Kafedra mudiri: I. Qur’onov


Bemorning o‘rindagi holati



Download 7,6 Mb.
bet33/230
Sana06.06.2022
Hajmi7,6 Mb.
#640306
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   230
Bog'liq
Kafedra mudiri I. Qur’onov

Bemorning o‘rindagi holati


Ko‘pgina kasalliklarda bemorlar holati turlicha ko‘rinishga ega (to‘la faol, sust faol, majburiy) bo‘ladi. Bemorlar qoniqarli holatda faol harakatga ega bo‘lib, ular barcha ehtiyojlarini o‘zlari qondira oladilar (mustaqil ravishda o‘tirib, turib, ovqatlanib,
yuvinib va h.k.). Sust holatdagi bemorlar kam harakat, mustaqil o‘girilib bosh, qo‘llarini ko‘tara olmaydilar. Ko‘pincha bemorlar behush holda bo‘ladilar. Ayrim kasalliklarda bemorlar og‘riq hissini kamaytirish maqsadida majburiy holatni egallaydilar, masalan, yo‘talda, nafas qisganda, og‘riqda. Nafas qisganda bemor o‘tirgan holatni egallaydi, bu esa nafas olishni yengillashtiradi. Bemor holati buyurilgan harakat, ya’ni qat’iy yotish, yotish, yarim yotish tartibiga har doim ham mos kelavermaydi. Masalan, miokard infarkti bilan og‘rigan bemorlar hatto faol holatda bo‘lsalar ham qat’iy yotish tartibiga rioya qilishlari lozim. Og‘ir bemorlar uchun qulay sharoit yaratib berish maqsadida maxsus karavotlardan foydalaniladi.
Bu karavotlarning oyoq va bosh tomonlarini ko‘tarish va tushirish mumkin. Hozirgi
vaqtda takomillashgan, harakatda yengil karavotlar mavjud.
Oddiy yoki maxsus karavotlarda bemorga ba’zi holatlarni yaratish usullari Bemorni chalqancha holatdan «o‘ng
yonboshiga» yotqizish algoritmi: 1.Karavotning yonbosh qismi tushiriladi. 2.Bemordan siz bilan birga harakat qilish so‘raladi.

    1. Bemorga tirsaklarini kaftlari bilan ushlash tushuntiriladi.

    2. Bemor chap oyog‘ini tizza bo‘g‘imida bukib, hamshiraning o‘ng qo‘li bemor boldirining pastki qismida, chap qo‘li tizza ko‘zi ostida, chap tovon o‘ng tizza bo‘g‘imi

ostida bo‘ladi.

    1. Hamshira bemorni o‘ng yonboshiga yotqizish uchun uni pastki sonidan ushlab kuch bilan o‘ziga qaratadi.

    2. Hamshira bemorning yonboshi bilan qulay holatda yotganligiga ishonch hosil qiladi


    3. 60
      Qo‘llar yuviladi.



Bemorni yarim o‘tirgan holatidan o‘tirgan holatga o‘tkazish algoritmi:

  1. Ikkita sanitar bemorning bosh tomonidan turib, qo‘llarini uning qo‘ltig‘i ostidan o‘tkazadi.

  2. Bemorning ahvolini nazorat qilib, ehtiyotkorlik bilan «o‘tirgan» holat beriladi. 3.Hamshiralardan biri bemorni yelkasidan ushlaydi, ikkinchisi yostiqchani uning orqasiga qo‘yadi.

  1. Tizza ko‘zi ostiga qulay moslama qo‘yiladi.

  2. Bemorning qulay vaziyatda o‘tirganiga ishonch hosil qilgach, uni o‘rab qo‘yiladi 6.Qo‘llar yuviladi.

Bemorni yonboshlab yotgan holatidan oyoqlarini pastga tushirgan holatda o‘tirishga yordam berish
algoritmi:

  1. Bemor ro‘parasida turib chap qo‘l bemorning chap qo‘ltig‘iga, o‘ng qo‘l esa tizza ostiga kiritiladi.

  2. Bemorni o‘rnidan asta turg‘azib, 90° burchak ostida oyoqlari pastga tushiriladi.

  3. Chap qo‘l bilan bemorning yelkasidan ushlagan holda o‘tqizib, o‘ng qo‘l bilan muvozanat hosil qilishni davom ettiriladi.

  4. Bemor ahvolini nazorat qilib, uning qulay o‘tirganligiga ishonch hosil qilmaguncha hamshira bemordan uzoqlashmaydi

  5. Qo‘llar yuviladi.

Bemorga karavotdan stulga o‘tib o‘tirishda yordamlashish algoritmi:

  1. Bemor qarshisida turing.

  2. Bemorni belingizdan ushlashini so‘rang, o‘zingiz esa uning yelkasidan quching. Sizning to‘pig‘ingiz va bemor to‘pig‘i «to‘piqqa to‘piq» yo‘nalishda

joylashishi kerak. 61

  1. Orqaga bir qadam tashlab, bemorga ushlab turishida yordam bering.

  2. Chapga qayrilib bemorni ushlashni davom ettirib unga stul qarshisida turishga yordam bering.

  3. Bemorga orqasida turgan stulga o‘tirishini ayting va bemorni yelkasidan ushlab tizzasini tizzangiz bilan mahkam ushlab turing

  4. Bemor o‘zini qulay his qilayotganligiga ishonch hosil qilmaguncha uni yolg‘iz qoldirmang.

  5. Qo‘lingizni yuving.

Bemorni stuldan karavotga o‘tqazishda yordamlashish algoritmi:

  1. Bemor qarshisida shunday turingki, sizning tizzangiz va to‘pig‘ingiz bemor tizzasi yoki to‘pig‘iga tayanch vazifasini bajarsin.

  2. Bemor oyog‘ini tizzasidan ohista bukib uning orqasidan ushlang, bunda bemor qo‘llari faol bukilmagan holda tizzasida turadi.

  3. Bemorni ohista egilgan holda stuldan turishiga yordam bering

  4. Bemomi o‘ng tomonga yo‘naltirib karavotga o‘tirishiga yordam bering. Bemor qulay o‘tirganligiga ishonch hosil qilmaguncha qo‘yib yubormang. Qo‘lingizni yuving.


Download 7,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish