Kafedra mudiri: I. Qur’onov


Bemor tagiga tuvak qo‘yish algoritmi



Download 7,6 Mb.
bet38/230
Sana06.06.2022
Hajmi7,6 Mb.
#640306
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   230
Bog'liq
Kafedra mudiri I. Qur’onov

Bemor tagiga tuvak qo‘yish algoritmi:


  1. Hamshira qo‘lqop kiyadi.

  2. Bemor ichi va siydik qopini bo‘shatmoqchi bo‘lsa, hamshira to‘siq yordamida bemorni berkitadi va tagiga kleyonka soladi.

  3. Tuvakni iliq suv bilan chayib, ichida ozgina suv bilan olib keladi.

  4. Bemorga yoni bilan yotishga yordam berib, tizzalari asta bukiladi.

  5. O‘ng qo‘l bilan tuvak qo‘yilib, bemor chalqancha yotqiziladi.

  6. Erkaklarga tuvak bilan birga siydikdon ham tutiladi.

  7. Qo‘lqoplar yechiladi.

  8. Yostiqlarni to‘g‘rilab bemorni yarim o‘tirgan holatga keltiriladi.

  9. Bemor bo‘shalib 7b0o‘lgach, hamshira qo‘lqoplarni kiyib uni ohista yonboshiga buradi, o‘ng qo‘li bilan tuvakni ushlab bemor tagidan oladi. Orqa chiqaruv teshigi tozalanib, qo‘lqoplar almashtiriladi.

  10. Bemor tagiga toza tuvak qo‘yiladi.

  11. Tashqi jinsiy a’zolar va orqa chiqaruv teshigi iliq suvda yuvilib,

artiladi, tuvak, kleyonka va to‘siq olinadi.

  1. Tuvak bo‘shatilib, iliq suv bilan chayiladi va yuqumsizlantiriladi (xloramin, xlorli ohak).

  2. Qo‘lqoplar yechilib, qo‘llar yuviladi.

Behol, yotoq yarasi bor hamda siydik va axlatni tutolmaydigan bemorlarga rezinali tuvak qo‘llaniladi.


Terini parvarish qilish va yotoq yaralarning oldini olish


Teri o‘z vazifasini bajarishi uchun ozoda bo‘lishi kerak. Buning uchun har kuni ertalab va kechqurun yuvinib turish zarur. Teri himoya, sezgi, ter ajratish, issiqlikni idora qilish, nafas olish kabi besh vazifani bajaradi. Teri insonlarni shikastlardan, ortiqcha quyosh nuridan, tashqi muhitning zararli moddalaridan hamda mikroorganizmlardan himoya qiladi. U orqali organizmdan oqsillar, tuzlar, mochevina, urat kislota, kreatin, uchuvchan kislotalar, xolesterin, vitaminlar va boshqalar ajralib chiqadi. Teri moddalar almashinuvida, asosan, gazlar almashinuvida ishtirok etadi. Uning eng muhim analizatorlik vazifasi terida joylashgan nerv oxirlari, ya’ni tashqi muhitdan organizmga ta’sir qiladigan turli-tuman taassurotlarni (issiq, sovuq, og‘riq, bosim) qabul qiladigan retseptorlar tufayli amalga oshadi. Yoz kunlari harorat yuqori darajaga ko‘tarilganda organizmning issiqlik ta’siriga javob reaksiyasi (ter ajratish
natijasida) tashqi muhit bilan organizm teriga ortiqcha talab qo‘yadi. Shunga ko‘ra bemorning ozodalikka rioya qilishi katta ahamiyat kasb etadi. Badandan ajralayotgan yog‘, ter mikrob va changlar bilan qo‘shilib terini ifloslantiradi. Og‘ir yotgan bemorlarda terining ifloslanishi uchun sharoit vujudga keladi. Kasalxonada yotgan bemorlar haftada bir marta gigiyenik vanna yoki dush qabul qilishlari lozim. Og‘ir yotgan bemorlarning badan terisi har kuni bir necha marta nam sochiq bilan artiladi. Terini artish uchun zararsizlantiruvchi spirtli eritma, sirka kislotasining 0,1% li eritmasi yoki kamfora spirti va boshqalardan foydalaniladi. Og‘ir yotgan bemorlarda sifatsiz parvarishlash natijasida teri bichilishlari va yotoq yaralar yuzaga keladi.

Download 7,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish