K URS DASTURI
Kod
|
EMT2111
|
Nomi
|
Elektronika va mikroprotsessor texnikasi
|
ECTS krediti
|
11
|
O’quv yili
|
2021-2022
|
Semestr
|
5-6
|
O ‘qituvchilar haqida ma’lumot
O‘qituvchi
|
Xolov Orif Tolibovich
|
Kafedra
|
Umumtexnik fanlar
|
Telefon raqami
|
+998997311439
|
Xona
|
1-qavat 111-xona
|
E-mail
|
orifxolov@mail.ru
| Yuklama
Mashg‘ulot turi
|
Soatlar
|
Ma’ruza
|
40+40
|
Laboratoriya
|
20+30
|
Amaliy mashg’ulot
|
20
|
Mustaqil ish
|
180
|
Jami
|
330
|
O‘qituvchi
|
Yunusov Obid Abdivait o’g’li
|
Kafedra
|
Umumtexnik fanlar
|
Telefon raqami
|
+998946712592
|
Xona
|
3-qavat 320-xona
|
E-mail
|
obid.yunusov2021@mail.ru
|
KURS HAQIDA QISQACHA MA’LUMOT
Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarga elektronika va mikroprotsessor texnikalarining tuzilishi va ishlash tamoillari bo‘yicha nazariy bilimlar berish hamda ular ongida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi - talabalarga ushbu fanni o‘rganish natijasida elektronika va mikroprotsessor texnikasi to‘g‘risida hamda ularning tuzilishi, ishlash tamoili va texnik ko‘rsatgichlarini amaliy qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmalar hosil qilishdir.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
“Elektronika va mikroprotsessor texnikasi” sohasidagi fan-texnika va texnologiyalarning eng so‘ngi yutuqlari, zamonaviy elektron asboblarning tuzilshi, ulardagi elektron hodisalar, ish jarayonlari va asosiy ko‘rsatkichlarini, yarim o‘tkazgichli materyallarning xossalari, yarim o‘tkazgichli elektron asboblarning tuzilishi, to‘g‘rilagichlar, tiristorlar, o‘zgartgichlar, invertorlar, chastota o‘zgartgichlar, elektron kuchaytirgichlar va generatorlar, xotira qurilamalari, impulsli va raqamli texnika asoslari, mikroprotsessorlarning tuzilishi va ishlash tamoillari haqida tasavvurga ega bo‘lishi kerak;
elektron sxemalarni o‘qishni, yarim o‘tkazgichli elektron asboblar va ular asosida yig‘ilgan sxemalarning ko‘rsatkichlarini tajribada aniqlay olishni, to‘g‘rilovchi diodlar, varikaplar, fotoelektr asboblar, bipolyar va maydoniy tranzistorlaring tuzilishi, asosiy tavsifnomalari,o‘zgaruvchan elektr tokini to‘g‘rilagichlar, boshqariladigan to‘g‘rilagichlar, tiristorli o‘zgartgichlar, invertorlar, chastota o‘zgartgichlar, elektron kuchaytirgichlar va generatorlar, operatsion kuchaytirgichlar, triggerlar, xotira qurilmalari, impulsli va raqamli texnika asoslarini va ulardagi o‘tish jarayonlarini, integral mikrosxemalarning tuzilishi, turlari, tamg‘alanishi, sinflanishi va qo‘llanilishi, elektron asboblarni sxemalar tuzishda qo‘llashni, elektron sxemalarning ishlashini tahlil qilish va hisoblashni, hamda mikroprotsessor texnikasining ishlash tamoillari va qishloq xo‘jalik texnikasini boshqarish va avtomatlashtirishda qo‘llash xususiyatlarini bilish va ulardan foydalana olishi;
yangi elektron asboblarni texnik muammolarini hal etishga tadbiq qilish, zamonaviy elektronika, mikroelektronika, mikroprotsessor texnikasini avtomatlashtirilagan boshqaruv tizimlarida qo‘llay olish ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kеrak.
II. MA’RUZA MASHG‘ULOTLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |