MA’LUMOTLAR OMBORI
MA’LUMOTLAR OMBORINI BOSHQARISH TIZIMLARI
Ma’lumotlardan foydalanish, ya’ni ularni ma’lum bir texnologiya asosida yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish muhim masalalardan hisoblanadi. Ma’lumot resurslarini shunday tashkil etish lozimki, undan foydalanish maksimal qulaylik va foyda keltirsin. Masala yechishga harakat qilish, ma’lumotlarni ishlash jarayonidagi yangicha yondashish, yangi texnologiyani keltirib chiqardi. Mazkur texnologiyaning asosini ma’lumotlar ombori va banklari tashkil etadi.
Ma’lumotlar ombori (MO) – kompyuter xotirasiga kiritilgan ma’lum bir strukturaga ega, o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasidir.
Ma’lumotlar modeli – bu ma’lumotlarning o‘zaro bog‘langan tuzilishlari va ular ustida bajariladigan operatsiyalar to‘plamidir. Ma’lumki, aynan bir axborotni mashina ichki muhitida joylashtirish uchun ma’lumotlarni turli xil tuzilishlari va modellaridan foydalanish mumkin. Ulardan qaysi birini tanlash MO yaratayotgan foydalanuvchining zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, u ko‘plab omillarga bog‘liq.
MO tuzishning asosiy usullari quyidagilardan iborat:
Ierarxiv (shajara) model– bu modelda ma’lumotlar daraxtsimon ko‘rinishda saqlanadi. Ishlash birligi yozuvdir;
Tarmoq model – bu modelda daraxtsimon bog‘lanish bo‘lsada, tugunlardagi tarmoqlanishlarga cheklanish yo‘q;
Realyatsion (o‘zaro bog‘langan) model – bu modelda ma’lumotlar jadval ko‘rinishda saqlanadi.
Ma’lumotlarni ikki xil usuldan foydalanib olish mumkin. Bular tuzilmalashtirilmagan va tuzilmalashtirilgan.
Tuzilmalashtirilmagan – bu ma’lumotlarni tasvirlash usuli haqida kelishuv bo‘lmasa, u holda ular tuzilmalashtirilmagan deyiladi.
Tuzilmalashtirilgan – bu ma’lumotlarni tasvirlash usullari haqidagi kelishuv bo‘lsa, u holda ular tuzilmalashtirilgan deyiladi.
Ma’lumotlarni tuzilmalashtirilmaganiga quyidagicha misol keltirish mumkin: o‘quvchi (Familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash manzili, telefon raqami) haqidagi axborotdan iborat ma’lumotlarga quyidagicha yozilgan axborotni ko‘rsatish mumkin: Familiyasi – Nazarov, Ismi – Nodir, Otasining ismi – Axmedovich, Yashash manzili – Navoiy shahar, Telefonraqami +998947777777.
Ushbu ma’lumotlarni jadval ko‘rinishga keltirsak tuzilmalashtirilgan
ma’lumotga aylanadi:
MOni tashkil qilish, ularga qo‘shimcha ma’lumotlarni kiritish va ma’lumotlardan foydalanish uchun maxsus MOlar bilan ishlaydigan dasturiy ta’minotlar yaratilishi zarur bo‘ladi. Bunday dasturlar majmuasi ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari deb yuritiladi.
Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi (MOBT) –foydalanuvchilar tomonidan MOni yaratish, to‘ldirish va birgalikda qo‘llash uchun mo‘ljallangan dasturiy vositalar tizimidir. MOBTlariga MS Access, OpenOffice.org Base, Cache, IMS, Firebird, MySQL kabi dasturiy vositalar misol bo‘ladi.
MOBTning asosiy xususiyatlari – bu nafaqat ma’lumotlarni kiritish va saqlashda ishlatiladigan protseduralar tarkibi bo‘lmasdan, ularning strukturasini ham tasvirlaydi. Ma’lumotlarni o‘zida saqlab va MOBT ostida boshqariladigan fayl oldin ma’lumotlar banki, keyinchalik esa “Ma’lumotlar ombori” deb yuritila boshlanadi.
MO yaratishda quyidagilarga e’tibor qaratish kerak:
ma’lumotlar turi, ko‘rinishi ularni qo‘llaydigan dasturlarga bog‘liq bo‘lmasligi lozim;
ma’lumotlar ombordagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror dasturni tuzishga hojat qolmasligi lozim.
Shuni ta’kidlash lozimki, hozirgi vaqtda deyarli barcha MOBT asosan relyatsion modellar asosida tashkil qilinmoqda. Shu sababli, Microsoft Office korporatsiyasi ham eng ommalashgan dasturiy vositalarini yaratmoqda. Bu dasturiy vositalar ixtiyoriy sohada yuqori darajadagi professional hujjatlar tayyorlash imkonini beradi. Shulardan biri MOlar bilan ishlashga mo‘ljallangan Microsoft Access dasturidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |