87
Obyekt qurilishiga shartnoma tanlov savdolari natijalari bo‘yicha
belgilangan qurilishning butun davriga yangi qurilishga, ishlab turgan
korxonalarni
kengaytirish, rekonstruktsiya qilish va texnika bilan qayta
jihozlashga tuziladi.
Shartnoma O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Xo‘jalik
yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy–huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi qonuni hamda kapital qurilish sohasidagi boshqa
normativ–huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq tuziladi.
Qurilishda pudrat shartnomasi tanlov savdolari natijalari bo‘yicha
aniqlangan shartnomaviy joriy narx bo‘yicha belgilangan tartibda tanlov
savdolari natijalari tasdiqlangandan keyin o‘n kun muddat ichida tuziladi.
Buyurtmachilar
- investorlar tomonidan investitsion loyihalarni amalga
oshirish uchun vakil etilgan yuridik va jismoniy shaxslar. Shu bilan birga, ular
investitsiya faoliyati subyektlarining tadbirkorlik faoliyatiga aralashmaydilar.
Buyurtmachilar rolida investorlarning o‘zlari ham namoyon bo‘lishlari mumkin.
Investorlar bo‘lmagan buyurtmachilar esa shartnomada belgilangan tartibda va
davrda kapital qo‘yilmalarga egalik qilish, foydalanish
va tasarruf etish
huquqiga ega bo‘ladilar.
Pudratchilar
-
yuridik va jismoniy shaxslar bo‘lib, ular buyurtmachilar
tuzgan shartnomalar asosida ishlarni bajaradilar. Pudratchilar qurilish-montaj
ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomaga (litsenziyaga) ega bo‘lishlari
kerak.
Qurilish
faoliyatini
litsenziyalash
qurilish
mahsulotlari
iste’molchilarining huquqlarini himoyalash maqsadida amalga oshiriladi.
Kapital qo‘yilma obyektlaridan foydalanuvchilar -
yuridik va jismoniy
shaxslar hamda davlat organlari, mahalliy hokimiyat, xorijiy davlatlar,
xalqaro
tashkilotlar bo‘lib, ushbu obyektlar ular uchun yaratiladi.
Investitsiya faoliyatida kapital qurilishni mablag‘ bilan ta’minlashni ochish
uchun buyurtmachi tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi bankka quyidagilarni taqdim
etadi:
1)
qurilishlarning aniq mo‘ljalli ro‘yxati (loyiha-qidiruv ishlarining aniq
ro‘yxati);
2)
qurilishning titul ro‘yxati;
3)
buyurtmachi bilan pudratchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasi;
4)
pudratchi tashkilotining qurilish tavakkalchiliklarini sug‘urtalash
yuzasidan shartnomasi nusxasi;
5)
qurilish–montaj ishlarini bajarishga “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining
ruxsati.
Qurilishlarning aniq mo‘ljalli ro‘yxati
–
obyektlar ro‘yxatini, shuningdek,
ulardan foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha ishlar va xarajatlar hajmini o‘z ichiga
88
oluvchi, har yili buyurtmachilar tomonidan ajratilgan limitlar doirasida
tuziladigan moliyaviy hujjat.
Qurilishning titul ro‘yxati
-
qurilishning butun davriga kapital qo‘yilmalar
hajmini va uni sarflash yo‘nalishlarini ko‘rsatgan, uning texnik–iqtisodiy
ko‘rsatkichlarini aks ettirgan holda har bir obyekt bo‘yicha tuziladigan
moliyaviy hujjat.
Qurilishda ish hujjatlari –
alohida binolar va inshootlarga hamda ish
turlariga ish chizmalari komplekti.
Kapital qo‘yilma –
yangi korxonalarni barpo etish, mavjud ishlab chiqarish
va noishlab chiqarish obyektlarini texnik jihatdan qayta qurollantirish bilan
bog‘liq bo‘lgan moliyaviy, iqtisodiy, moddiy va mehnat xarajatlari yig‘indisiga
aytiladi.
Kapital qo‘yilmalar iqtisodiy jihatdan kapital investitsiyalarni anglatadi,
ular deyarli bir mazmunni bildiradi. Ular mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar
ko‘rsatish sohasida kiritiladigan investitsiyalarni – qo‘yilmalarni –
xarajatlar
majmuasini anglatadi. Kapital qo‘yilma yoki kapital investitsiyalarni real
investitsiyalardan farqlab olish zarur. Real investitsiyalar fizik obyektlarga
kiritiladigan investitsiyalar majmuasini bildirib, ular nafaqat mahsulot ishlab
chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatish obyektlariga kiritiladigan investitsiyalarni
anglatadi, balki boshqa turdagi noishlab chiqarish obyektlariga va tijorat
maqsadlari ko‘zlanmaydigan sohalarga, xususan, ijtimoiy
samara olib keluvchi
sohalarga ham kiritiladigan investitsiyalardan iborat bo‘ladi. Real kapital
qo‘yilmalar esa faqat ishlab chiqarish fondlarini takror ishlab chiqarish bilan
bog‘liq xarajatlarni o‘z ichiga oladi.
Kapital qo‘yilmalarning tarkibiy tuzilishi quyidagilardan iborat:
kapital qo‘yilmalarning tarmoq tuzilishi, ya’ni jamiyat miqyosida kapital
qo‘yilmalarning tarmoqlar bo‘yicha sarflangan qiymatini anglatadi;
kapital qo‘yilmalarning texnologik tuzilishi, ya’ni asosiy fondlarning
aktiv elementlari va passiv elementlariga sarflangan xarajatlar nisbatini
anglatadi. Aktiv elementlar deganda, o‘z qiymatini
bevosita mahsulot yoki
xizmatlar tannarxiga o‘tkazuvchi, bevosita amortizatsiyalanuvchi elementlar va
obyektlar tushuniladi, bularga texnologik uskunalar, mashina va qurilmalar
qiymati misol bo‘ladi. Passiv elementlar esa o‘z qiymatini tannarx tarkibiga
bilvosita kiritib boruvchi obyektlar va vositalar qiymatini anglatadi. Ularga
bino-imoratlar, mebel, ofis jihozlari, kompyuter
texnikasi va moddiy hamda
nomoddiy obyektlar misol bo‘la oladi;
kapital qo‘yilmalarning takror ishlab chiqarish tuzilishi, ya’ni mavjud
obyektlarni qayta tiklash va texnik jihatdan qayta qurollantirish, yangi
89
obyektlarni barpo etish va harakatdagi korxonalarni kengaytirish bo‘yicha
qilingan xarajatlarning nisbatiga aytiladi.
Kapital qo‘yilmalar qiymati davlat, korporativ va xususiy investitsiyalarni
rejalashtirish jarayonida qo‘llaniladi, ular asosida investitsion faoliyat
prognozlashtiriladi. Yillik o‘zlashtirilish zarur bo‘lgan kapital qo‘yilmalar
hajmi
davlat investitsiya dasturida ko‘rsatib o‘tiladi. Kapital qo‘yilmalar hajmi dastur
tarkibidagi dastlabki hujjatda aks ettiriladi. Kapital qo‘yilmalar hajmi
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan belgilanadi,
qo‘yilmalar qiymatini aniqlashda, Moliya vazirligi va Markaziy bank ham
ishtirok etadi.
Kapital qo‘yilmalarning samaradorligini baholashda
vaqt omilini hisobga
olmaydigan quyidagi usullardan foydalaniladi:
kapital qo‘yilmalarning mutloq iqtisodiy samaradorligi;
sarflangan mablag‘ning qoplanish muddati;
keltirilgan sarf.
Kapital qo‘yilmalarning mutlaq iqtisodiy samaradorligi quyidagi formula
bilan hisoblanadi:
.
(5.3.1)
bu yerda: P – har yilgi daromad;
K – mablag‘lar sarfi.
Bu ko‘rsatkich samaradorlik belgilanganlik me’yoridan katta bo‘lish
kerak, E ≥ Y
n
.
Avval Y
n
– hukumat tashkilotlari tomonidan markazlashtirilgan holda joriy
etilgan. Hozirgi kunda Y
n
sifatida bank foiz o‘lchovidan (i) foydalanmoqda yoki
o‘z loyihasi uchun belgilangan kattalikni olishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: