K. Z. Homitov iqtisod fanlar doktori, dotsent



Download 0,75 Mb.
bet57/105
Sana13.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#786818
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   105
Bog'liq
Adabiyot1 8fb0c

Birinchi bosqich - loyihaning texnik tahlili. Bu bosqichda quyidagi savolga javob berish zarur: loyiha o‘zining boshlang‘ich smeta xarajatlariga mos holda amalga oshirilmoqdami? Loyihaviy moliyalashtirishda qarzdorlar tajribali ekspert-injenerlarning (bu ko‘p hollarda maxsus savollarda tavsiyalar beruvchi mustaqil maslahatchilar) tavsiyasiga amal qiladi. Bunday ekspertlarning xulosasi texnik hisobot shaklida tavsiya etilishi va quyidagi holatlarni o‘zida qamrab olishi mumkin: zarur investitsiya miqdorini; kelgusidagi zarur investitsiyalarni (ko‘zda tutilmagan xarajatlarni va favquloddagi zararlarni qo‘shgan holda); loyihaning qaytimi uchun zarur vaqt; zararsizlik nuqtasi; elektr energiya, suv va boshqa xarajatlar qiymati; loyihada ishlash uchun xodimlarni o‘qitish imkoniyati; loyiha mahsulotini sotish bozorining mavjudligi.
Ikkinchi bosqich - bu iqtisodiy va moliyaviy tahlil. Loyihalarning iqtisodiy va moliyaviy tahlili jarayonida loyiha barcha olingan kreditlar bo‘yicha o‘z vaqtida hisob-kitoblar uchun yetarlicha foydaga ega bo‘ladimi?- degan savolga javob olish zarurdir.
Loyihaning iqtisodiy samaradorligini aniqlashning asosi bo‘lib sof pul oqimining tahlili hisoblanadi. Sof pul oqimi o‘z tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi:

  • loyiha egalarining aksioner kapitaliga dastlabki investitsiya

qo‘yilmalarini va kreditorlarning qarz mablag‘larini;

  • olingan foydani;

  • sarf-xarajatlarni.

Kreditorlar loyihaning iqtisodiy sezgirligini jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan sof qoplash koeffitsiyenti (Net Coo‘erage Ratio) va umumiy qoplash koeffitsiyenti (Annual Coo‘erage Ratio) kabi ko‘rsatkichlar orqali aniqlashlari mumkin.
Loyihalarni moliyalashtirishning uchinchi va to‘rtinchi bosqichlarida homiylarning faoliyatini, risklarni va ularning taqsimlanishini tahlil etadi. Bu bosqichda kreditorlar rahbarlarning faoliyatini va ularning imijini, loyiha ishtirokchilari uchun risklarning to‘g‘ri taqsimotini o‘rganadi.
Jahondagi ko‘pgina banklar o‘z faoliyatida, o‘z zimmasiga qanday risk darajasini olishiga qarab, loyihaviy moliyalashtirish quyidagi uch turga ajratilgan:

  1. regress huquqisiz kreditlash (non – resource financing);

  2. to‘liq regress huquqi bilan kreditlash (full – resource financing);

  3. cheklangan regress huquqi bilan kreditlash (limited – resource financing).

Qarz oluvchiga nisbatan hech qanday regressiz bo‘lgan loyihaviy moliyalashtirishda kreditor o‘z zimmasiga loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq barcha siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, savdo-sotiq risklarini oladi. Bunda kreditor faqatgina loyiha, kredit va foiz to‘lovlari uchun bo‘lgan pul oqimlarini nazarda tutadi. Loyihaviy moliyalashtirishning bu ko‘rinishi qarz oluvchi uchun narxi eng baland hisoblanadi, chunki kreditor bunday risk darajasini o‘ziga olar ekan, unga teng keluvchi kompensatsiyaga ham haqli bo‘ladi.
Qarz oluvchiga nisbatan to‘liq regressli loyihaviy moliyalashtirish jahon amaliyotida ko‘proq tarqalgan. Bu turning afzallik tomonlari shundan iboratki, qarz oluvchi loyihani moliyalashtirish uchun pul vositalarini nisbatan tezroq olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Moliyalashtirishning boshqa turlaridan pul mablag‘larini jalb qilishning narxi arzon bo‘lishi bilan farqlanib turadi.
Qarz oluvchiga nisbatan to‘liq regressli loyihaviy moliyalashtirish quyidagi hollarda ishlatilishi mumkin:

  • respublika yoki regional ahamiyatga ega, infrastrukturani shakllantirish bo‘yicha daromadsiz bo‘lgan, past rentabelli loyihalarni moliyalashtirish uchun pul mablag‘lari kerak bo‘lganda;

  • eksport kredit shaklida pul mablag‘larini taqdim etishda, chunki eksport kreditlarni berish bo‘yicha maxsus tashkilotlar qo‘shimcha uchinchi taraf garovsiz loyiha risklarini o‘z zimmasiga olish huquqiga egadirlar va kreditni faqatgina shunday shaklda berishga tayyorlar;

  • loyiha bo‘yicha kafolatlarning yetarli bo‘lmaganida;

  • investitsion xarajatlarining ko‘payishiga katta ta’sirchanligi bo‘lgan kichik loyihalarga pul mablag‘lari taqdim etilganda.

Qarz oluvchiga nisbatan cheklangan regressli loyihaviy moliyalashtirish loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha loyihalarni nazarda tutadi. Loyiha risklari loyiha ishtirokchilari orasida shunday taqsimlangan bo‘ladiki, ularga bog‘liq bo‘lgan risklarni o‘zlari qabul qilishga tayyor bo‘ladilar.
Jahon amaliyotida loyihaviy moliyalashtirishning bir qancha turlari mavjud (6.4.1-jadval).


6.4.1-jadval

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish