KAFEDRA: JAMOAT SALOMATLIGI, SOG'LIQNI SAQLASHNI
TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH
Fan: Jamoat salomatligi va sog'liqni saqlashni
boshqarish
MAVZU: O'RTAChA MIQDORLAR VA
ULARNING TIBBIYoTDA
QO'LLANILIShI
• Statistikada o'rtacha qiymatlar katta ahamiyatga
ega. Ular yordamida bitta son bilan
kuzatilayotgan voqeaga umumlashtirilgan holda
baho beriladi. Aholini jismoniy rivojlanishiga,
sog'lom va kasal organizmda kechayotgan har - xil
jaryonlarga, ayrim kasalliklarni muqim
shifoxonalarda davolanish muddatini aniqlashda,
dori –darmonlarni samaradorligiga va boshqa
ko'pgina masalalarga baho berishda o'rtacha
miqdordan foydalaniladi.
• O'rtacha qiymatlarni olish uchun variotsion qator
tuziladi. Voqealar va hodisalar o'z kattaliklariga qarab
o'sib yoki kamayib borish tartibida joylashtirilgan va
ularning takrorlanish sonlari bilan birgalikda tuzilgan
qatorlarga variatsion qator deyiladi.
• Variatsion qator varianta (V) va ularning takrorlanishini
ko'rsatuvchi (R) sonlardan tashkil topadi. Varianta (V) -
o'rganilayotgan belgini sonlarda ifodalangan
kattaliklaridir. Chastota yoki
• takrorlanish darajasi (R) – har bir vari-antani necha
marta uchraganligini ko'rsatadi.
• Variatsion qatorlar uch xil bo'ladi: oddiy, guruhli,
interval-guruhli. Oddiy variatsion qatorlarda har
qaysi varianta bir martadan ko'p uchramaydi.
Kuzatuvlar soni ko'p bo'lganda bir xil kattalikka
ega bo'lgan variantalar guruhlarga ajratiladi va
shu yo'l bilan guruhli variatsion qator tuziladi.
Kuzatuvlar soni ko'p, boshlang'ich va oxirgi
variantalar orasidagi amplituda katta bo'lganda,
qo'shni variantalarni bir-biriga qo'shish yo'li bilan
ma'lum intervallar bo'yicha variatsion qator
tuziladi.Bunday variatsion qatorni interval-guruhli
variatsion qator deyiladi.
• Guruhli variatsion qatorlar tanaffusli
(diskretli) va tanaffussiz bo'ladi. Tanaffusli
variatsion qatorlarda variantalar bir-biridan
birdan kam bo'lmagan kattaliklarda farq kiladi.
Masalan: bir daqiqadagi yurak urishlari, nafas
olishlari soni, guruhdagi talabalar soni va
hokazo. Tanaffussiz qatorlarda variantalar bir-
biridan butunning o'nliklar, yuzliklar
bo'laklarida farq qilishi mumkin. Masalan,
vazn, tana uzunligi va hokazolar.
• Sanitariya statistikasida eng ko'p
ko'llaniladigan va foydalaniladigan kattalik bu
o'rtacha arifmetik qiymatlardir. Variatsion
katordan o'rtacha arifmetik qiymat (M),
o'rtacha kvadratik og'ish (σ) va o'rtacha xatolik
(m), bir necha usullarda keltirib chiqariladi.
• 1. Oddiy usul. Variatsion qatordagi har qaysi
varianta bir martadan ko'p takrorlanmaganda
yoki barcha variantalar bir xil sonda
takrorlanganda o'rtacha arifmetik qiymat
oddiy usul bilan topiladi. Bunda variantalarni
oddiy bir - biriga qo'shib, topilgan yig'indini
kuzatuvlar soniga bo'linadi.
• O'rtacha arifmetik qiymat
• ΣV
• M = ――
• n
• O'rtacha kvadratik og'ish
• ΣdІ
• σ = + √――
• n
• O'rtacha arifmetik qiymatning o'rtacha xatoligi (kuzatuvlar soni 30 dan
ko'p bo'lganda).
• σ
• m =+ ――
• √n
• O'rtacha arifmetik qiymatning o'rtacha xatoligi (kuzatuvlar soni 30 dan
kam bo'lganda).
• σ
• m = +―――
• √n-1
• Bu yerda:
• V – varianta;
• n – kuzatuvlar soni;
• Σ – yig'indini ko'rsatuvchi belgi (epsilon);
• d – variantalarni o'rtacha arifmetik qiymatidan farqi( d =V - M)
• O'rtacha qiymatlarni hisoblashda quyidagi shartlarga rioya
qilinishi kerak:
• Tuzilgan variatsion qatordagi materiallar mazmuni bir xil
bo'lishi kerak (yoshi, jins, kasbi, tashxis, va hokazo).
• Kuzatuvlar soni yetarli bo'lishi shart.
• Variatsion qator tarqoq bo'lmasligi kerak:
• a) variatsion qatorning tarqoq emasligini va o'rtacha
qiymatning tipik ekanligini o'rtacha kvadratik og'ish (σ)
orqali aniqlanadi. Agar M+1σ da kamida – 68, 3 %, M+2σ da
– 95, 5 %, M+3σ da 99, 9 % kuzatuvlar soni joylangan bo'lsa,
variatsion qator zich, kuzatilayotgan majmua esa simmetrik,
o'rtacha arifmetik qiymat tipik hisoblanadi.
• b) Sanitariya statistikasida jismoniy rivojlanishni
baholash uchun o'rtacha kvadratik og'ishdan
foydalaniladi:
• M+1σ – oralig'idagi kattaliklarni o'rtacha qiymatlr;
• M+1σ dan, +2σ gacha – o'rtadan yuqori
qiymatlar;
• M+2σ dan, +3σ gacha – yuqori qiymatlar;
• M- 2σ dan, -1σ gacha – o'rtadan past qiymatlar;
• M- 3σ dan, -2σ gacha – past qiymatlar deb
hisoblanadi.
v) o'rtacha kvadratik og'ish yordamida o'rtacha
arifmetik qiymatning o'rtacha xatoligi (m)
aniqlanadi.
σ σ
m =+ ―― ; n ≤ 30 bulsa m =+ ――
√n √n-1
• 2. Vazn usuli. Bu usul har – bir varianta bir necha bor
takrorlanib kelganda, kuzatuvlar soni bir necha ko'p
bo'lganda (30 dan ko'p) qo'llaniladi. O'rtacha arifmetik
qiymatlarni vazn usulida hisoblash uchun variatsion
qator tuziladi va har bir variantani (V), uning
takrorlanish soniga (R) ko'paytirib, ularning yig'indisi
ΣVR ni topiladi. So'ngra olingan yig'indini kuzatuvlar
soniga bo'lib (n), o'rtacha arifmetik qiymat topiladi:
• ΣVR
• M = ――
• n
• vazn usulida o'rtacha kvadratik og'ish (σ) bir necha
bosqichlarda hisoblab topiladi:
• O'rtacha arifmetik qiymat topiladi (M)
• Har bir variantning o'rtacha arifmetik qiymatdan farqi
(d=V-M) topiladi.
• Har bir olingan farqni kvadratga ko'tariladi (d
2
).
• Farqlarni kvadratini tegishli chastotaga, ya'ni
takrorlanishlar soniga (d
2
P) ko'paytiriladi.
• Yuqoridagi ko'paytmalarning yig'indisi topiladi (Σd
2
)
• Formula asosida o'rtacha kvadratik og'ish hisoblab
topiladi.
• 3. Lahza usuli. O'rtacha arifmetik qiymatni lahza
usulida hisoblash variatsion qatordagi har - bir varianta
bir - necha bor takrorlanib kelganda, kuzatuvlar soni
ko'p bo'lganda, hamda matematik hisoblashlarni
soddlashtirish uchun qo'llaniladi. O'rtacha arifmetik
qiymatni lahza usulida hisoblash formulasi:
• Σ d
P
• M = M
1
+ ―――
• n
• M – izlanayotgan o'rtacha arifmetik qiymat;
• M
1
- shartli qabul qilingan o'rtacha qiymat.
• O'rtacha arifmetik qiymatni lahza usulida hisoblash bir necha bosqichdan
iborat:
• Variatsion qator tuziladi.
• Shartli o'rtacha qiymat (M
1
) qabul qilinadi.
• Shartli o'rtacha qiymatdan variantalar farqi (d=V–M
1
) topiladi.
• Har bir variant bo'yicha olingan farq, variantalarning takrorlanish soniga
ko'paytiriladi (d x P).
• Olingan ko'paytmalarning (Σ dP) yig'indisi topiladi.
• Olingan yig'indini kuzatuvlar soniga bo'linadi va shu yo'l bilan shartli
o'rtacha arifmetik qiymatdan, variantalarning o'rtacha farqi topiladi –
lahzaning birinchi darajasi (ΣdR/ n).
• 7) Shartli o'rtacha arifmetik qiymatga lahzaning birinchi darajasini qo'shish
yo'li bilan izlanilayotgan haqiqiy o'rtacha arifmetik qiymat topiladi
(o'rtacha farq musbat sonni tashkil etsa, bu farq shartli o'rtacha arifmetik
qiymatga qo'shiladi, manfiy sonni tashkil etsa ayriladi).
• Σ d
P
• M = M
1
+ ―――
• n
•
•
•
• ΣdІ
• σ = + √――
• n
•
• σ
• m =+ ――
• √n
E'TIBORINGIZ UChUN RAXMAT !
Do'stlaringiz bilan baham: |