Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi


Laboratoriya ishi. Psixogeometrik test



Download 0,91 Mb.
bet4/43
Sana18.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#561704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
Labaratoria ishlanmalari kitob

Laboratoriya ishi. Psixogeometrik test.


Maqsad: Psixogeometrik test yordamida shaxsni o’rganish, uning xususiyatlarini tahlil qilish
Kerakli jihozlar: metodika namunasi, javoblar varaqasi


Psixogeometriya – shaxsni o’rganish uning xususiyatlarini tahlil qilishning qulay usulidir. A.Alekseev va L.A.Gromovalarning fikricha bu metodika:

  1. Shaxs tipini tezkor aniqlaydi.

  2. Shaxs xususiyatlari va hatti harakatining o’ziga xosligini tushunarli, aniq izohlab beradi.

  3. Tipik holatlarda shaxsning o’zini tutishi bo’yicha hatti-harakatlar tizimi qanday bo’lishi haqida ma’lumot beradi. Psixogeometriya usul sifatida Amerikada shakllangan, uning muallifi rahbar xodimlarni ijtimoiy – psixologik tayyorlash bo’yicha mutaxassis Syuzen Dilinger hisoblanadi. Bu metodikaning aniqlik darajasi 85% gacha tashkil etadi. (Sizga havola etilgan test milliy sharoitga moslashtirilgan).

1 2 3 4 5




Ko’rsatma: Qog’ozga chizilgan 5-ta geometrik shakllarga qarang (kvadrat, uchburchak, doira, zigzak, to’rtburchak). Mazkur shakllardan birini tanlang (faraz qiling bu shakl Siz!). O’z shaklingizni his qilishga harakat qiling. Agar bunga qiynalsangiz, sizni ko’proq qiziqtirgan shaklni tanlang va uning nomini birinchi yozing. Endi qolgan shakllarni yoqtirganingiz darajasiga asosan tartib bilan yozib chiqing.
Demak, ishning eng qiyin qismi tugadi. Sizning sub’ektiv tanlagan asosiy shaklingiz xarakter xususiyatlaringiz va hatti harakatlaringiz mohiyatini aniqlash imkonini beradi. Boshqa shakllar esa doimiy sifatlaringiz to’g’risidagi ma’lumotlarni to’ldiradi. Oxirgi shakl o’zaro munosabatlar siz uchun og’ir kechadigan kishilar tipiga tegishli. Birorta ham shakl sizga yoqmasligi, yoki to’g’ri kelmasligi ham mumkin. Shunda sizning shaxs xususiyatlaringizni ikki, hatto uchta shakl guruhlari asosida izohlashga to’g’ri keladi.

Kvadrat


Kvadratlar eng avvalo o’zlarining mehnatsevarligi, sabr, toqat bilan boshlagan ishni oxiriga yetkazish xususiyatlari bilan ajralib turadilar. Sabr-bardoshlilik, chidam kvadratni o’z sohasining usta mutaxassisi bo’lib yetishishiga olib keladi. Yangi informatsiyaga (axborotga) bo’lgan extiyojning yuqoriligi ham bunga yordam beradi. Kvadratlar har xil ma’lumotlarni to’plab yuradilar, ularni tartibga solib, sistemalashtiradilar, shuning uchun ular zarur informatsiyani darhol topib berishlari mumkin.
Darhaqiqat kvadratlar o’z sohasiga tegishli ma’lumotlar manbai hisoblanadilar. Ularning yana bir kuchli tomonlari, fikriy tahlil hisoblanadi. Agar siz o’zingiz uchun kvadratni tanlagan bo’lsangiz, sizda chap yarim sharlar faolroq hisoblanadi, ya’ni sizda informatsiyani ketma-ket tartib bilan qayta ishlash izchil a-b-v-g va h.k. tarzda kechadi.
Kvadratlar natijani taxminan emas, aniq hisoblaydilar. Ular hodisa va voqealarga juda e’tiborli. Tartib, intizomni xush ko’radilar. Kvadratlar rejali, aniq maqsadli hayotni yoqtiradilar, voqealarning odatiy kechishidagi o’zgarishlarni yoqtirmaydilar. Ular doimo odamlar va atrofidagi narsalarni tashkillashtiradilar (tartibga soladilar). Bu xususiyatlar kvadratlarni yaxshi ish yurituvchi, ijrochi bo’lishlarini ta’minlaydi. Lekin afsuski ulardan yaxshi ish beruvchi, menedjer chiqishi qiyinroq. O’ta mayda-chuydalarga e’tibor, aniqlik kiritish uchun qo’shimcha ma’lumotlar asosida qaror qabul qilish, ularning tezkorligini susaytiradi. O’ta tartiblilik, qonun-qoidaga aniq rioya qilish ularda o’ta kuchlidir. Qaror qabul qilishda ayniqsa, tavakkal ish tuta olmaydilar.
Kvadratlardagi sovuqqonlik, hissiyotga berilmaslik, aniqlilik har xil odamlar bilan aloqada bo’lishini qiyinlashtiradi.



Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish