Kafedra mudiri: I. Qur’onov



Download 7,6 Mb.
bet82/230
Sana06.06.2022
Hajmi7,6 Mb.
#640306
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   230
Bog'liq
Kafedra mudiri I. Qur’onov

Zararlanganda. Agar ikkala neyron butunlay biror joyda zararlansa, unda harakat bo‘lmaydi. Bunda plegiya – umuman harakat yo‘q, parez – harakat butunlay yo‘qolmagan, ammo chegaralangan. Parezlar yengil, o‘rta va chuqur parezlarga bo‘linadi. Parezlar joylashishiga qarab quyidagicha bo‘linadi: monoparez – bitta qo‘l yoki bitta oyoqda harakat chegaralangan; paraparez – ikkala qo‘l yoki ikkala oyoqda harakat chegaralangan; gemiparez – bir tomonda, o‘ng yoki chap tomonda harakat chegaralangan; tetraparez – ikki qo‘l va ikki oyoqda harakat chegaralangan. Parezlar xarakteriga qarab ikki xil bo‘ladi: a) markaziy parezlar – markaziy asab tizimi kasallanganda kuzatiladi; b) periferik parezlar – periferik asab tizimi kasallanganda kuzatiladi.
Agar bosh miya peshona qismi, oldingi markaziy egat yoki gulbog‘ zararlansa, bitta qo‘lda yoki bitta oyoqda monoplegiya faqat qarama-qarshi tomonda bo‘ladi. Agar ichki kapsula zararlansa, bir tomondan va undan pastdagi tuzilmalar miya ustunidan orqa miyagacha zararlansa, gemiplegiya faqat markaziy xilida hamma vaqt qarama-qarshi tomonda bo‘ladi.
Orqa miya zararlansa: 1. Yuqori bo‘yin qismida orqa miyaning butun ko‘ndalang qismi zararlansa, tetraplegiya markaziy xarakterda bo‘ladi. 2. Orqa miyaning bo‘yin qalinligi zararlansa, bunda ham tetraplegiya bo‘ladi. Bunda faqat qo‘llarda parez periferik xarakterga, oyoqlarda markaziy xarakterga ega bo‘ladi. Chunki qo‘llar uchun orqa miyaning oldingi shoxidagi harakat hujayralari zararlangan bo‘ladi, oyoqlar uchun esa markaziy neyron zararlangan. 3. Orqa miyaning ko‘krak qismi zararlanganda pastki paraplegiya oyoqlarda markaziy xarakterda, chunki oyoqlar uchun markaziy neyron zararlangan. 4. Orqa miyaning bel qismi butunlay zararlansa, bunda pastki paraplegiya oyoqlarda, falajlanish periferik xarakterga ega. Chunki orqa miyaning oldingi shoxidagi harakat hujayralari zararlangan. Shunday qilib, orqa miyaning butun ko‘ndalang qismi kasallanganda paraplegiya yoki tetra1p40legiya bo‘ladi.
Glаzgо shkаlаsi ilk bоr 1975- yildа Jеnnеt vа Bоnd tоmоnidаn ishlаb chiqilgаn bo‘lib, mаrkаziy nеrv sistеmаsi jаrоhаtini bоshidаn kеchirgаn pаtsiyеntlаrning hоlаtigа bаhо bеrish uchun qo‘llаnilаdi. Jаrоhаtni bоshidаn kеchirib tirik qоlgаn pаtsiyеntlаr sаlоmаtlik dаrаjаsigа qаrаb quyidаgi to‘rt ko‘rinishgа bo‘linаdi:

  1. Vеgеtаtiv ko‘rinish.

  2. Mеhnаt qоbiliyatini to‘liq yo‘qоtgаnlаr.

  3. Mеhnаt qоbiliyatini to‘liq yo‘qоtmаgаnlаr.

  4. Sаlоmаtligi tiklаngаn.

Harakat sohasini tekshirish. 1. Faol harakatlarni tekshirishda bemor shifokor buyrug‘ini bajarishi kerak, barcha bo‘gimlardagi harakatlar to‘liq ko‘riladi. Bemor yurganda harakatlari kuzatiladi. Qo‘l yoki oyoqlarning shifokor buyrug‘i asosida yuqoriga, pastga va yon tomonga harakatlari tekshirib ko‘riladi. Bunda bemorda parez
yoki paralichlar bor yoki yo‘qligi aniqlanadi. 2. Sust harakatni tekshirishda shifokor bemorning o‘ng tomonida turib, uning boshini, qo‘l va oyoqlardagi bo‘gimlar harakatini kuzatadi. Bo‘gimlardagi harakat to‘liq che- garalangan yoki chegaralanmaganligi aniqlanadi. Shu bilan birga mushak tonusi ham bir vaqtning o‘zida tekshirib boriladi. Mushaklar tonusi ko‘rilayotgan vaqtda bemor mushaklarni bo‘sh qo‘yishi kerak. Mushaklar tonusi piramid yoki ekstrapiramid xilida ekanligi, qaysi qo‘l yoki oyoqlarda bo‘lsa, shu mushaklar tonusi aniqlanadi. Bundan tashqari, gipotrofiya yoki atrofiya borligini «sm» lenta yordamida o‘ng va chap tomon o‘lchanadi. o‘ng tomon chap tomonga nisbatan 1,0–1,5 sm farq qiladi. Son, boldir, yelka va bilakning o‘rta qismi o‘lchanadi. Mushaklar kuchi bukuvchi va yozuvchi mushaklarda aniqlanadi. Bu 5 balli tizim bilan aniqlanadi. 5 ball – bunda qo‘l-oyoqlarda faol harakatlar chegaralanmagan, mushaklar kuchi pasaymagan; 4 ball –faol harakat chegaralangan, qo‘l-oyoqlar Barre holatda bir necha daqiqa ushlab turiladi. Parez bo‘lgan qo‘l yoki oyoq sekin pastga tushib ketadi, bu yengil parez deyiladi; 3 ball – mushaklar kuchi pasaygan, Barre holatida qisqa vaqt tura oladi, bemor qo‘l yoki oyoqni biroz ko‘tarishi mumkin. Bu o‘rta og‘irlikdagi parez deyiladi; 2 ball – mushaklar kuchi birdan pasaygan, bemor qo‘l yoki oyoqlarini ko‘tara olmaydi. Bemor oyoqlarini tizza bo‘gimidan buka olmaydi – bu chuqur parez deyiladi; 1 ball – ayrim mushaklarda qisqarish yoki uchish bo‘ladi, harakat butunlay yo‘qolgan, bu plegiya deb ataladi. Yashirin parezlarni aniqlashda Barre usulidan foydalaniladi. 1. Yuqoridagi usul, bunda qo‘llar oldinga uzatilgan holda ushlab turiladi va ko‘zlar yumiladi. Agar parez bo‘lsa 1–2 daqiqa ichida parez bo‘lgan qo‘l pastga tushib ketadi.

  1. Pastki usul – bemor chalqancha yotgan holda oyoqlarini 45° bukkan holda ushlab turadi. Agar parez bo‘lsa, oyoq tushib ketadi. Markaziy parezlarda tizza qopqog‘i va oyoq panjasi o‘ynab qoladi, bu klonus deb ataladi. Klonus mushaklarning bir maromda qisqarishi natijasida paydo bo‘ladi.




Download 7,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish