K. Z. Homitov iqtisod fanlar doktori, dotsent


 Investitsiya loyihalarini kreditlash



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/127
Sana12.07.2022
Hajmi2,14 Mb.
#783761
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   127
6.2. Investitsiya loyihalarini kreditlash 
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda ayrim manbalarning o‘rni, ko‘p 
jihatdan, makroiqtisodiy muvozanat hamda o‘sish barqarorligi, mulkchilik 
shakllarining rivojlanish darajasi va o‘zaro nisbatlari, bank-moliya tizimining 
rivojlanganligi va boshqalar bilan belgilanadi. Investitsiya loyihalari bo‘yicha 
qarorlar qabul qilishda iqtisodiyot moliya sektorining rivojlanishidagi obyektiv 
shart-sharoitlarni, investitsiya qarorlarini qabul qilishga aniqlik kiritadigan va 
ta’sir ko‘rsatadigan moliyaviy vositachilik darajasini, ulardan foydalanish 
vositalari hamda mexanizmlarini hisobga olishga to‘g‘ri keladi. 
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda bank krediti ishtirokini mavhum 
tarzda, iqtisodiyotda joriy etilgan huquqiy me’yorlar va o‘tkazilayotgan 
investitsiya siyosatidan, investitsiya faolligi darajasi, moliyalashtirishda 
qo‘llaniladigan mexanizmlardan, amaldagi soliqqa tortish talablaridan, kafolatlar 
va imtiyozlar tizimi hamda bank-moliya infratuzilmasining rivojlanganlik 
darajasidan ayri holda baholab bo‘lmaydi. Iqtisodiyotning real sektoridagi 
investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbayi tarzida bank kreditining roli, 
asosan, jamg‘armalarning o‘sish sur’atlari, pul, valyuta hamda kapital 
bozorlarining holati bilan aniqlanadi va belgilanadi. Moliyaviy vositachilikda 
raqobat muhitining mavjudligi va, umuman, Markaziy bankning pul-kredit, foiz 
siyosati va bank institutlari strategiyasi aniqlovchi omillar sifatida qaraladi. 
Bu jihatdan jami investitsiya loyihalarining samaradorligini oshirishdagi 
bosh yo‘nalish moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish, qaytarilmaslik 
sharti bilan byudjet hisobidan moliyalashtirishdan, investitsiyalarni kreditlashga 
o‘tishdan iborat. Bank krediti evaziga mablag‘ ajratishda ehtimoli bo‘lgan jami 
risklar bir qadar to‘liqroq hisobga olinadi, ularni kamaytirish yo‘llari 
belgilanadi, kreditni qaytarish muddatlari, manbalari va ularning foizlarini 
to‘lash chora-tadbirlari ko‘riladi. 
Kreditlarni oldindan belgilangan muddatlarda qaytarilishi majburiyligi va 
kreditning to‘lovligi asosiy kapitalga safarbar etiladigan investitsiyalardan 
oqilona foydalanishga ko‘maklashadi hamda qarz vositalaridan samarali 
foydalanish, ishlab chiqarish quvvatlarini o‘z vaqtida ishga tushirish va 
o‘zlashtirish mas’uliyatini oshiradi. Iqtisodiy asoslangan holda investitsiyalarni 
kreditlashni tashkil qilish ularning samaradorligini ko‘tarishda quyidagicha 
alohida ahamiyatga egadir: 
birinchidan,
kreditning ishtiroki kapital sarflarni iqtisodiy subyektlar 


111
faoliyatining pirovard iqtisodiy natijalariga uzviy bog‘lanishini ta’minlashga 
yordam beradi va, o‘z navbatida, loyihaviy qarorlarining eng tejamkor 
variantlarini tanlashdan manfaatdorlikni ta’minlaydi; 
ikkinchidan
, qarzning asosiy miqdorini va u bo‘yicha foizlarni qaytarish 
manbayi bo‘ladigan foydaning o‘stirish imkoniyatlarini faol izlashni 
rag‘batlantiradi. Shu bilan birga loyihalarni moliyalashtirish uchun bank 
kreditlarini berish, bank, kredit, foiz va boshqa risklarni, kredit resurslarini 
qaytarmaslik risklarini ko‘paytiradi. Bu esa banklarni har tomonlama o‘ylangan 
qarorlar qabul qilishga majbur qiladi. Bank kreditining lizing krediti kabi 
muqobil shaklini qo‘llash uning ta’minlanganlik tamoyilini kafolatlaydi. 
Umuman, investitsiyalarning moliyalashtirish manbalarida qarz mablag‘lar 
rolining oshishi, asosan, chet el kreditlarining ko‘payishi hisobiga yuz beradi. 
Chet el kreditlari salmog‘ining yuqoriligi chet el kreditlari bo‘yicha davlat 
kafolatlarining mavjudligi bilan izohlanadi. Hukumat kafolatlari bilan 
olinayotgan chet el kreditlari hissasining ko‘tarilishi banklar tomonidan katta 
ehtiyotkorlik bilan valyuta kreditlarining qaytarilmaslik risklarini kun tartibiga 
qo‘yadi va hisobga olishni talab etadi. Bu esa, o‘z navbatida, investitsiya 
loyihalarining batafsil tahlilini va ekspertizasini o‘tkazishda, investitsiya 
qarorlarini qabul qilishda, xalqaro moliya institutlari va chet ellik 
investorlarning qarz mablag‘laridan foydalanishda banklarning mas’uliyatini 
g‘oyat ko‘tarishni talab qiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida banklar tomonidan xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarni uzoq muddatli kreditlashni tashkil qilish tartibi tijorat banklarining 
ichki kredit siyosati, O‘zbekiston Respublikasining “Markaziy bank to‘g‘risida”, 
"Investitsiya faoliyati to‘g‘risida"gi qonunlariga, Markaziy bankning “Tijorat 
banklarining kredit siyosatiga nisbatan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi 
nizomi va boshqa amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan va 
O‘zbekiston Respublikasi hududida banklar tomonidan xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarning uzoq muddatli kreditlash jarayonlarini tartibga soladi. 
Hozirgi kunda ko‘pgina tijorat banklari uzoq muddatli kreditlash jarayonini 
o‘zlarining ichki kredit siyosatidan kelib chiqqan holda mustaqil amalga 
oshiradilar. 
Uzoq muddatli kredit - bir yildan ortiq, biroq qoplash muddatidan ortiq 
bo‘lmagan muddatga beriladigan ssudadir. 
Uzoq muddatli kreditlar - ishlab chiqarish va ijtimoiy maqsadlar uchun 
mo‘ljallangan obyektlarni, qurilish, rekonstruktsiya qilish, texnik qayta 
jihozlashga oid xarajatlar bilan bog‘liq kapital qo‘yilmalarni moliyalash, 
texnika, texnologiyalar va uskunalarni xarid qilish, asosiy chorva, ko‘p yillik 
o‘simliklarni shakllantirish, shuningdek, boshqa investitsiya maqsadlari uchun 


112
mo‘ljallangan kreditlardir. 
Uzoq muddatli kreditlar bilan xo‘jalik yurituvchi subyektlar — yuridik 
shaxslar va xususiy tadbirkorlar, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda ro‘yxatga olingan, yuridik shaxsni hosil qilmagan dehqon xo‘jaliklari 
ta’minlanadilar. 
Kreditlanayotgan obyekt qiymatining kamida 30 % i o‘z yoki boshqa bir 
moliyalash manbalari bilan ta’minlangan qurilish obyektlarini kreditlash uchun 
tavsiya etiladi, lekin amaliyotda muhim investitsiya loyihalari uchun istisno 
tariqasida bu me’yordan past bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining qarori bo‘yicha Moliya vazirligi kafolati ostida, 
shuningdek, byudjetdan tashqari fondlarning kredit liniyalari hisobidan 
kreditlanadigan obyektlar bundan mustasno. 
Obyektlarning qurilishiga oid kreditlar xo‘jalik yurituvchi subyektda 
tugallanmagan qurilishdagi ishga tushirishning muddati kechiktirilgan va ilgari 
berilgan ssudalar bo‘yicha muddati kechiktirilgan qarzga oid, shunga o‘xshash 
kreditlanadigan obyektlar mavjud bo‘lmagan hollardagina berilishi mumkin. 
Banklar ushbu qoidalar doirasida kredit resurslari yoki qarz mablag‘laridan 
samaraliroq 
foydalanishni 
ta’minlagan 
holda 
qarz 
oluvchilar 
bilan 
munosabatlarini tartibga soladilar, shuningdek, kreditlash obyektining, kredit 
yordamida amalga oshiruvchi tadbirlarning samaradorligini aniqlash bilan 
bog‘liq barcha masalalarini mustaqil ravishda hal etadilar. 
Uzoq muddatli kreditning qaytarilishini ta’minlashning asosiy turlari 
quyidagilar hisoblanadi: 

hukumat kafolatlari; 

mol-mulk garovi; 

banklar, boshqa kredit muassasalari va sug‘urta tashkilotlarining 
kafolatlari; 

uchinchi shaxslar kafilligi; 

qonunchilikka muvofiq faoliyat yurituvchi sug‘urta kompaniyalari 
tomonidan berilgan sug‘urta polisi (guvohnomasi) bilan tasdiqlangan kreditning 
qarz oluvchi tomonidan so‘ndirilmasligi (risk) xatarining sug‘urta qilinishi. 
Kreditni rasmiylashtirish jarayoni o‘z ichiga: 
a)
kredit olishga oid buyurtmanomaning ko‘rib chiqilishi va qarz 
oluvchining huquqiy maqomini aniqlash maqsadida uning o‘rganilishini; 
b)
qarz oluvchining moliyaviy holati tahlilini va kreditga baholashni; 
d) kreditlanayotgan loyihaning kompleks ekspertizasining o‘tkazilishini; 
e) kredit shartnomasini rasmiylashtirish va tuzishni oladi. 
Bunda: 
-
(a) va (b ) bandlarida ko‘rsatilgan kredit buyurtmanomasini ko‘rib 


113
chiqish muddati, bank qarz oluvchiga kredit buyurtmanomasiga yozma xulosa 
beradigan 5 bank ish kunidan oshmasligi kerak; 
-
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kredit so‘rab taqdim etilgan hujjatlar 
to‘plami va arizalari tuman bank bo‘limlari kredit komissiyasi tomonidan 
arizalar kelib tushgan kundan boshlab 10 kundan oshmagan, viloyat kredit 
komissiyasi tomonidan 15 kundan oshmagan muddatda va Markaziy idora kredit 
qo‘mitasi tomonidan 30 kun davomida ko‘rib chiqilib, kredit berish yoki 
bermasligi to‘g‘risida yozma ravishda xulosa berishlari lozim bo‘ladi.
Kreditni rasmiylashtirish tartibi kredit olishga oid buyurtmanomani ko‘rib 
chiqishdan boshlanadi. Kredit buyurtmanomasida quyidagilar ko‘rsatiladi: 

qarz oluvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (tashkiliy-huquqiy shakl, 
muassislar faoliyatining asosiy turi va h.); 

so‘ralayotgan summa ssudaning belgilanishi va loyihaning maqsadi; 

kredit berish muddati; 

aktiv summasi bilan so‘rab olinadigan kredit summalarining o‘zaro 
muvofiqligi; 

kreditlash obyektining qoplash muddati; 

kredit va unga oid foizlarni hisoblash va so‘ndirish muddatlari; 

agar kredit qimmatliklar garovi ostida berilayotgan bo‘lsa, kreditni 
ta’minlash 
sifatida 
garovga 
qo‘yilayotgan 
qimmatliklar 
to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar; 

korxonaning qarz mablag‘lari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 

korxonaning boshqa banklarda ochilgan bank hisob raqamlari haqidagi 
ma’lumotlar, 

korxonaning boshqa korxonalarning kapitalida qatnashish haqida 
ma’lumotlar. 
Agar moliyaviy holat, kreditlanayotgan loyihaning kreditga qobilligini 
baholash va kompleks ekspertiza qilinishini o‘tkazishni baholashni tahlil 
qilinishi uchun ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan obyektlarning qurilishi, 
qayta ta’mirlanishi va texnik jihatdan qayta jihozlanish kreditlash obyekti 
hisoblansa, qarz oluvchi bankka quyidagilarni taqdim etishi shart: 
1) belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihaning texnik iqtisodiy 
asoslanmasi va loyihalash smeta hujjatlari; 
2)
qurilish qiymatining yig‘ma moliyaviy smeta hisob-kitoblari; 
3)
qurilishning belgilangan tartibda tasdiqlangan, yillar bo‘yicha bo‘lib 
yuborilgan holdagi manzillar ro‘yxati; 
4)
bajarilgan ishlar uchun hisob-kitob shakllari ko‘rsatilgan holdagi jami 
qurilish davriga bo‘lgan pudrat shartnomalari; 
5)
texnik uskunani yetkazib berishga oid shartnoma loyihasi; 


114
6)
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi nazorat ekspertizasi xulosasi va 
loyihalash hujjatlari bo‘yicha davlat ekologik ekspertizasi xulosasi; 
7)
qarz oluvchining so‘nggi 3 yilda, kreditga qobilligini aniqlab olish 
uchun (yuridik shaxslar uchun) moliyaviy hisobotlari (moliyaviy hisobotning 1-, 
2-, 2"a"-, 3-, 4-, 5-son shakllari), kreditning ta’minlanganligini tasdiqlovchi 
hujjatlar, obyekt joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi, 
yangidan boshlanayotgan qurilish bo‘yicha qurilish ishlariga mahalliy hokimiyat 
organlari ruxsat berishiga oid hujjatlar; 
8)
zarurat tug‘ilganda bank investitsiya loyihasining amalga oshirilishini 
va qarz oluvchining to‘lovga qobilligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni ham 
talab qilishi mumkin. 
Bunda qarz oluvchining kreditga qobilligi to‘g‘risidagi xulosa bankning 
tegishli bo‘linmasi tomonidan korxona moliyaviy hisobotini ko‘rib chiqish yo‘li 
orqali eng kamida so‘nggi 3 yil uchun bo‘lgan davrdagi asosiy moliyaviy 
ko‘rsatkichlar tahlil etish asosida beriladi. 
Kreditlanayotgan loyihaning kompleks ekspertizasi qarz oluvchi tomonidan 
taqdim etilgan quyidagi ma’lumotlar tahliliga asoslanadi: 

texnik ekspertiza o‘tkazishdagi, ya’ni loyihada foydalaniladigan 
uskunalar, asboblar va shu kabilar texnologiyalari va texnik tavsiflarining 
o‘rganilishi; 

marketing tadqiqotlari va axborot ta’minotining o‘tkazilishi, ya’ni ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotga bo‘lgan talab va taklifning o‘rganilishi, 
raqobatchilar va loyiha mahsulotining harakatlanish omillarining tahlil qilinishi; 

moliyaviy iqtisodiy ekspertiza o‘tkazilishi, loyihaning tadbiq etilishi, pul 
mablag‘lari oqimining loyihalashtirilishi va moliyalash chizmalarini tanlash 
bo‘yicha tavsiyalarning berilishini iqtisodiy jihatdan muvofiqliligi tahlili; 

xatarlarni baholashning o‘tkazilishi va loyihaga ta’sir etuvchi (risklar) 
xatarlarni pasaytirish omillarining ishlanmalari; 

qarz oluvchi va garov ta’minoti asosiy fondlari baholanishini, ya’ni 
binolar, inshootlar, uskunalar va boshqa obyektlar qiymatining baholanishi 
hamda tahlil qilinishining o‘tkazilishi; 

kapital xarajatlar qiymati oshishini real ko‘rsatkichlar bazasida shartnoma 
narxlarini to‘g‘ri baholash; 

tegishli kelishuvlar bilan tasdiqlangan O‘zbekistondan tashqarida uskuna 
va materiallarning sotib olinishi masalalarini ishlab chiqish holati, uskunalarni 
yetkazib beruvchilar bilan shartnomalarning mavjudligi, mablag‘larning erkin 
almashtiriladigan 
valyutada 
undirib 
olish 
borasida 
uning 
to‘lanishi 
masalalarining mavjudligi; 

uskunaning yetkazib berilishi va ularning montaj qilinishi bilan ishlarni 


115
va ishlab chiqarish jadvallaridagi bog‘liqlik; 

loyihaning o‘zini o‘zi qoplashiga ta’sir etuvchi boshqa omillarni 
o‘rganilishi. 
Jami hujjatlar paketini tahlil qilib bo‘lgach, kreditlash bo‘limi bankning 
kredit qo‘mitasiga kreditlashning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida yoki 
bo‘lmasa kredit berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorning ko‘rib chiqilishi va 
chiqarilishi uchun xulosani taqdim etadi. 
Kredit qarorlaridan so‘ng bank qarz oluvchi bilan kredit shartnomasini 
imzolaydi. 
Ko‘rib chiqilayotgan obyektlar (korxonalar)ning rahbariyati bilan kredit 
shartnomalarini tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Kredit shartnomasi bank bilan qarz oluvchi o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlarning asosi hisoblanadi, olingan kreditlar, komissiyalar ularga oid 
foizlar va penyalar bo‘yicha, agar shartnomaning o‘zida o‘zgacha hol nazarda 
tutilmagan bo‘lsa, ular imzolagan vaqtdan boshlab amal qiladi. 
Bank qarz oluvchi bilan kelishib, qoplash muddatlari va pul oqimlari 
prognozi hisobga olinadigan imtiyozli davrni belgilash huquqiga ega va u kredit 
shartnomasida ta’kidlanishi kerak. 
Investitsion loyihalarni kreditlash jarayoni juda ko‘p va turli xil xavf-
xatarlar (risklar) bilan bog‘liq bo‘lib, kreditlarni belgilangan muddatda 
qoplanmaslik muammosini keltirib chiqaradi. Shu sababli banklar o‘z 
mijozlariga kredit berishda, mijozning kreditga layoqatliligini tahlil qiladilar. 
Mijozning kreditga layoqatlilik darajasi banklar uchun juda zarur, chunki 
har bir berilgan kredit risk bilan bog‘liq. Agar bank riskni hisobga olmasa, kredit 
o‘z vaqtida qaytmasligi yoki umuman to‘lanmasligi mumkin. Shu sababli, 
banklar o‘z mijozlari moliyaviy holatini, to‘lovga qobilligini va, albatta, kreditga 
layoqatliligini tahlil qiladi. 
Kredit bahosi bank bilan qarz oluvchi o‘rtasidagi shartnoma asosida 
belgilanadi va bu kreditga oid foizlarni o‘z ichiga oladi. Taraflarning 
kelishuviga ko‘ra, kredit bahosi pul bozori va inflyatsiya holatidan kelib chiqqan 
holda ko‘payish yoki kamayish tomoniga o‘zgartirilishi mumkin. 
Tijorat banklari kreditlarining foiz stavkasini rasmiy qayta moliyalashtirish 
stavkasi bilan tartibga solinishi, depozitlarga foiz to‘lashning amaldagi tizimi 
tufayli banklarning zarar ko‘rish xavfini kuchaytiradi. 
Uzoq muddatli kreditlardan foydalanganlik uchun foizlar banklar 
tomonidan kreditlash muddatining davomiyligi, qarz oluvchilar tomonidan 
berilgan kreditning o‘z vaqtida qaytarilishi kafolatlari, kredit resurslari talab va 
taklifi hamda ular bahosi, shuningdek, shartnoma asosidagi kredit xatarining 
mavjudligi hisobga olingan holda belgilanadi 


116
Kredit shartnomasi tuzib bo‘lingandan so‘ng qarz oluvchi nomiga ssuda 
hisob varag‘i ochiladi. Ssuda hisob varag‘iga oid barcha operatsiyalar shartnoma 
shartlariga muvofiq amalga oshiriladi 
Ssuda hisob varaqlaridan qurilish-montaj ishlari yillik hajmining 15 % dan 
kam bo‘lmagan hajmlardagi pudrat tashkilotlariga qilinadigan dastlabki 
to‘lovlar, shuningdek, mazkur qurilish smetasiga kiritilgan sotib olinadigan 
uskunaning va boshqa xarajatlarning hajmi bilan birgalikdagi bajarilgan ishlar 
uchun to‘lov hujjatlari haqi to‘lanadi. 
Qarz oluvchi, agar bu narsa shartnomada kuzda tutilgan yoki kreditor 
roziligi asosida bo‘lsa, o‘zining kredit summasi va haqiqatda foydalanilgan davr 
uchun unga oid hisoblangan foizlarni muddatidan ilgari so‘ndirish huquqiga ega. 
Bunda qarz oluvchi o‘zining to‘lov topshiriqnomasi bilan kredit summasi 
va hisoblangan foizlarni to‘laydi 
Respublikamizda muddati o‘tgan ssudalarga 90 kungacha (uzoq muddatli 
kreditlar) foiz hisoblanadi, 90 kundan keyin esa foiz hisoblash to‘xtatiladi. Bir 
qator mamlakatlarda foiz hisoblanadigan davr 6 oygacha cho‘zilishi mumkin. 
Bu esa daromadning real qiymatidan uzoqlashuviga sabab bo‘ladi. Mijozning 
muddati kreditni qaytara olmasligi aniq bo‘lib qolishi bilanoq, uning moliyaviy 
faoliyatini chuqur tahlil qilish lozim. Bunda asosiy e’tibor pul oqimiga 
qaratilishi lozim Tahlil natijalariga qarab, foiz hisoblash masalasini hal qilish 
lozim. Kreditni muddati o‘tgandan keyin bir oy ichida qaytara olmagan mijozni 
uch oydan keyin qaytara olishiga ishonch kam bo‘ladi. 

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish