Kafedra mudiri: I. Qur’onov


Shpris va ignalarni zararsizlantirishga tayyorlash



Download 6,09 Mb.
bet178/329
Sana25.01.2022
Hajmi6,09 Mb.
#410239
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   329
Bog'liq
HAMSHIRALIK ISHI Akramova Munavvar (1)

Shpris va ignalarni zararsizlantirishga tayyorlash


Sterilizatsiyadan oldin barcha buyumlar, shpris va ignalar tozalovdan o‘tishi lozim, bu oqsil, yog‘ va mexanik ifloslanish, shuningdek, dori preparatlarini bartaraf qilish maqsadida bajariladi. Sterillashdan oldingi tozalov yetti bosqichdan iborat:

  1. Inyeksiyadan so‘ng shpris va igna darhol 3% li xloramin eritmasida yuviladi (eritma shprisga tortib ignalar orqali chiqariladi), so‘ng qismlarga ajratilgan holda 3% li xloramin eritmasiga 60 daqiqa maxsus idishga solib qo‘yiladi. Ko‘p hamda bir marotaba qo‘llaniladigan asboblar ham bu bosqichda tozalovdan o‘tishi lozim (so‘ng bir marotaba qo‘llaniladigan shprislar yo‘qotiladi).

  2. Shpris va ignalar 1 daqiqa ichida oqar suy ostida yuviladi (igna porshen bosimi ostida yuviladi). Uchinchi bosqichni bajarishdan oldin yuvuvchi vositali eritma tayyorlanadi.

  3. Shpris va ignalar qismlarga ajratilgan holda iliq yuvuvchi vosita eritmasiga batamom 15 daqiqa bo‘ktiriladi (bu eritmada ignalar mandren, shpris asosi esa tampon yordamida yuviladi). 198

«Biolot» yuvuvchi vositasidan tayyodangan eritma qizarib qolgan bo‘lsa, u ishlatilmaydi, chunki tozalash natijasi qoniqarsiz hisoblanadi. «Biolot» yuvuvchi vosita eritmasi bir marotaba ishlatiladi. Vodorod peroksidi va sintetik vositalardan tashkil topgan yuvuvchi eritmaning rangi o‘zgarmagan bo‘lsa, uni tayyorlangan vaqtidan bir kecha-kunduz mobaynida 6 marotabagacha isitib ishlatish mumkin (vodorod peroksidining og‘irlik miqdori deyarli o‘zgarmaydi). Yuvuvchi vosita shpris va ignalarni solish vaqtidagina isitiladi. «Biolot» kukunidan tayyorlangan eritma haroratini 40–45°C gacha yetkazish kerak, chunki xona haroratida biologik aktiv moddalar (fermentlar) juda sekinlik bilan ajraladi, yuqori haroratda esa parchalanadi.

  1. Shpris va ignalar yuvuvchi vositaga 15 daqiqa bo‘ktirilgandan so‘ng porshen va shpris asosi shu eritmada yuviladi, ignalar mandren bilan tozalanadi.

  2. Shpris va ignalarga yuvuvchi eritmada mexanik ishlov berilgandan so‘ng, ular birinchi bosqichdagidek sovuq oqar suvda yuviladi. Bu bosqichning muddati

eritmaning tarkibiga bog‘liq. «Biolot» eritmasi qo‘llanganda yuvish muddati 3 daqiqa, «Progress»da esa 5–6 daqiqa. Azopiram eritmasi bilan asboblarning ichki yuzasi artiladi yoki ularga bir necha tomchi reaktiv tomiziladi, shprislarga esa eritma quyilib porshen bilan itariladi. Agar reaktiv tomizilgan maydonda qon izlari bo‘lsa, 1 daqiqada avval siyoh rang, so‘ng pushti rang hosil bo‘ladi. 1 daqiqadan so‘ng hosil bo‘lgan bo‘yalish hisobga olinmaydi. Azopiram gemoglobin, o‘simlik qoldiqlari, xloramin, xlorli ohak, yuvuvchi kukun, zang va kislota bor-yo‘qligini aniqlaydi.

  1. Shpris va ignalar distillangan suv quyilgan maxsus idish yoki vannada 1 daqiqa mobaynida suv tarkibida bo‘ladigan tuz cho‘kmalaridan tozalanadi (zararsizlantirilganda tuz cho‘kmalari shpris devoriga, porshenga o‘tiradi va igna shpris o‘tkazuvchanligini buzadi).

  2. Porshen va shpris asoslari zararsizlantiruvchi elektr qaynatgich to‘rida, ignalar esa havo quritgichda 85°C haroratda bosim ostida quritiladi. Sterilizatsiyadan oldingi tozalovdan so‘ng quruq shpris va ignalarni sterilizatsiya uchun taxlanadQizdirish jarayonida shisha va metallning kengayish darajasi turlicha bo‘ladi, metall shishaga qaraganda katta darajada kengayadi, shuning uchun shprisni qismlarga ajratilgan holda qaynatish lozim. Eng qulay taxlov turi kraft-paketlar bo‘lib, ular pergament qog‘ozdan qilingan, suv o‘tkazmaslik xususiyatiga ega. Paketda shprislar hajmi va sterilizatsiya qilingan vaqti ko‘rsatiladi. Unda shpris asosi, porshen hamda ikkita igna taxlanadi. Ayrim hollarda ignalar alohida paketlarga taxlanadi. Paketning bosh qismi ikki marta buklanib, so‘ng yelimlanadi. Ochiq idishga taxlash nisbatan qulay hisoblanadi. Bu usul kam miqdordagi shprislarni sterilizatsiya qilish uchun qo‘llaniladi (muolaja xonasi uchun). Shprisning asoslari va porshenlari emal lotokka solinadi, ignalar esa qopqoqsiz kichik idishlarga taxlanadi. Taxlovning yana bir usuli bu ikki qavatli bo‘z mato bo‘lib, ular bug‘li sterilizatorda zararsizlantiriladi. Yumshoq taxlov uchun kleyonka yoki 2 qavatli zich matodan foydalanilmaydi, chunki kleyonka va zich matoning ichki qatlamlarida shpris va ignalar zararsizlanmaydi. Zararsizlantirishdan oldingi tozalovga yuborilgan asboblar avtoklavlarda (bug‘ bosimi ostida) uzun yassi zararsizlantiruvchi idishlarga solinadi. Havo zararsizlantirgichida zararsizlantirish uchun qaynatgich to‘rida joylashtirilgan meta19l9l asboblar kraft qog‘oziga solinadi. Sovuq usulda zararsizlantiriladigan metall asboblar 6% li vodorod peroksidi eritmasi,

«pervomur» yoki «Dezakson-1» to‘ldirilgan idishga (shisha, metall, emal) solinadi. Zararsizlantirishdan oldingi tozalovda asboblardagi qon qoldig‘ini Iskandarov usuli bilan aniqlash

Yangi tekshirish usulining oldingi an’anaviy usullardan (azopiram, amidopirin) farqi shundaki, u tibbiyot asboblarini oqsil moddasi bilan ifloslanganligini to‘g‘ridan- to‘g‘ri ko‘rsatib, qon qoldiqlarini aniqlashda amidopirin va azopiram usullaridan birmuncha ustunlikka ega. Yangi usul qon qoldig‘idan tashqari, «B» virusli gepatit va OITS kasalligining tarqalishiga xavf soluvchi plazma hamda zardobni aniqlashda ham muhim epidemiologik ahamiyatga ega. Bu usuldan tibbiyot asboblarini sifatsiz tozalash natijasida qolgan yashirin qon qoldiqlarini aniqlashda foydalaniladi. Jarohat yuzasiga tekkan tibbiyot asboblari alohida zararsizlantirilishi lozim. Davolash profilaktika muassasalarida zararsizlantirishdan oldingi tozalov sifati o‘zaro nazorat

qilinadi. Sanitariya-epidemiologik va dezinfeksion tashkilotlar zararsizlantirishdan oldingi tozalovning sifati ustidan har 3 oyda bir marta nazorat o‘tkazib turadi.

Tibbiyot asboblarini zararsizlantirishdan oldingi tozalov sifatini aniqlash usulini o‘tkazish uchun quyidagi asboblar, eritma va jihozlar tayyorlanadi:



  • eritmalar va jihozlar;

  • eritmalar;

  • tayyorlangan yig‘ma 100 aniqlovga mo‘ljallangan 3 ta eritmadan iborat bo‘lib, flakonlarga solinadi;

  • 1- flakon – asosiy indikatorli Iskandarov eritmasi;

  • 2- flakon – musbat tekshiruvni aniqlash uchun;

  • 3- flakon – manfiy tekshiruvni aniqlash uchun;

  • idish va jihozlar;

  • tahlil qo‘yish uchun polistirol yaproqcha (immunologik reaksiyalar uchun plangistalli qopqoq);

  • avtomatik pipetka (tomizg‘ich);

  • ko‘z pipetkasi;

  • 20 ml li shpris (yangi).


Download 6,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish