20 marta 1 qadam
bilan o‘zgaradigan ilova yarating.
4. Svetofor ilovasini ishlab chiqing. Qizil va yashil shiroqlar 5 sekund,
sariq chiroq 1 sekund yonsin. Chiroqlar o‘chganda kul rangga o‘tsin.
4.1. Ilova Oynasini yarating va unga Timer obyektini joylang.
4.2. Ilova kodi oynasiga o‘tib, var Form1:TForm1; operatorini toping
va undan keyin var i:integer; operatorini kiriting;
Do'stlaringiz bilan baham: |