Kafedra mudiri: I. Qur’onov


Bemorlarni ovqatlantirishni tashkil qilish



Download 7,6 Mb.
bet48/230
Sana06.06.2022
Hajmi7,6 Mb.
#640306
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   230
Bog'liq
Kafedra mudiri I. Qur’onov

Bemorlarni ovqatlantirishni tashkil qilish


Davolash muassasalarida bemorlarni ovqatlantirishni tashkil qilishda tibbiy xodimdan tashqari oshxona xodimlari ham ishtirok etadilar. Shifokor bemorning kasalligidan kelib chiqqan holda ma’lum ovqat parhezini tayinlaydi. Bo‘lim hamshirasi ovqatga talabnoma tuzadi. Bemorlar ovqatini bemorlarning soni va parhez ovqatning turidan kelib chiqqan holda shifokor parhezchi nazorat qiladi va o‘z o‘rnida sifatiga va turiga javob beradi. Ovqat mahsuloti sifati, tayyorlanishi hamda bo‘limga yetkazib berilishi shifoxonaning parhez hamshirasi tomonidan nazorat qilinadi. Ovqat shu bo‘limning oshxona xodimi tomonidan tarqatiladi. Ovqatlantirish bemorlarning holatiga qarab uch xil bo‘ladi: faol, sust va sun’iy. Agar bemor boshqa kishilarning yordamisiz o‘zi ovqatlana oladigan bo‘lsa, faol ovqatlanish deyiladi. Og‘ir yotgan bemorlar quvvatsizlanib qolganda, operatsiyadan so‘ng mustaqil ovqatlana olmaydilar. Bunday bemorlarni ovqatlantirish uchun ovqatlanadigan odatdagi asboblar yetarli bo‘lmaydi. Bu sust ovqatlanish deyiladi.
Og‘ir yotgan bemorlarni ovqatlantirish bo‘lim hamshirasi tomonidan amalga oshiriladi. Og‘ir yotgan bemorlarni ovqatlantirish uchun ma’lum vaziyat hosil qilish lozim. Bemorlarni yarim o‘tqazib, ko‘krak va bo‘yin qismiga oqliq yoki sochiq yozib, ovqatlantirish lozim, buni maxsus choynak hamda qoshiq yordamida amalga oshiriladi. Bu jarayon quyidagicha amalga oshiriladi: hamshira chap qo‘li bilan bemorning boshini yostig‘i bilan birga ko‘taradi, o‘ng qo‘li bilan uning og‘ziga qoshiqdan yo92ki maxsus choynakdan ovqat tutadi. Bemor ovqatni yutmasa, uning og‘ziga zo‘rlab quyish mumkin emas, chunki ovqat nafas yo‘llariga tushib og‘ir jarohat keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari, meditsina xodimlari bemorning qarindoshlariga ovqatlantirish usullarini o‘rgatadilar, chunki bu jarayon juda katta sabr-qanoat talab qiladi. Ko‘pincha bemorlar ishtahasi yo‘qligi, ko‘ngil tortmasligidan shikoyat qiladilar. Yuqori harorat va uyqusizlikka chalingan bemorlarni ovqat qabul qilishga majburlash mumkin emas.

Download 7,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish