Fan: Jamoat salomatligi va sog'liqni
saqlashni boshqarish
MAVZU: DAVLAT SANITARIYa
EPIDYeMIOLOGIYa NAZORATI
MARKAZLARI IShINI TAShKIL QILISh
Davlat Sanitariya-epidemiologiya nazorati
markazlari
Respublika davlat sanitariya-epidemiologiya
nazorati markazi (tuman, shahar, viloyat,
Qoraqalpog'iston Respublikasi) hududiy davlat
sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari
faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchi
boshqaruv organi hisoblanib, Uzbekiston
Respublikasi Sog'liqni saqlash vaziriga bo'ysunadi,
sanitariya-epidemiologiya nazorati masalalari
bo'yicha Vazir muovini - O'zbekiston Respublikasi
Bosh Davlat sanitariya vrachiga hamda Vazirlik
qoshidagi Bosh boshqarmasiga bo'ysunadi.
Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati
markazlari O'zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi, «Davlat sanitariya nazorati
to'g'risida»gi qonunga «Fuqarolar sog'lig'ini
saqlash to'g'risida»gi qonunga, hamda O'zbekiston
Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining 2-
dekabr 1999 yil 710-sonli buyrug'i bilan
tasdiqlangan «Nizom»ga muvofiq faoliyat
yurituvchi tibbiy profilaktik muassasa hisoblanib,
sanitariyaga doir va epidemiyaga qarshi kurash
chora tadbirlarining kompleks uyushtirilishini va
o'tkazilishini ta'minlaydi, hamda davlat sanitariya
nazoratini amalga oshiradi.
O'zbekiston Respublikasida Davlat sanitariya-
epidemiologiya xizmati muassasalari
O'zbekiston Respublikasi xududida joylashgan
qaysi idoraga bo'ysunishidan, mulkchilikning
shakllaridan qat'iy nazar, barcha davlat
idoralari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar,
birlashmalar sanitariya normalari, qoidalari va
gigiyenik normativlariga rioya etishlari ustidan
davlat sanitariya nazoratini amalga oshiradi.
Tumanlar va shaharlardagi aholi yashash
joylarining sanitariya-epidemiologiya vaziyati
uchun kommunal va sanitariya xizmatlari
rahbarlari bilan birgalikda shaxsan hokimlar javob
beradilar.
Boshqa tashkilotlarning, DSENM organlarining
davlat sanitariya nazorati to'g'risidagi O'zbekiston
Respublikasi qonuniga muvofiq xududlarni
sanitariya muhofazasi va kasalliklarning oldini
olishga doir amalga oshirayotgan faoliyatiga
to'sqinlik qilish maqsadida ularning ishiga
aralashish va har qanday ta'sir ko'rsatishga urinish
qat'iyan ta'qiqlanadi va O'zbekiston Respublikasi
qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
O'zRSSVi DSENM ning turlari, kategoriyalari, tarkibiy qismlari va
ularda ishlaydigan mutaxassislar sonini belgilaydi. DSENM o'zlari
faoliyat ko'rsatayotgan hududlarning aholisi soniga qarab ma'lum
kategoriyaga bo'linadi.
O'zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi,
viloyatlar va Toshkent shahar DSENM o'z xududidagi aholi
soniga qarab kuyidagi kategoriyalarga bo'linadilar:
1-
kategoriya 2 milliondan ortiq aholiga;
2-
kategoriya 1 milliondan 2 milliongacha bo'lgan aholiga;
3-
kategoriya 500 000 dan 1 milliongacha bo'lgan aholiga;
4
- kategoriya 500 000 gacha bo'lgan aholiga tashkil etiladi.
Tuman DSENM ga ega bo'lgan shaharlardagi shahar DSENMlari
quyidagi kategoriyalarga ega:
1- -
kategoriya 600 mingdan 800 minggacha bo'lgan aholiga;
2- -
kategoriya 400 mingdan 800 minggacha bo'lgan aholiga;
3- -
kategoriya 400 minggacha bo'lgan aholiga tashkil qilinadi.
Shahar DSENMlari quyidagi kategoriyalarga bo'linadi.
1-
kategoriya 300 mingdan ortiq bo'lgan;
2-
kategoriya 200 mingdan 300 minggacha bo'lgan aholiga;
3
- kategoriya 100 mingdan 200 minggacha bo'lgan aholiga tashkil
qilinadi.
Qishloq tumanlarining DSENMlari o'zlari xizmat ko'rsatayotgan aholi
soniga qarab quyidagi kategoriyalarga bo'linadi:
1
- kategoriya 60 mingdan ortik bo'lgan aholiga;
2-
kategoriya 30 mingdan 60 minggacha bo'lgan aholiga;
3-
kategoriya 30 minggacha bo'lgan aholiga tashkil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |