TUSHUNTIRISH XATI
Informatika va AT yo‘nalishida fanningmaqsadi o‘quvchilarni bugungi zamonaviy AKT savodxonligiga oid turli xil ko’nikma va malakalarini oshirib boorish, sohaga oid vazifalarni bajara olish qobiliyatini o‘stirish va shakllantirishga qaratilgan.
Ta’lim jarayonida o‘qitish ishlari zamon talabiga mos ravishda kompyuterlar yordamida dasturlash asoslariga oid yozilgan kompakt-disklardan, so‘nmas internet tarmog‘ining Informatika va AT faniga oid ma’lumotlaridan, yangi texnologiyalar na’munalari berilgan video filmlar, slayda va albomlar kabi ko‘rgazmali qurollarni namoyish qilish asosida olib boriladi.
O’quvchilarni I-II kurs davomida Informatika va AT fanidan quyidagi olti bob bo’yicha ko’nikma va malakalari shakllantirilib, ularni mustaqil ravishda hayotga tadbiq etishlarida zamin yaratiladi:
1-BOB. Office dasturlari va ularning imkoniyatlari. (34 soat)
MS EXCELda amallar va formulalar (18 soat)
Ma’lumotlar ombori (16 soat)
2 –BOB. Zamonaviy dasturlash tillari. (24 soat)
Delphi dasturlash tilida loyixalar
3-BOB. Kasbiy foaliyatda amaliy dasturlar va ulardan foydalanish asoslari (10 soat)
4-BOB. Kompyuter grafikasi (14 soat)
5-BOB. Web - dizayn asoslari. (18 soat)
6-BOB. Axborot xavfsizligi (20 soat)
Yuqorida berilgan ushbu bo’limlar O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligining “Boshlang’ich professional ta’limning fan dasturi” da belgilab o’tilgan. Ushbu fan dasturi asosida ishlab chiqilgan ishchi o’quv dasturida o’quv rejasida berilgan berilgan boblar, uning tarkibidagi mavzular va ular uchun ajratilgan soatlarda mavzuning dolzarbligi va yuklamasining kattaligidan kelib chiqib ayrim bo’limlarga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. Na’munaviy o’quv rejasida berilgan bir soatlik dars mashg’uloti mavzulari ikki soatdan qilib juftlikka moslashtirildi va nazariy va amaliy darslarga ajratilib moslashtirildi. Ushbu o’gartirishlar jadval ko'rinishda ilova qilinadi:
Dars davomida mavzular bo‘yicha chuqurroq tushunchaga ega bo‘lishlari uchun quyidagi qo’shimcha va qisqartirishlar kiritildi:
1-BOB. Office dasturlari va ularning imkoniyatlari. (30 soat)
MS EXCELda amallar va formulalar (14 soat)
Ma’lumotlar ombori (16 soat)
2 –BOB. Zamonaviy dasturlash tillari. (30 soat)
Delphi dasturlash tilida loyixalar
3-BOB. Kasbiy foaliyatda amaliy dasturlar va ulardan foydalanish asoslari (10 soat)
4-BOB. Kompyuter grafikasi (16 soat)
5-BOB. Web - dizayn asoslari. (20 soat)
6-BOB. Axborot xavfsizligi (14 soat)
O’quvchilarni web-dizayn bo’yicha bilimlarni chuqurroq o’zlashtirishlari uchun quyidagi mavzular kiritildi:
46-mavzu: Web dizayn va uning dasturiy ta`minoti. Macromedia Flash dasturi yordamida sahifa yaratish va bezash
47-mavzu:Web sahifalarga rasmli, grafikli ma`lumotlarni joylashtirish va bezash
48-mavzu: Web sahifalarda formalar yaratish va bezash
49-mavzu: Web sahifalarda animatsiyalar va ularni o`rnatish. Tovushli ma’lumotlar va ular bilan ishlash
MUNDARIJA
1.O‘quv fani (moduli)ning maqsad va vazifalari, o‘zlashtirish natijasi;
2.O‘quv fani (moduli)ning mashg‘ulot turlari bo‘yicha mavzular rejasi va mazmuni;
3.O‘quv fani(moduli)ning moddiy-texnik ta’minoti;
4.Fan (modul)ning o‘zlashtirish darajasini nazorati va baholash;
5.Tavsiya etilgan adabiyotlar va saytlar ro‘yxati.
Do'stlaringiz bilan baham: |