Muvofiqlik tamoyili. Muvofiqlik tamoyili shundan iboratki, mulkdagi me'morchilik, qulayliklar darajasi, undan foydalanish xususiyati mahalliy bozor ehliyojlariga va kutishlariga mos kel- ganida eng kalta qiymat vujudga keladi.
Masalan. kottej qurilmalari. Shaharchadagi hamma uylarda garajlar bo Isa. garajsiz uyni bozor qabul qilmaydi. Agar shahar- ehada ko’proq eski, kichik uylar bolib, boy me’morchilik uslu- bida qurilgan alohida uylar bolsa, bunday hollarda, ularning niulk bozori andozalariga mosligi kamroq boladi.
Regressiya va progressiya tamoyillari. Regiessiya, qachonki ko‘chmas mulk ushbu bozor sharoitlariga ko’ra, ortiqeha bolgan yaxshilanish bilan tavsiilansa, sodir boladi. Bunday muik- ning bozor narxi, uning haqiqiy qiymatini aks ettirmaydi va uni shakllantirishning haqiqiy xarajatlaridan past boladi. Progressiya, qachonki qo‘shni obyekt laming, masalan, yaxshilangan in- fratuzilmani ta’minlovchi obyektlaming faoliyat ko‘rsatishi nati- jasida, ushbu ko‘chinas mulkning bozor narxi, uning qiymatidan yuqori bolganda, sodir boladi.
Raqobat tamoyili. Bu tamoyilning mazmuni quyidagicha: agar raqobal kurashining keskinlashuvi kutilayotgan boisa. u holda, bolajak foydalarni bashorat qilishda ushbu omilni daro- madlar oqimining to‘g‘ridan toeg‘ri kamayishi hisobidan yoki xatar omilini oshirish yoli bilan hisobga olish mumkin. Bu ham bolajak daromadlarning joriy qiymatini pasaytiradi.
Tashqi muhitga bog‘liqlik tamoyili. Bi/.nesda mol-mulkning qiymati ko'proq tashqi muhitning holatiga, mamlakatdagi siyosiy va iqtisodiy barqarorlikning darajasiga bogliq boladi. Shunday ekan, ko‘chmas mulkni baholashda tashqi muhitga bogliqlik tamoyilini inobatga olish zarur.
Mulkni eng yaxshi va eng samarali foydalanish bilan bog‘liq tamoyillar. Bu guruh tamoyillarining muhim mezonlari bolib, uning qiymatini bozor tuzilishmmg siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy kuchlar ta’siri ostida o‘zgarishidan kelib chiqib. o‘zgarishi hisoblanadi.
Qiymat o'zgarishi tamoyili. Iqtisodiy va ijtimoiy kuchlar os- tida bozor kon'yukturasi va narx-navo darajasi o‘zgaradi. Bunday sharoitda, korxona qiymatining o'zgarishi ham tabiiy. Bi- nobarin, korxona qiymatini baholash malum bir sanada amalga oshirilishi kerak. Qiymat o‘zgarishi tamoyilining mohiyati ana shundan iborat.
Iqtisodiy taqsimot tamoyili. Bu tamoyilga kola, mulk qiv- malini orttirish uchun mulkiy huquqlami o'ziga xos taqsimlash va biriktirish lozim boladi. Bu esa, o‘z navbatida. biznes riskini pasaytirish uchun turtki boladi.
Taqsimotni mulk huquqlarining quyidagi turlari uchun qollash mumkin:
jismoniy taqsimlash (uchastkalarga. vcrtikal bo‘yicha va hokazolar);
foydalanish huquqlari bo“yicha taqsimlash (foydalanish huquqini cheklashlar);
mulk huquqlari ko'rinishlari bo‘yicha taqsimlash (birga- likda ijaraga olish. sheriklik, hissadorlik jamiyatlari va hokazolar);
foydalanish vaqti bo'yicha taqsimlash (turli muddatlarga ijaraga qo‘yish, butun hayot davomida egalik qilish, kelgusi hu- quqlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |