Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to‘G‘risida nizomni tasdiqlash haqida


III. Bitiruvchilarni ishga taqsimlash tartibi



Download 64,39 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana30.03.2022
Hajmi64,39 Kb.
#517982
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1506-сон 06.08.2005. Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli

III. Bitiruvchilarni ishga taqsimlash tartibi
9. Oliy ta’lim muassasalarida bitiruvchilarni ishga taqsimlash ular oliy ta’lim muassasasini
bitirishidan kamida 1 oy oldin o‘tkaziladi.
10. Bitiruvchilarning taqsimoti oliy ta’lim muassasasi rektori tasdiqlagan oliy ta’lim
muassasasining taqsimot komissiyasi (keyingi o‘rinlarda matnda taqsimot komissiya deb yuritiladi)
tomonidan o‘tkaziladi. Taqsimot komissiya tarkibiga: oliy ta’lim muassasasi rektori - komissiya raisi,
fakultet dekani, kafedra mudirlari hamda manfaatdor vazirlik va idoralar, ish beruvchilar vakillari a’zo
qilib kiritiladi.
11. Oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilarni ishga taqsimlanish jarayonidan oldin bitiruvchilardan
qayerda ishlashni xohlashi to‘g‘risida so‘rov-anketalari to‘ldirib olinadi.
12. Oliy ta’lim muassasasi taqsimot komissiyasi:
a) bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasasida egallagan ta’lim yo‘nalishlari va malakasiga,
kadrlarga bo‘lgan buyurtmaga asosan hamda ularning reytingi, oilaviy sharoiti, doimiy yashash joyi
va taklif etilayotgan ish joylarida ishlash istagini hisobga olgan holda ishga taqsimlaydi;
b) har bir bitiruvchini taklif qilinayotgan ish joyi, mehnat va maishiy sharoitlar, lavozimi, ish
haqi miqdori to‘g‘risidagi va boshqa zarur ma’lumotlar bilan tanishtiradi;
v) majlis bayonnomasi va bitiruvchilar shaxsiy taqsimoti qaydnomasini yuritadi (1-ilova).
13. Yuqori reyting to‘plagan bitiruvchilar birinchilar qatorida mavjud bo‘lgan ish joylariga
o‘zlarining ixtiyori bilan joylashish huquqiga ega bo‘ladilar.
14. Oliy ta’lim muassasalarida o‘z hisobidan to‘lov-kontrakt bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilar
o‘z ixtiyori bilan taqsimot komissiyasida ishtirok etishi va uning roziligi asosida komissiya qarori bilan
taklif etilayotgan ish joylariga ishga yuborilishi mumkin.
15. Agar taqsimot komissiyasi bitiruvchini ish bilan ta’minlay olmasa, unga mustaqil ishga
joylashish imkoniyati berilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma (
2-ilova
) taqdim etadi.
16. Taqsimot komissiyasi ishini tugatgandan so‘ng bitiruvchilarni ularning salomatligi, oilaviy
sharoiti o‘zgarishi asosida qayta taqsimlash masalasi oliy ta’lim muassasalarining taqsimot
komissiyalari tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin.


17. Oliy ta’lim muassasasi taqsimot komissiyasi ishi tugagandan so‘ng bir haftadan, biroq
bitiruvchi o‘qishni tugatgan kundan so‘ng uch kundan kechiktirmay, ishga yuborilayotgan har bir
bitiruvchiga quyidagi hujjatlarni beradi:
oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomdan ko‘chirma;
ishga yuborilganlik to‘g‘risidagi yo‘llanma (
3-ilova
);
taqsimot komissiyasi qaroridan va taqsimot ro‘yxatidan ko‘chirma.
Mustaqil ishga joylashish imkoniyati berilgan bitiruvchilarga mazkur bandda nazarda tutilgan
muddatlarda mustaqil ishga joylashish imkoniyati berilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma va oliy
ma’lumot to‘g‘risidagi diplomning asl nusxasi beriladi.
Oliy ta’lim muassasasi rektori mazkur bandda ko‘rsatilgan hujjatlarni bitiruvchiga o‘z vaqtida
berilishiga shaxsan javobgardir. Bitiruvchiga belgilangan nusxadagi yo‘llanma o‘rniga boshqa
hujjatlar berilishiga ruxsat etilmaydi.
18. Bitiruvchi mazkur Nizom talablari asosida taqsimot bo‘yicha uch yil ishlab bergandan keyin
unga oliy ta’lim muassasasi tomonidan bir hafta muddatda mehnat daftarchasiga muvofiq
diplomning asl nusxasi beriladi.

Download 64,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish