Turli aholi guruhlarining ovqatlanishi
Bolalar ovqati tarkibida ham katta yoshlilar ovqat ratsionidagi kabi oziq va biologik faol moddalar bo‘lishi kerak. Lekin bu moddalar hamda ular manbai bo‘lgan mahsulotlar nisbati bolaning yoshiga mos kelishi lozim. Me’yoridan kam yoki
ortiq hamda bemaza ovqat bolaning jismoniy va aqliy rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladi. Bolalar serharakat bo‘lgani uchun, ularda moddalar almashinuvi tez boradi va ko‘p quvvat sarflanadi, shuning uchun, ularning oqsil va yuqori kaloriyali taomlarga
bo‘lgan ehtiyoji ortadi. Kichik yoshdagi bolalar ovqatida oqsil, yog‘ va uglevodlar nisbati
1:1:4, kattaroq yoshdagilarda 1:1:4,5 bo‘lishi kerak. Bolalar ko‘proq hayvon mahsulotlari bilan ovqatlanganlari ma’qul. Hayvon oqsilining solishtirma salmog‘i umumiy oqsil salmog‘ida 70–80% ni, maktab yoshidagi bolalarda esa 60–65% ni tashkil etadi. Bolalar ratsioni tarkibida yetarli miqdorda go‘sht, baliq, tuxum va sut bo‘lishi ularning bunday hayvon oqsiliga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Bolalarning kunlik ovqati tarkibida 600–800 ml sut bo‘lishi lozim. Yog‘ning ahamiyati ham katta, u A va D vitaminning hazm bo‘lishini, organizmning o‘ta to‘yinmagan yog‘ kislotalari va fosfatidlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlaydi. Bolalar ovqatida ortiqcha yog‘ bo‘lishi moddalar almashinuvi va ovqat hazm bo‘lishining buzilishiga, oqsilning yomon o‘zlashtirilishga, semirib ketishga sabab bo‘ladi. Turli xil vitaminlar va mineral moddalar bolalar ovqatining asosiy manbai hisoblanadi.
Ovqatlanish tartibiga qat’iy rioya qilish bolalar ovqatlanishini to‘g‘ri tashkil
etishning asosiy shartlaridan hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar kuniga 5 mahal ovqatlantirilib, bunda kunlik kaloriyaning 20– 25%
88
nonushtada, 15% ikkinchi
nonushtada, 25–30% tushlikda, 15% peshinlikda (tolma choyda), 20–25% kechki ovqatda berilishi kerak. Maktab yoshidagi bolalar kuniga 4 mahal ovqatlanishi, bunda nonushta kunlik kaloriyaning 25% ni, tushlik ovqat 30%, peshinlik (tolma choy) 20%, kechki ovqat 25% ni tashkil etishi lozim. Maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalarida, shuningdek maktablarda bolalar ovqatlanishini to‘g‘ri tashkil
etishning ahamiyati katta. Maktab o‘quvchilariga nonushtada, kuni uzaytirilgan guruhdagi o‘quvchilarga esa tushda ham issiq ovqat berish zarur.
Ovqatlanish tirik organizmning asosiy fiziologik ehtiyojlaridan biri hisoblanadi. Odam organizmiga oziq-ovqat mahsulotlari orqali oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, mineral tuzlar, suv, vitaminlar va to‘qimalarni tiklash, energetik sarflarning o‘rnini to‘ldirish hamda organizmning boshqa ehtiyojlarini qoplaydigan moddalar kiradi.
Sog‘lom inson uchun tavsiya etilgan me’yorga binoan, hayvonot oqsillari miqdori 100–200 g, o‘simlik oqsillari 40 g, hayvonot yog‘lari 85–90 g, o‘simlik yog‘lari 10–15 g, uglevodlar 400–500 g va disaxaridlar ko‘rinishidagi glyukoza va saxaroza 50–100 g, suvlar 1700–2000 g ni tashkil etadi. Bemor ovqati tarkibidagi oqsillar, yog‘lar, uglevodlar va boshqa turli moddalar nisbati kasallik turiga qarab o‘zgartiriladi. Masalan, qandli diabet kasalligida bir kecha-kunduzlik ovqat tarkibida uglevodlar kamaytiriladi.
Ovqat tarkibini belgilashda uning energetik qiymati va organizmning energiya sarf qilish nisbatini hisobga olish lozim. Oqsillar, yog‘lar va uglevodlar oksidlanib kaloriyalar bilan o‘lchanadigan issiqlik ajratadi. 1 g oqsil 4,1 kkal, 1 g yog‘ 9,3 kkal, 1 g uglevodlar 4,1 kkal ajratadi. Bemorning og‘ir va surunkali kasalliklar natijasida tana vaznini yo‘qotga8n9 ligini hisobga olgan holda ovqat tarkibining energetik qiymatini oshirish maqsadga muvofiqdir. So‘nggi ilmiy tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki, ovqat hazm bo‘lishi va so‘rilishining me’yoriy jarayonlarida oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, vitaminlar va mineral moddalar nisbatini muvozanatda bo‘lishining o‘zigina yetarli emas.
Davolovchi ovqatlanish tartibini nazorat qilishi lozim. Sog‘lom odam kuniga 4 marotaba ovqatlanishi lozim. Bunda birinchi nonushta 25%, ikkinchi nonushta 15%, tushlik 35%, kechki ovqat 25% ni tashkil qiladi. Ayrim kasalliklarda ovqatlanish tartibi biror sababga tegishli holda o‘zgartiriladi. Masalan, me’da yara kasalligida bemor 3 marotaba ko‘p-ko‘pdan ovqatlangandan ko‘ra, 6 marotaba oz-ozdan ovqatlangani ma’qul. Davolovchi ovqatlanish davolash jarayonining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Hozirgi kunda 15 ta asosiy davolovchi parhez turlari mavjud. Har bir parhez bir nechta variantdan iborat bo‘lib, kasallik kechishiga
qarab qo‘llaniladi. Bundan tashqari, maxsus parhezlar mavjud bo‘lib, ularni tavsiya etgan mualliflar nomi bilan atalgan. Masalan, Karellya parhezi qon aylanishi yetishmovchiligi kasalligida, Meylengraxta parhezi me’da yarasidan qon ketganda qo‘llaniladi. Parhez ovqatlanishni tavsiya etishdan oldin kasallik turini, a’zolardagi u yoki bu o‘zgarishlar darajasi hisobga olinadi. Mahsulotlarni iste’mol qilish va uni ishlab chiqarish tartibi o‘zgartiriladi.
Ko‘pgina yoshi katta bemorlar bir nechta kasalliklar bilan xastalangan bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda bemorlarning jinsi, yoshi, vazni hisobga olinib to‘la qimmatli, turli-tuman, me’yorda ovqatlanish tavsiya etiladi. Ayrim bemorga u yoki bu kasallikdagi o‘zgarishlarni me’yorlashtirish maqsadida yengillashtiruvchi kunlar (kontrast parhezlar) tavsiya etiladi. Yengillashtiruvchi kunlarda bemorga bir xil ko‘rinishdagi kam kaloriyali mahsulot berish maqsadga muvofiq hisoblanadi (masalan, sut, mevalar, suzma va h.k.), lekin ovqat hajmi bir me’yorda, 5-6 qabulga taqsimlanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |