Investitsiya loyihalari samaradorligini baholash usullari
Investitsiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini baholashda qo‘llaniladigan oddiy usullar (qoplash muddati va rentabellik darajasi usullari) ham avvaldan ma’lum bo‘lib, ular milliy va chet el amaliyotida to pul tushumlarining diskontlanishiga asoslangan usullarning keng qo‘llanilishiga qadar asosiy ko‘rsatkichlar sifatida amal qilib kelgan. Ushbu usullarning soddaligi va tushunarliligi va maxsus iqtisodiy bilimga, ko‘nikmaga, malakaga, tayyorgarlikka va tajribaga ega bo‘lmagan xodimlar o‘rtasida ham qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi. Hozirgi kunda tijorat banklari va boshqa kredit muassasalari salohiyatli qarz oluvchilarga investitsion resurslarni taqsimlash shartlarini ma’lum qilishda, odatda, ushbu ikkita usuldan, ya’ni qoplash muddati va rentabellik darajasi ko‘rsatkichlaridan foydalanmoqdalar.
Investitsiyalarning qoplash muddatini hisoblash usuli pul oqimlarini diskontlashga asoslangan usullardan farqli ravishda, investitsiyalarning nominal miqdorda qaytarilishi mumkin bo‘lgan davrni aniqlashga xizmat qiladi. Shunga ko‘ra, bu usul investitsiya loyihasini amalga oshirishdan olinadigan daromadlar hisobiga qilingan investitsiya sarflarini qoplash davrini aniqlashga asoslangan. Qoplash muddatini aniqroq tushunadigan bo‘lsak, bu loyihani yakunlash davridagi yoki undan olingan daromad investitsiyalar summasiga teng bo‘lgandagi davrga tengdir.
Uni hisoblash formulasi quyidagichadir:
𝑃𝑃 = 𝐼0
𝐶𝐹𝑡
. (4.2.1)
bu yerda, I0 - boshlang‘ich investitsiyalar; CFt- investitsiya loyihasini amalga oshirishdan olingan yillik pul tushumi summasi. U sof foydani yoki yillik daromad (D) va xarajat (X) o‘rtasidagi (amortizatsiyasiz A) farqni ifodalaydi.
Shunday qilib, investitsiya loyihasining qoplash muddati, ya’ni loyihani amalga oshirishdan olinadigan tushumlar qilingan xarajatlarni qoplash vaqti hisoblanadi.
Qoplash muddatida ikkinchi yondashuv, bu investitsiyalarning boshlang‘ich summasi yillik tushumlarning (o‘rtacha yillik) miqdoriga bo‘linadi. Bu ko‘rsatkich pul tushumlari yillar bo‘yicha teng bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi.
Investitsiyalar foydasining oddiy me’yori (ROI) buxgalteriya hisoboti ma’lumotlariga asoslangan holda aniqlanadigan o‘rtacha daromadni
investitsiyalarning o‘rtacha yillik hajmiga bo‘lish orqali aniqlanadi. U quyidagi formula asosida hisoblanadi:
𝑅𝑂𝐼 = 𝑅𝑜`𝑟𝑡𝑎 * 100% . (4.2.2)
𝐼𝑋j𝑎𝑚i
bu yerda, Ro‘rta – o‘rtacha yillik foyda miqdori; IXjami – jami investitsiya xarajatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |