Kafedra: Ekologiya va Geografiya


Asosiy qism Urbanizatsiya haqida tushuncha



Download 185,15 Kb.
bet2/6
Sana25.04.2023
Hajmi185,15 Kb.
#931532
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Urbanizatsiya jarayoni va uning ekologik oqibatlari

Asosiy qism

Urbanizatsiya haqida tushuncha


Urbanizatsiya (frans. urbanisation, ing. urbanization, lot. urbanus — shaharga mansub, urbs — shahar) — jamiyat hayotida shaharlar rolining ortib borishi; ishlab chiqaruvchi kuchlarning joylashuvi, aholining ijtimoiy, demografik tarkibi, turmush tarzi va madaniyatidagi oʻzgarishlar bilan bogʻliq. Urbanizatsiya jarayonining rivojlanishi shaharlarning oʻsishi va shahar axrlisining shakllanishi, shahar aholisining tabiiy oʻsishi, shahar atrofi hududlarining maʼmuriy jihatdan shaharga qoʻshilib borishi, qishloq aholi manzilgohlarining shahar maqomini olishi bilan bogʻliqdir. Shaharlarning oʻsishida shahar atrofi zonalarida shahar turmush tarzining shakllanib borishi, yaʼni U. jarayonining kuchayishi ham ahamiyatlidir. Katta shahar atrofida kichik shaharlar paydo boʻlib, katta shaharlarga qoʻshilib boradi va shaharlar aglomeratsiyassh hosil boʻladi. Rivojlangan mamlakatlarda aglomeratsiya jarayoni avj olgan, alohida aglomeratsiyalarning qoʻshilib ketishi natijasida megapolislar vujudga kelmoqda.
Urbanizatsiyaning asosiy koʻrsatkichi shaharliklar sonining oʻsishi va jami aholi tarkibida shahar aholisi salmogʻining ortib borishidir. 20-asrning oxiri va 21-asr boshlarida dunyoda shahar turmush tarzining qishloq joylariga tarqalishi, yaʼin Urbanizatsiya jarayoni kuzatilmoqda. Bu esa shahar aholisi salmogʻining ortib borishiga olib kelmokda. 1950-yil dunyo aholisining 28,9% shaharlarda yashagan. 1960-yil bu koʻrsatkich 33,9% ni, 1970-yil 37,4%, 1980-yil 41,1%, 1990-yil 45,8% va 2000-yil 51,2% ni tashkil etdi. Shahar aholisining salmogʻi rivojlangan mamlakatlarda ancha yuqori (2000-yilda AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Shvetsiyada 75% va Germaniyada 94%, Rossiyada 73% boʻlgan). Osiyo va Afrikadagi rivojlanayotgan mamlakatlarda Urbanizatsiya jarayoni dunyoning oʻrtacha koʻrsatkichidan ancha past. 2000-yilda shahar aholisining salmogʻi Afgʻoniston va Efiopiyada 11 — 14% ni, Miyer va Turkiyada 45% ni tashkil etdi. Dunyo aholisining soni XVII asr o‘rtalariga kelibgina 0,5 mlrd.ga yetgan, XIX asr o‘rtalarida qariyb 200 yildan so‘ng 1 mlrd.ni tashkil etdi(l-jadval). Umuman, Dunyo aholisi soni 1mlrd. bo‘lishiga 1000000 yil lozim bo‘lgan bo‘lsa, 2 mlrd. uchun 80 yil, 3 mlrd.ga 30 yil, 4 mlrd.ga 15 yil, 5 va 6 mlrd. bo‘lishiga 12-13 yil kifoya qildi.Hozirgi davrning xususiyatlaridan biri urbanizatsiya jarayonining jadallashuvi hisoblanadi. Dunyo bo‘yicha urbanizatsiya darajasi turlicha, masalan, Yevropada -73foiz, Shimoliy Amerikada 75 foiz, Rossiyada 74 foiz. Umuman dunyo bo‘yicha urbanizatsiya darajasi o‘rtacha 55 foiz tashkil etadi. Shahar o‘ziga xos dunyo, u maxsus shahar muhitini hosil qiladi. Shahar muhiti va uning tarixiy rivojlanishi asosiy tarkibiy qismlari va ularga ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganuvchi yangi bilim sohasi urbanizatsiya yoki shahar ekologiyasi deyiladi.
Jahonda XX asr boshida aholisining soni 100 mingdan ortiq 150 ta shahar mavjud bo'lib, ularga aholining atigi 5 foizi to'g'ri kelgan. Bunday shaharlarning miqdori 90- yillaming boshida 2,5 mingni tashkil etdi, 2012-yilda esa 4,0 mingdan o'tib ketdi. Ularga tegishli tarzda jami aholining 1/3 va 2/5 qismi to'g'ri keldi. Katta shaharlar ichida aholisining soni 1 mln. dan ortiq bo'lgan yirik va juda yirik shaharlarni alohida ajratish qabul qilingan. XX asr boshida bunday shaharlar soni 10 ta bo'lsa, 80-yillarning boshida 200 dan 2012-yilda esa 450 dan oshib ketdi. Mazkur shaharlar ichida «super shahar»lar (aholisining soni 5 mln. kishidan ortiq) miqdori 90-yillarda 30 tani, 2012-yilda esa 55 tani tashkil etdi. Hozirgi vaqtda ushbu shaharlarda salkam 0,6 mlrd. kishi yoki Yer shari aholisining 10 foizidan ortiq qismi istiqomat qilmoqda.
Urbanizatsiyaning avj olishi, ayniqsa, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida kuzatilmoqda. Urbanizatsiya tufayli yirik shaharlar soni ortib bormoqda. 1900 yilda aholisi soni 100 mingdan ortiq shaharlar 300 taga yaqin bo‘lgan, 1950 yilda -950, 1980 yilda - 2370 taga yetdi. Hozirda dunyo aholisining % qismi yirik shaharlarda yashamoqda. —Millioner shaharlar” soni ushbu yillarda 10 tadan 250 taga ortdi. Dunyo aholisining 15 foizga yaqin qismi —millioner shaharlar” da mujassamlashgan. Urbanizatsiyaning jadal rivojlanishi Yer yuzasida ekologik vaziyatning murakkablashishiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Urbanizatsiya tufayli shaharlarda grunt, relyef, tuproq, yer osti suvlari, atmosfera havosi, o‘simlik qoplami, hayvonot dunyosi, hatto iqlim ham o‘zgaradi.
Jahonda XX asr boshida aholisining soni 100 mingdan ortiq 150 ta shahar mavjud bo‘lib, ularga aholining atigi 5 foizi to‘g‘ri kelgan. Bunday shaharlarning miqdori 90- yillaming boshida 2,5 mingni tashkil etdi, 2012-yilda esa 4,0 mingdan o‘tib ketdi. Ularga tegishli tarzda jami aholining 1/3 va 2/5 qismi to‘g‘ri keldi. Katta shaharlar ichida aholisining soni 1 mln. dan ortiq bo‘lgan yirik va juda yirik shaharlarni alohida ajratish qabul qilingan. XX asr boshida bunday shaharlar soni 10 ta bo‘lsa, 80-yillarning boshida 200 dan 2012-yilda esa 450 dan oshib ketdi. Mazkur shaharlar ichida «super shahar»lar (aholisining soni 5 mln. kishidan ortiq) miqdori 90-yillarda 30 tani, 2012-yilda esa 55 tani tashkil etdi. Hozirgi vaqtda ushbu shaharlarda salkam 0,6 mlrd. kishi yoki Er shari aholisining 10 foizidan ortiq qismi istiqomat qilmoqda. Zamonaviy urbanizatsiyaga xos uchinchi jihati shaharlar hududining keskin kengayib, yoyilib ketishi bilan bog‘langan. SHaharlar aglomeratsiyalarini o‘zagi vazifasini odatda poytaxtlar, boshqa muhim sanoat markazlari va yirik dengiz portlari bajarmoqda. Juda yirik shaharlar aglomeratsiyalari Tokio, Boston-Vashington, CHikago-Potsburg, Reyn daryosining o`rta oqimidagi shaharlar atrofida, London-Liverpul, San-Diego, San-Fransisko, Mexiko, San-Paulo, Nyu-YOrk va Kolkata (soviq Kalkutta) shaharlari atrofida shakllangan. SHularning har birida 12,5 mln. dan 55 mln. gacha aholi istiqomat qiladi. Urbanizatsiyalashgan rayonlar va zonalar, megapolislar ichida Tokaydo, Bosvash Sansan, CHpits megaloposlari alolohida o‘rin egallaydi.



Download 185,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish