Mashgʻulotni yakunlash
Mavzu yakunlanadi, bajarilgan ishlarni kelgusida kasbiy faoliyatlarida muhim ahamiyatga ega
ekanligiga oʻquvchilar e’tiborini qaratadi
Uyga vazifa berilishi
Nazorat savollariga javob qaytarish
|
Diqqat qiladi
Topshiriqni yozadi
| ilova
Baholash mezoni va ko’rsatkichlari
t/r
|
Nazariy bilimlarni baholash
|
ball
|
1
|
Savollarga to'liq javob berish, misol dalil keltiradi, Mavzu haqida to’liq ma’lumotlarni keltiradi, yangi ma’lumotlarni amaliyotda qo’llay oladi
|
5
|
2
|
Savollarga noto'liq javob beradi, mavzu haqida tushunchalarini to’liq bayon eta olmaydi
|
4
|
3
|
Savollarga qisman javob beradi, yangi va o’tilgan mavzular bo’yicha qisman bilimga ega
|
3
|
4
|
Savollarga umuman javob bera olmaydi, yangi mavzu va o’tilgan mavzular yuzasidan bilimga ega emas.
|
2
| ilova
Kichik guruhlarda ishlash qoidasi
1
|
Talabalar ishini bajarish uchun zarur bilim va masalalarga ega bo’lmog’i kerak
|
2
|
Guruhlarga aniq topshiriqlar berilmog’i lozim
|
3
|
Kichik guruh oldiga qo’yilgan topshiriqni bajarish uchun yetarli vaqt ajratiladi
|
4
|
Guruhlardagi fikrlar chegaralanmaganligi va tazyiqqa uchramasligi haqida ogohlantirilishi zarur.
|
5
|
Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari, ishlab chiqarish ta’limi ustasi ularga yo’riqnoma berishi lozim.
|
6
|
Nima bo’lganda ham muloqotda bo’ling, bajargan ishini erkin namoyon etish
|
172
Fan bo'yicha o'quvchilarni o'zlashtirish, baholash mezonlari
ilova
№
|
Baholash mezonlari
|
Baholar
|
“5” – a’lo
|
“4” - yaxshi
|
“3” - qoniqarli
|
“2” - qoniqarsiz
|
1.
|
Nazariy
ma’lumotlarni o’zlashtirishi
|
|
|
|
|
2.
|
Amaliy
ma’lumotlarni o’zlashtirishi
|
|
|
|
|
3.
|
Joriy nazorat
natijalari
|
|
|
|
|
4.
|
O’rtacha bahosi
|
|
|
|
| 14-Mavzu: Xamshiralik jarayoni va uning axamiyati. Xamshiralik jarayonini o’tkazish usullari
Reja: 1.Hamshiralik jarayoni, maqsadi va vazifalari 2.Hamshiralik harayonining bosqichlari
Hаmshirаlik jаrаyonigа kirish vа uning аhаmiyati hаqidа tushunchа
Amerika va G‘arbiy Yevropa zamonaviy hamshiralik ishi modelining asosiy va ajralmas tushunchalaridan biri – hamshiralik jarayonidir. Hamshiralik jarayoni, bu hamshira amaliyotida qo‘llaydigan va ilmiy asoslangan usul bo‘lib, sog‘liqni saqlash amaliyotida hamshira o‘rnining yangi tushunchasini beradi va undan nafaqat texnik tomondan yaxshi tayyorgarlikni, balki bemor parvarishiga ijodiy yondoshish, bemorga alohida shaxs sifatida munosabatda bo‘lishni talab etadi.
Hamshirahk jarayoni birinchidan, bemorning parvarishga bo‘lgan ehtiyojlarini, ikkinchidan, u bemorning asosiy ehtiyojlari va undan kutilgan natijalarning oqibatlarini, uchinchidan, bemor ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan parvarish rejasini aniqlaydi. To‘rtinchidan, hamshiralik ishining samaradorligi, kasbiy mahorati aniqlanadi. Eng asosiysi, hamshiralik jarayoni yordam ko‘rsatishning sifatini nazorat qilishni kafolatlaydi.
Hamshiralik jarayonining afzallik tomonlari:
hamshiralik parvarishida, tizimli va xususiy yondoshish jarayonida bemor va uning oilasi parvarishini rejalashtirishda hamshiraning faol qatnashishi ta’minlanadi. Kasb faoliyati mezonlarini (standart) keng qo‘llashga imkoniyat yaratiladi;
bemorning asosiy muammo va ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan vaqt va vositalardan samarali foydalaniladi;
tibbiy hamshiraning yordami va mahorat sifati kafolatlanadi;
hamshiraning tibbiy xizmatga oid kasbiy mahorat, javobgarlik va ishonchlilik darajasi namoyon bo‘ladi;
tibbiy xizmat ko‘rsatishning xavfsizligi
ta’minlanadi.
Hamshiralik
173
jarayonining bosqichlari: bemorni tekshirish, holatini baholash (ehtiyoj va muammolarni aniqlash), hamshiraning yordam rejasini tuzish, rejani amalga oshirish va o‘zgarishlarni kiritgan holda natijalarni baholash.
Tekshiruv maqsadi – bemorning yordam so‘rab
murojaat qilgan vaqtidagi sog‘lig‘i haqida bir-biri bilan bog‘langan va asoslangan holda axborot to‘plashdan iboratdir. Tekshiruv subyektiv va obyektiv bo‘lishi mumkin. Subyektiv axborot bemorning o‘z sog‘lig‘i haqida so‘zlab berishi. Axborot beruvchilar– bemorning oila a’zolari, ish bo‘yicha xizmatdoshlari, do‘stlari, tasodifiy yo‘lovchilar bo‘lishi mumkin.
Obyektiv axborotga hamshira o‘tkazgan tekshiruvlar natijasi kirib, ular anamnez (ijtimoiy ahvoli, bemor yashayotgan va ishlagan muhitdagi
o‘zaro munosabatlar), madaniy, ma’naviy ahvoli (dini), ruhiy holati (xarakteri, shaxsiy xususiyatlari, o‘zini baholash, qaror qabul qilish qobiliyati) va fizikal tekshiruvlar natijalarini aniqlashdan iborat. Axborot yig‘ish davomida tibbiy hamshira bemor bilan «davolash» munosabatlarini o‘rnatadi:
bemor va uning qarindoshlari davolash muassasasidan nima kutayotganini aniqlaydi;
bemorni davolash bosqichlari bilan tanishtiradi;
bemorni o‘z ahvolini to‘g‘ri baholashga o‘rgatib boradi;
qo‘shimcha tekshiruvni talab etadigan axborotni yig‘adi (yuqumli kasallikka chalingan bemor bilan muloqot, boshidan kechirgan kasaliiklar va operatsiyalar);
«bemor – oila», bemor va oilasining kasallikka munosabatini aniqlaydi. Hamshiralik jarayonining 1- bosqichi natijasi bu hamshiraning bemor haqida to‘plangan axborotni uning kasallik tarixiga qayd qilishdir. Hamshiralik kasallik tarixi yuridik bayonnoma bo‘lib, hamshiraning mustaqil kasbiy hujjati hisoblanadi. Hamshiralik kasallik tarixining maqsadi hamshira faoliyatini nazorat qilish, shifokor buyruqlari va o‘zi tuzgan parvarish rejasini amalga oshirish, hamshiralik ishi sifatini va hamshiralik mahoratini tahlil qilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |