SHaxs tarbiyasiga ta’sir etuvchi omillar. Fanda odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta’siri o’rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko’pdan buyon davom etmoqda.
Insonning shaxs sifatida rivojlanishiga ijtimoiy voqealar, tabiiy omillar yoki tarbiya ta’sir etadimi? Bu uch omilning o’zaro munosabati qanday?
Fanda biologik yo’nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi o’rinlardan birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori qo’yadi. Ular tug’ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o’rnini belgilab bergan, deydilar.
XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi.
Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim – bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo’lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o’tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta’limot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir.
Progmatizm oqimi va uning vakillari D.D’yul, A.Kombe ham shaxs rivojlanishini biologik nuqtai nazarda asoslaydilar. Ular rivojlanishni fahat miqdoriy o’zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar.
Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga bog’laydilar.
Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishi ijtimoiy omil omil bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog’liq deb ko’rsatadilar.
Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir tushuniladi. SHu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o’zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi.
Ular ijtiomiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo’lib kamolga yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta’sirini aniqlashda ilg’or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta’limotiga suyaniladi.
Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning munosabatlariga bog’liq, deb hisoblaydilar.
Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga yetadi. Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o’z navbatida inson faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma’lum ijtimoiy tuzum mahsulidir. Jamiyat shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishi yoki yo’q qilishi mumkin.
Didaktika - ta'lim nazariyasi
R ej a :
1. Didaktika – ta’lim nazariyasi sifatida.
2. Didaktikaning paydo bo‘ishi va rivojlanishi.
3. Hozirgi davrda boshlang‘ich ta’limning dolzarb muammolari.
KIRISH
Milliy istiqlol, xususan, uning samarasi bo`lmish "Ta’lim to`g`risidagi qonun", "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" hamda "2004-2009-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi" maktab ta’limi oldiga demokratik jamiyatimizga mos yangi maqsad va vazifalarni qo`ydi. Prezidentimizning: "Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o`rganmasa, berilgan ta’lim past bo`liShi muqarrar", - degan ta’kidlari maktab ta’limi va didaktlar oldiga qo`ygan ijtimoiy buyurtma va jamiyat taraqqiyoti uchun zaruriy ehtiyojdir. Bu esa o`z navbatida ta’lim maqsadini to`g`ri belgilash, shu maqsadga muvofiq moddiy zamin, mazmun va vositalar tanlab, ularni o`zaro muvofiqlashtirish asosidagina amalga oshirilishi mumkin. Bunda bosh masala biriinchi navbatda ta’lim-tarbiya qanday shaxsni yetishtirib berishi haqidagi ijtimoiy talabdir. Prezidentimiznining yuqorida keltirilgan fikrlaridan anglashilib turibdiki, hozirgi davr kishilari erkin, mustaqil fikrlaydigan bo`lishi lozim. Shuning uchun milliy istiqlolning ilk qadamlaridanoq ta’lim islohotlariga jiddiy kirishildi. Ta’lim maqsadining sovet davrida hukmron bo`lgan bilimdon ijrochi shaxsni tayyorlashdan mustaqil fikrli tadbirkor shaxsni yetishtirish yo`nalishida tubdan yangilanishi umumiy o`rta ta’limda barcha o`quv predmetlari maznuni va ta’lim usullarining yangilanishini talab qildi, zeroki maqsad hamisha usul va mazmunni belgilab kelgan.
Prezidentimizning " Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q" yo`q degan shiorlari mulliy istiqlol sharofati bilan kun tartibiga qo`yiilgan bu maqsadning ildizlarini, asoslarini atroflicha o`tganishni, uni bo`lajak o`qituvchilar, til ta’limi va tadqiqi mutaxassislari orasida keng ommalashtirishni talab qiladi. Mana shuning uchun D.Yo`ldoshevaning ushbu o`quv qo`llanmasi oliygoh talabalari va o`qituvchilar uchun juda foydalidir.
Bu o`rinda shuni alohida ta`kidlash joizki, sovet davri didaktikasida ta’lim maqsadining ilmiy muhokamasi rasm emas edi, chunki ta’lim maqsadi davlat buyurtmasi - davlatning ta’lim oldida qo`ygan bosh vazifasi sanalib, o`sha davrlarda uni muhokama qilinishi, xususan, milliy respublikalarda mutlaqo mumkin emas edi. Shuning uchun mustaqillik havosida yayrab nafas olayotgan va dunyo iqtisodiy, ilmiy-madaniy hamjamiyatiga o`zining mustaqil taraqqiyot yo`li asosida shahdam qadamlar bilan kirib borayotgan o`lkamizdagi har bir masala tog`risida, Prezidentimizning "Yuksak ma`naviyat - yengilmas kuch"asarlarida bayon etgan quyidagi fikrlari ta’lim maqsadiga ham to`la-to`kis aloqadordir: "Agar biz… bu o`ta muhim ishni o`z holiga, o`zibo`larchilikka tashlab qo`yadigan bo`lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo`g`rilgan va ulardan oziqlanadigan ma`naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o`zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo`lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin.
El-yurtimiz ko`p asrlik tarixi davomida bunday mash’um xotiralarni necha bor ko`rgan, ularning jabrini tortgan. Shunday asoratlar tufayli tilimiz, dinimiz va ma`naviyatimiz bir paytlar qanday xavf ostida qolganini barchamiz yaxshi bilamiz. Ana shu fojeali o`tmish, bosib o`tgan mashaqqatli yo`limiz barchamizga saboq bo`lishi, bugungi voqelikni teran tahlil qilib, mavjud tahdidlarga nisbatan doimo ogoh bo`lib yashashga da’vat etishi lozim. O`z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagu yo`q. Bu haqiqat kishilik tarixida ko`p bora o`z isbotini topgan".1
D.Yo`ldosheva Prezidentimizning mana shu fikrlarini metodologik asos qilib, “ta’lim maqsadini muhokamasiz, so`zsiz qabul qilish” - sovet an’anasini buzadi, ta’lim maqsadining tadrijiy taraqqiyot yo`liga nazar soladi, bugun jamiyatimiz oldida ijtimoiy buyurtma - davlat buyurtmasi sifatida qo`yilgan maqsadning:
- o`zbek tilida ta’limning qariyb o`n besh asrlik tarixiy taraqqiyoti bilan uzviy bog`liqligini,
-Prezidentimiz juda to`gri ta`kidlaganlaridek," fojeali o`tmish, bosib o`tgan mashaqqatli yo`l"ga ega ekanligini,
-bu silsilaning hozirgi kundagi holati uning zamonaviy oliy cho`qqisi bo`lib,
-oldinda, istiqbolda rivojlanish, davr bilan uyg`unlashishning deyarli cheksiz imkoniyatlariga ega ekanligini
Do'stlaringiz bilan baham: |