Kabel liniya va simlarni montaji Reja


YUqori texnologik muftalar montaji



Download 0,55 Mb.
bet3/4
Sana07.04.2022
Hajmi0,55 Mb.
#534136
1   2   3   4
Bog'liq
mustaqil 5

. YUqori texnologik muftalar montaji
Termik kirishishli kabel muftalar. Kabel uchlarini trassada davomli yotqizilayotgan kabel uchlarini o‘zaro, qurilma va uskunalarga ulash maqsadida termik kirishishli muftalar yordamida kabel uchlarini ajratib bajariladi. Kabellarning alohida bo‘laklarini bir-biriga ulash, kabellarni ulash muftalari yordamida amalga oshiriladi. So‘ngi muftalar KL boshlanishi va oxirida o‘rnatiladi. 1 km. ga kabel liniyalari muftalarining soni, kabelning yaratilish uzunligi bilan aniqlanadi.
Qizitib kirishish usulda muftalar montaji. Muftalarni montaj qilishdan oldin kabel uchlari ajratiladi. Kabelni ajratish operatsiyasi qatlamlarni bir muncha siljitib kabelning barcha tashqi himoya qobiqdan faza tok o‘tkazish tolalari izolyasiyasigacha ketma-ket chiqarib tashlanishidan iborat (2.9 va 2.10-rasm). Ajratish o‘lchamlari kabel kuchlanishi, navi, tola kesimlariga bog‘liq va ma’lumotnomalarda va montaj qo‘llanmalarida keltiriladi.



2.9-rasm. Qog‘oz izolyasiyali uch tolali himoya qobig‘idan ajratilgan kabelning umumiy ko‘rinishi: 1-tok o‘tkazgichli tolalar; 2-faza izolyasiyasi; 3-umumiy (belbog‘li) izolyasiya; 4-zich pustlak; 5-zirh (bronya) osti; 6-po‘lat tasmadan zirh; 7-tashqi himoya qoplama; 8-simli kamar; 9-iplardan kamar.



2.10-rasm. Bir tolali himoya qobig‘idan ajratilgan SPEkabelning umumiy ko‘rinishi: 1- tok o‘tkazuvchi tola; 2-yarim o‘tkazgichli plastmassali ekran; 3-SPE izolyasiyali; 4-yarim o‘tkazgichli plastmassali ekran; 5-suvda bo‘kadigan qatlam; 6-misli simlardan ekran; 7-tashqi himoya plastmassa qobiq; 8-simli belbog‘.

Termikkirishishli muftalar afzalliklari. Kabellarni barcha xildagi joylashtirishlarida qo‘llanilishi mumkin, (ishlatilish muddati 30 yildan kam emas) ishlatilishida ishonchli, montajning oddiyligi (~6 - 10kV kuchlanishli kabellarni ulash uchun  2s va so‘ngi muftalar uchun  1s) bilan tavsiflanadi.Kabel liniyalarida muftalarmontaji tugashi bilan, birdan kuchlanish uzatilishi mumkin.
Keng ko‘lamli termik kirishishli muftalar bir nav o‘lchamli muftalar xar xil navli va tola kesimlilari har xil bo‘lgan kabellar uchun qo‘llash imkonini beradi, bu esa omborda bir qancha navdagi zahira muftalarni saqlanish sonini sezilarli darajada kamaytiradi. Misol, faqat ikki navo‘lchamli bo‘tun keng ko‘lamli kabellar tolasi kesimini qoplay oladi. 6-10 kV kuchlanishli taqsimot tarmoqlarida qo‘llanilayotgan, (bir navo‘lchamlisi 70-120 mm2 kesimlilar uchun qo‘llanilishi mumkin, ikkinchisi-150-240mm2 kesimlilar uchun).
Termik kirishishli muftalar armato‘rasi amaliy jihatdan eskirishga moyilligi yo‘q va chegarasiz o‘zoq muddat saqlanishi mumkin.
Termik kirishishli texnologik tayyorlanish prinsipi plastik xotira shaklli ko‘ndalang tikilganpolimerlar asosida tayorlanadi.
Termik kirishishli muftalar to‘plamiga quyidagi elementlar (naychalar, englar (manjetы), qopqoqlar, shlanglar va boshkalar) kiradi, cho‘zilgan holatga keltirilgan, bu esa ularni ajratilgan kabel uchlariga (elementlarga) oson o‘rnatish imkonini beradi. Propan-bo‘tanli yondirgichda yoki qurilish fenida qizdirilganida bu detallarni va kabel elementlarini zich qoplaydi va ularning tashqi yuzalarini siqib kirishishadi va bu bilan berk zichlanish va mexanik mustahkam konstruksiyaga erishiladi. Kirishishi harorati 120-150°S tashkilqiladi va bu kabel izolyasiyasiga havf tug‘dirmaydi.
Muftaning ichki elementlari yuzalariga so‘rinlgan maxsus elimlar va mastikali zichlagichlar ishonchli berk zichlanishini ta’minlaydi. Termik kirishishli elementlarni qizdirish bilan bir vaqtda erish yuzaga keladi va barcha bo‘shliqlarni zichlagich materiallar oqib to‘ldirilishi sodir bo‘ladi.
Zichlagichli materiallar maxsus (ZnO) qo‘shilma yarim o‘tkazgichli xususiyatga ega va, shunday qilib elektr maydon muvozanatni to‘g‘rilaydi. SHu sababli yuqori kuchlanishli mintaqa elektr maydonnida (tolalar ulanish kontaktlarida, ekran qirqilgan joylarida) razryadlar sodir bo‘lish imkoni yo‘q.
2.11-rasmda bir tolali kabel termik kirishishli so‘ngi uch muftalar montajining asosiy operatsiyalari keltirilgan.
Uch fazali so‘ngi termik kirishishli muftalar montaji bir tolali kabellar muftalar montajidan farqqilmaydi. Uch tolali kabellar muftalaridatermik kirishishli qo‘lqoplar, ajratilgan uchchala faza kabel tolalariga kiritilib qo‘llaniladi.



2.11-rasm. So‘ngi termik kirishishli muftalar o‘rnatilishi: a) - taqali ajratilgan (s nakonichnikom) kabel; b) - elektr maydonnini to‘g‘rilovchini, rostlagich naychalarni kirishishi; v) - tola englarini kirishishi; g) - shlang kirishishini va erga zaminlagich o‘tkazgichni o‘rnatish; d) - so‘ngi englar kirishishi; e) - belbog‘ englari kirishishi.

2.12-rasmda uch tolali kabelning termik kirishishli so‘ngi muftasi keltirilgan;
2.13-rasmda uch tolali kabellarni ulash uchun termik kirishishli mufta ko‘rsatilgan.
2.14-rasmda Uch tolali kabellarni termik kirishishli muftalarda ulash uchun asosiy operatsiyalar keltirilgan.





2.12-rasm. So‘ngi termik kirishishli mufta: 1 - taqa; 2 - so‘ngi eng; 3 - barmoq eng va tola naychasi; 4 - qo‘lqop; 5 - elektr maydonnini tekislash uchun rostlagich tasma; 6 - belbog‘ engi; 7 - erga zaminlagich o‘tkazgichi.



2.13-rasm. Termik kirishishli ulash mufta: 1 - himoya qobig‘i; 2 - tolalar boltli kontakt zulanishi; 3 - ulanish kontaktlarini izolyasiyalovchi eng; 4 - qo‘lqop; 5 - faza naychasi; 6 - muftalar tanasini zichlash uchun eng; 7 - erga ulanish zanjir o‘zliksizligini ta’minlovchi, o‘tkazgich.



2.14-rasm. Termik kirishishli ulash muftalarmontaji: a) - tolalar naychalaaring kirishtirish; b) - rostlagich tasmasini o‘ralishi; v) - qo‘lqoplar kirishtirish; g) -tolalarni boltli zaminlagichlarda biriktirib va ularni plastinali rostlagichlar bilan o‘rab biriktirish; d) - qoplama engini kirishtirish; s) - izolyasiyalovchi englarni kirishtirish; j) - shlangni kirishtirish; z) - erga zaminlagich o‘tkazgichni mahkamlash va ekranli tasma bilan o‘rash; i) - germetik tasmalarnio‘rash; k) – himoya qobig‘ini kirishtirish.



So‘ngi muftalar erga zaminlagich o‘tkazgichi va o‘tkazgich muftalar to‘plami bilan kiritilgan ulash muftalarida kavsharlanmagan erga zaminlagich tizimlari yordamida mahkamlanadi, va erga zaminlagich zanjiri o‘zliksizligini ta’minlaydi. Erga zaminlagich sim metallli kabelning qobig‘i ekran bilan ulanishini zichlovchi tasma bilan yopiladi, bu ulanishni emirilishidan himoya qiladi.
Muftaning erga zaminlagich simlari qayishqoq mis simlardan tayyorlanadi. Bu simlar kesimi quyidagicha bo‘lishi kerak:
- kabel tolalari kesimi 120 mm2 gacha bo‘lganida - 16 mm2;
- kabel tolalari kesimi 240 mm2 gacha bo‘lganida - 25 mm2.
Termik kirishishli muftalarni montaj qilishda qo‘rg‘oshinli muftalarni kavsharlash, muftani bitum bilan to‘ldirishlardagi ekologik zaharli operatsiyalardan xalos bo‘lish imkoniyati yaratiladi. Termik kirishishda ekologik xavfli zaxar ajralish gazlari yo‘q.
Sovo‘q kirishishli muftalar montaji. Bu muftalar termik kirishishli muftalar barcha afzalliklariga ega. Bundan tashqari, sovo‘q kirishishli muftalar montajida qizitish operatsiyasi zarurati yo‘q, bu esa termik kirishishli muftalar montajiga nisbatan, sovo‘q kirishishli mufta montaj vaqtini taxminan ikki martaga qisqartirish imkonini beradi.



Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish