8.Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatini ta’minlash Boshqaruv xarajatlari- davlat o‟z funksiyalari bilan bog‟liq ravishda yuzaga keladigan sarflarni aks ettirishi iqtisodiy munosabatlar bo‟lib, respublika va mahalliy byudjetlar doirasida amalga oshiriladi.
Boshqarish xarajatlarida O’zbekiston Respublikasi sud hokimiyati va prokuratura organlarini saqlash xarajatlari ancha salmoqqa ega bo’lib, bu xarajatlar Moliya Vazirligi boshqaruv xarajatlarini moliyalashtirish deportamentida byudjet hisobining 209-bo’limida alohida xarajat moddalari bo’yicha xarajatlar ko’rsatilgan bo’lib, shunga asosan moliyalashtiriladi. O’zbekiston Respublikasi sud hokimiyati va prokuratura, huquqni himoya qilish organlarini saqlash xarajatlari, mazkur sohadagi quyidagi tarmoq tarkibiy tuzilishlari bo’yicha amalga oshiriladi:
− O’zbekiston Respublikasi Oliy Sudi;
− O’zbekiston Respublikasi Oliy Xo’jalik Sudi;
− Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy Sudi;
− viloyat, tuman va shahar sudlari;
− davlat notarial idoralari;
− respublika prokuratura organlari.
Mazkur soha boshqaruvi organlari xarajatlari to’lig’icha respublika byudjeti tomonidan moliyalashtiriladi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi organlari, Respublika Prezidenti Apparati va O’zbekiston Respublikasi KonstitutsiyaviySudi boshqaruvi organlarini saqlash xarajatlari asosiy respublika byudjeti hisobidan amalga oshiriladi, qisman qismi mahalliy byudjetlar tomonidan moliyalashtiriladi va respublika byudjeti xarajat qismida alohida bobdaaks ettirilib boriladi.
Prokuratura organlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika ta‘minoti respublika byudjeti mablag‗lari hisobidan markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi. Davlat notarial idoralari vazifasi jismoniy hamda yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini notariuslar tomonidan qonunlarda nazarda tutilgan notarial harakatlarni amalga oshirish yo’li bilan himoya qilishni ta‘minlashdan iboratdir.Davlat notarial idoralari O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti hisobidan mablag’ bilan ta‘minlanadi.
Xususiy amaliyot bilan shug’ullanuvchi notariusning notarial harakatlarni amalga oshirganlik hamda huquqiy va texnik tusdagi xizmatlar ko’rsatganlik uchun olgan pul mablag’lari, O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid bo’lmagan boshqa moliyaviy tushumlari uning faoliyatini mablag’ bilan ta‘minlash manbai hisoblanadi.