Asalari zahari: qadimdan xalq tabobatida davolash maq- sadida qo'llanib kelingan. Hozirgi kunda undan tibbiyotda radikulit, bod, bironxial astma, qon tomirlarini kengaytirish va modda almashishini yaxshilash kabi kasalliklarni davolashda qo'llanilmoqda, hamda apikazon, apizatron, virapin va hokazo dori-darmonlar ishlab chiqilmoqda. Zahar olishning ko'pgina usullari bo'lib, eng samarali usul bu - elektr usulidir.
Propolis: propolis tarkibida 18 dan ortiq mikro va makro elementlar hamda fermentlar mavjud. Propolis yelimsimon modda bo'lib, uyadagi arilar kiradigan teshikchalarni kich- raytirishda va ortiqcha teshikchalarni suvab berkitishda ishlati- ladi. Propolis to'qimalarning regeniratsiya jarayonini tez- lashtirishda, kuygandan keyingi chandiqlarni kichraytirishda, og'riqni qoldirishda, yog'larni konservatsiya qilishda, endokrin bezlar faoliyatini tiklashda, zamburug'lar, bakteriyalar va viruslarni o'ldirishda, terini ultrabinafsha nurlaridan himoya qilishda va hokazolarda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |