Kafedra mudiri: I. Qur’onov



Download 6,09 Mb.
bet198/329
Sana25.01.2022
Hajmi6,09 Mb.
#410239
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   329
Bog'liq
HAMSHIRALIK ISHI Akramova Munavvar (1)

ilova


Baholash mezoni va ko’rsatkichlari

t/r

Nazariy bilimlarni baholash

ball



1

Savollarga to'liq javob berish, misol dalil keltiradi, Mavzu haqida to’liq ma’lumotlarni keltiradi, yangi ma’lumotlarni amaliyotda qo’llay oladi



5


2

Savollarga noto'liq javob beradi, mavzu haqida tushunchalarini to’liq bayon eta olmaydi


4


3

Savollarga qisman javob beradi, yangi va o’tilgan mavzular bo’yicha qisman bilimga ega


3


4

Savollarga umuman javob bera olmaydi, yangi mavzu va o’tilgan mavzular yuzasidan bilimga ega emas.


2
    1. ilova


Kichik guruhlarda ishlash qoidasi


1

Talabalar ishini bajarish uchun zarur bilim va masalalarga ega bo’lmog’i kerak

2

Guruhlarga aniq topshiriqlar berilmog’i lozim

3

Kichik guruh oldiga qo’yilgan topshiriqni bajarish uchun yetarli vaqt ajratiladi

4

Guruhlardagi fikrlar chegaralanmaganligi va tazyiqqa uchramasligi haqida ogohlantirilishi zarur.

5

Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari, ishlab chiqarish ta’limi ustasi ularga yo’riqnoma berishi lozim.

6

Nima bo’lganda ham muloqotda bo’ling, bajargan ishini erkin namoyon etish

216

Fan bo'yicha o'quvchilarni o'zlashtirish, baholash mezonlari


  1. ilova



Baholash mezonlari

Baholar

“5” – a’lo

“4” - yaxshi

“3” - qoniqarli

“2” - qoniqarsiz

1.

Nazariy

ma’lumotlarni o’zlashtirishi













2.

Amaliy

ma’lumotlarni o’zlashtirishi













3.

Joriy nazorat

natijalari















4.

O’rtacha bahosi












    1. Mavzu: Sun’iy ovqatlantirishda bemorlarga hamshiralik parvarishi


Reja: 1.Sun’iy ovqatlantirish, ko’rsatma va moneliklar 2.Sun’iy ovqatlantirish usullari

Bemorlarni sun’iy ovqatlantirish


Ovqatni yuta olmaydigan hushsiz yoki ovqatlanishni o‘zicha istamagan (ruhiy kasalligi bo‘lgan)lar uchun yuqorida ko‘rsatilgan sust usul kifoya qilmaydi. Ularni sun’iy ovqatlantirish kerak bo‘ladi. Buning uchun maxsus asboblar ishlatiladi.

Sun’iy ovqatlantirish turlariga quyidagilar kiradi:



  1. Me’da zondi yordamida ovqatlantirish.

  2. Me’da yoki ingichka ichakning operatsion teshigi (gastrostoma yoki fistula) orqali ovqatlantirish.

  3. Huqna (rektal yo‘l bilan) orqali ovqatlantirish.

  4. Parenteral (me’da-ichaklarni chetlab) ovqatlantirish.

Me’da zondi orqali sun’iy ovqatlantirish quyidagi hollarda qo‘llanadi:

  1. til, yutqin, hiqildoq, qizilo‘ngach jarohat natijasida ko‘p shikastlangan va shishib ketgan bo‘lsa;

  2. bulbar falajda (cho‘zinchoq miyaning yutish va nutqning buzilishi bilan o‘tadigan kasallikda);

  3. markaziy nerv sistemasi xastaliklaridagi behushlik holatida;

  4. ruhiy bemor ovqat yemay qo‘yganda;

  5. bitmayotgan me’da yarasida.

Ovqatlantirish uchun quyidagilar tayyorlab qo‘yiladi:

  1. Olivasiz (boshchasiz) ingichka me’da zondi yoki 8–10 mm diametrli shaffof xlorvinil naycha;

  2. 200 ml sig‘imli voronka yoki Jane shprisi;

  3. 1—2 stakan ovqat.

Asboblar qaynatiladi va qaynagan suvda sovitiladi, ovqat esa ilitiladi. Ovqatlantirish quyidagicha amalga oshiriladi: vazelin surtilgan steril ingichka zond olib, bemorning me’dasiga kiritiladi. Zond uchiga voronka kiydiriladi, voronkaga dag‘al bo‘lakchalari 217bo‘lmagan suyuq ovqat (sut, qaymoq, xom tuxum, quyuq bulyon, glukoza eritmasi, kakao va kofe, meva suvlari) quyiladi. Ovqatni kichik bosimda kuniga bir necha marta asta-sekin quyiladi. Ayrim hollarda zond 2–3 haftagacha qoldiriladi. Zondni burun yo‘llari orqali kiritishning iloji bo‘lmaganda uni og‘izga kiritiladi, uchini yopishqoq plastir bilan yuz terisiga mahkamlab qo‘yiladi. Muolajadan so‘ng zondga toza suv quyib, uni ovqat qoldiqlaridan tozalanadi. Bemorni operatsion teshik (gastrostoma) orqali ovqatlantirish qizilo‘ngach torayib undan ovqat o‘tmay qolganda, pilorus stenozida operatsiya yo‘li bilan me’dadan teshik ochiladi, shunda unga zond kiritib, ovqat quyish mumkin bo‘ladi. Har gal ovqatlantirishda yuboriladigan ovqat miqdori asta-sekin oshirib boriladi. Birinchi ovqatlantirishda (operatsiyadan keyin 5—6 soat o‘tgach) va hafta mobaynida har ikki soatda 50—100 ml dan, 8-chi kundan boshlab kuniga 5—6 marta 150—220 ml dan, 3-chi haftaga kelib, har safar 250— 500 ml dan suyuq ovqat yuboriladi va ovqatlantirish soni kuniga

4 martagacha kamaytiriladi. Bunda operatsiya qilib ochilgan tekshik atroflarining ovqatdan ifloslanmaganligini kuzatib turish kerak, buning uchun ovqat berilgandan so‘ng, har gal teshik atrofidagi teri tozalanadi, unga Lassar pastasi surtiladi va quruq steril bog‘lam qo‘yiladi. Ovqatlantirishning bunday usulida bemorda me’da sekretsiyasi og‘iz bo‘shlig‘i tomonidan reflektor yo‘l bilan qo‘zg‘almaydigan bo‘lib qoladi. Agar zond yetarlicha keng va fistula atrofidagi terining holati yaxshi bo‘lsa, bemor ovqatni o‘zi chaynab, voronkaga tuflab tushirishi mumkin. Shundan so‘ng naychani qisib turib, voronkaga suyuqlik (bulyon, choy) quyish va aralashmani asta-sekin me’daga kiritish mumkin. Ovqatlanishning bunday usulida bemorga 15- stolni tayinlash mumkin.



Rektal sun’iy ovqatlantirish — organizmning suyuqlikka va osh tuziga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash maqsadida to‘g‘ri ichak orqali oziq moddalarni yuborishdir. Bu usul keskin suvsizlanib qolishda, qizilo‘ngach batamom tutilib qolganda, qizilo‘ngach va me’daning kardial qismidagi operatsiyalardan keyin qo‘llanadi. Bundan tashqari ovqatli huqnalar diurezni kuchaytiradi va organizmdan toksinlar chiqarilishiga imkon beradi. Ovqat yuborishdan bir soat oldin ichaklarni to‘liq bo‘shatish uchun tozalash huqnasi qilinadi. Тo‘g‘ri ichakda 5% li glukoza eritmasi va 0,85% li natriy xlorid eritmasi yaxshi so‘rilishi tufayli bu eritmalardan sun’iy ovqatlantirish uchun foydalaniladi. 200—500 ml miqdoridagi ovqatli huqnalarni rezina nokchadan yuboriladi. Suyuqlik harorati 37—38°C bo‘lishi kerak. Ichak peristaltikasini to‘xtatish uchun 5—10 tomchi opiy nastoykasi qo‘shiladi. Bu muolaja kuniga 3—4 marta takrorlanadi. Ko‘proq miqdordagi suyuqlik (1 l gacha) tomchi usulida, bir marta yuboriladi. Ovqatli huqnalarni tez-tez qilish tavsiya etilmaydi, chunki bunda to‘g‘ri ichak sfinkteri ta’sirlanishi va orqa chiqaruv yo‘lida yoriqlar paydo bo‘lilishi mumkin. Bu asoratlarning oldini olish uchun orqa chiqaruv yo‘lini yaxshilab yuvib turish kerak.

Parenteral ovqatlantirish. Bemor tabiiy yo‘l bilan ovqatlana olmaganda (bemor me’da-ichak yo‘llarida operatsiya qilinganda, shuningdek juda darmoni qurib, ozib-to‘zib ketganda, badanning katta joylari kuyganda, ko‘pdan beri bitmayotgan katta-katta yaralarda) oziq moddalari mushak orasiga va venaga yuboriladi. Qon quyish, plazma va plazma o‘rnini bosadigan eritmalarni yuborish yo‘li bilan bemor organiz2m18ining oqsillar, tuzlar va suvga bo‘lgan bir kunlik ehtiyojini qondirish mumkin. Odamning qon plazmasidan tayyorlangan vositalar–albumin va protein, shuningdek, alvezin, levomin, poliamin va boshqa aminokislotalar kuniga 300—500 ml miqdorda venaga, tomchi usulida asta-sekin yuboriladi. Glukoza organizmni uglevodlar bilan ta’minlaydi. Uning 5–10–20–40% li eritmalari teri ostiga va venaga yuboriladi. Hammasi bo‘lib bir kunda ko‘pi bilan 100 g glukoza yuborilishi mumkin. Organizmda undan tez va ta’sirchan foydalanish maqsadida ba’zan kichikroq miqdorda insulin ham yuboriladi. Bemorga vitaminlarni parenteral yo‘l bilan kiritish ham mumkin. Yog‘larni kiritish uchun yuqori kaloriyali yog‘ emulsiyalaridan intralipid va lipofundin qo‘llanadi.

Download 6,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish