Og‘iz va burun bo‘shliqlaridan ajratmalarni so‘rish
Bemorga ajratmalarni so‘rishning zarurligini tushuntirib, bemor xavotiri bartaraf etiladi va hamkorlik qilishga erishiladi.
Zaruriy jihozlar: ajratmalarni so‘rish moslamasi, 12 Fr yoki 14Fr o’lchamli kateter, ajratmalarni so’rish moslamasining naychasi, ajratmalarni so‘rish moslamasining idishi (100 ml benzogeksoniy xlorid bilan), dezinfeksiya uchun xlorgeksidin glukonat (idishda), distillangan suv (idishda), spirtli paxta, axlat uchun lotok, qo‘lqoplar, fonendoskop Moslamaning ish holatini va ajratmalarni so‘rish xavfsizligi tekshiriladi. Moslamani ishga tushirib, uning ishlashini tekshirib ko‘riladi. Kateter orqali suv o'tkazib, tiqinlar bor-yo‘qligi tekshiriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |