K. Z. Homitov iqtisod fanlar doktori, dotsent


BOB. INVESTITSIYA LOYIHALARI SAMARADORLIGINI BAHOLASH ASOSLARI



Download 0,75 Mb.
bet30/105
Sana13.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#786818
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   105
Bog'liq
Adabiyot1 8fb0c

BOB. INVESTITSIYA LOYIHALARI SAMARADORLIGINI BAHOLASH ASOSLARI


    1. Investitsiya loyihalari samaradorligini baholashning mazmun-

mohiyati


Har qanday investor yoki xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun investitsion qarorlar qabul qilish juda qiyin vazifa hisoblanib, bunda asosiy me’zon investorning boyligini ko‘paytirish, korxonaning qiymatlarini oshirish me’zonlariga qaratiladi. Uning omillari – korxona daromadlari o‘sishi, moliyaviy risk yoki ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishi, korxona ishlari samaradorligi darajasini oshirish hisoblanadi.
Investitsiya loyihalari bo‘yicha bunday natijalarga erishish uchun, har qanday loyihaning samaradorligini baholash zarur bo‘ladi. Shunday qilib, ivestitsiya loyihalarining samaradorligini aniqlash muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Chunki loyihaning samaradorligini baholash darajasidan qo‘yilgan kapitalning qaytib kelish muddati, korxonaning rivojlanish sur’ati hamda boshqa ijtimoiy- iqtisodiy muommalarni hal qilish imkonini beradi.
Chet el mamlakatlarining tajribasini, shu bilan birga, YUNIDO17 (United Nations Industrial Development Organization) tavsiyalarini hisobga olgan holda investitsiya loyihalarining samaradorligini baholash ikki me’zon asosida, ya’ni moliyaviy va iqtisodiy baholash orqali amalga oshiriladi.
Investitsiya loyihasi samaradorligini baholashning bu ikkala me’zoni ham bir-birini to‘ldirib turadi.
Moliyaviy baholash investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayonidagi likvidligini tahlil qilishda ishlatiladi. Boshqacha aytganda, moliyaviy baholash vazifasi, loyihani belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun, uning jami moliyaviy majburiyatlarini bajarishga korxonaning yetarli moliyaviy resurslari bo‘lishini belgilashdir.
Iqtisodiy baholash esa investitsiya loyihasining potensial qobiliyati, shu loyihaga qo‘yilgan mablag‘larning qiymatini saqlab qolishda va ularning o‘sish sur’atining yetarli darajasini yaratib berishda foydalaniladi.
Taqdim etilayotgan obyektni investitsiyalashda moliyaviy baholash (yoki moliyaviy asoslanganlik bahosi) investitsiya jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Investor moliyaviy holati noma’lum bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxslar bilan hech qanday munosabatlar olib bormaydi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda, korxonalar moliyaviy hisobotlarini ommaviy- axborot vositalari orqali yoki har xil to‘plamlar holatida chop etilib, e’lon qilish



17 YUNIDO - Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) tashkiliy bo`linmasi bo`lib, uning asosiy vazifasi BMTga a’zo mamlakatlar sanoatini rivojlanishiga yordam berishdir.

normal holat hisoblanadi. Bu to‘plamlar orqali kompaniyalarning moliyaviy holati to‘g‘risida ma’lumotlar olish mumkin. Quyidagi 4.1.1-chizmada har bir me’zon bo‘yicha asosiy aniqlash usullari keltirilgan.



Qoplanish muddatini aniqlash

Foydaning oddiy buxgalter normasini aniqlash
4.1.1-chizma. Investitsiya loyihasi samaradorligini baholash18
Investitsiya loyihasining moliyaviy asoslanganlik bahosi pul oqimlari to‘g‘risdagi hisobotga asosan hisoblanadi (4-shakl). Bu esa korxonaning mablag‘lari holati to‘g‘risida aniq ma’lumot olishni, shu bilan birga, bu mablag‘larning investitsiya loyihasiga yetarliligini ko‘rsatib beradi.
Korxona pul oqimlari, asosan, quyidagilardan tashkil topadi:

  • operatsion faoliyatning sof pul kirim-chiqimi (4-shakl, 050-qator);

  • investitsion faoliyatning sof pul kirim-chiqimi (4-shakl, 100-qator);

  • moliyaviy faoliyatning sof pul kirim-chiqimi (4-shakl, 180-qator);

Pul mablag‘lari bo‘yicha salbiy saldo chiqqanda, qo‘shimcha o‘z mablag‘lari yoki qarz mablag‘larini jalb etishni taqozo etadi va bu mablag‘lar investitsiya loyihasini moliyaviy baholash hisob-kitobida aks ettirilishi kerak.

Loyihaning maqsadi, shartlari va variantlarini tanlab olishga ko‘ra moliyaviy baholash (yoki moliyaviy asoslanganlik bahosi), investitsion loyihalash
18 Uzoqov A., Nosirov E., Saidov R., Sultonov M. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va ularning monitoringi: O`quv qo`llanma. T.: Iqtisod-moliya, 2006.
jarayonida qo‘shimcha ma’lumotlardan foydalanish mumkin (masalan, 1- va 2- shakl ma’lumotlari).
Amaliyotda esa ko‘pgina korxonalar pul oqimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni unchalik aks ettirmaydilar. Bu esa korxonaning pul mablag‘lari, qaysi faoliyat evaziga kelayotganligini tahlil etishga imkon bermaydi. Natija esa korxonani moliyaviy baholashni qiyinlashtiradi.
Investitsiya loyihalari samaradorligini baholashning ikkinchi usuli – loyihani iqtisodiy baholash hisoblanadi.
Jahon amaliyotida investitsiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini baholashning bir qancha usullari ishlab chiqilgan bo‘lib, ularni shartli ravishda ikki katta guruhga bo‘lish mumkin:

  • oddiy (yoki statistik) baholash usullari;

  • diskontlashga asoslangan baholash usullari.

Birinchi guruhga quyidagilar kiradi:

  • investitsiya qoplash muddati (Payback Period , PP);

  • investitsiya samaradorligi koeffitsiyenti (Accounting Rate of Return, ARR).

Ikkinchi guruhga quyidagilar kiradi:

  • sof joriy qiymatni aniqlash usuli (Net Present Value, NPV);

  • foydaning ichki me’yorini hisoblash usuli (Internal Rate of Return, IRR);

  • investitsiyalarning rentabelligini hisoblash usuli (Profitability Index, PI);

  • diskontlashning qoplash muddatini hisoblash usuli (Discount Payback Period, DPP).

Ko‘pchilik hollarda amaliyotda investitsiya samaradorligi koeffitsiyentining (ARR) o‘rniga foydaning oddiy normasi (return on investments, ROI) koeffitsiyentidan foydalaniladi. Lekin bu ikki koeffitsiyentni hisoblash algoritmi bir xildir.
Ushbu usulning asosiy afzalliklari koeffitsiyentlarni aniqlashda bajariladigan hisob-kitob ishlarining qulayligi, oddiyligi va tushunarligidadir.
Bu guruh koeffitsiyentlarning kamchiliklari shundan iboratki, birinchidan, bunda investitsiyalanadigan loyiha bo‘yicha vaqt omili hisobga olinmaydi.
Ikkinchidan, investitsiya kapitalining qoplanishi ko‘rsatkichiga asos qilinib, foyda olinadi, ammo amaliyotda amortizatsiya ajratmalari ham investitsiya kapitalining qoplanishi uchun manba bo‘ladi.
Shuning uchun investitsiya qoplash muddati koeffitsiyentini (PP) hisoblashda, albatta, amortizatsiya ajratmalarini hisobga olish zarur.
Uchinchidan, bu koeffitsiyentlar investitsiya loyihasi bo‘yicha bir tomonlama baholashni beradi, ya’ni u foyda va investitsiya summalari miqdoriga asoslangan bo‘ladi.

    1. Download 0,75 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish