К у р с (и ш и) л о й и ҳ а с и физика укитиш методика фанидан



Download 40,3 Kb.
bet2/2
Sana12.01.2021
Hajmi40,3 Kb.
#55389
1   2
Bog'liq
Fum kurs ishi

I. A. Karimov

Mavzu: O’quvchilarni darsda va darsdan tashqari vaqtlarida mustaqil ishlari

Reja:
1. Tabiatshunoslikni o’qitishda darsdan tashqari mashg’ulotlarni uyushtirish orqali fanga bo’lgan qiziqishini oshirish.

2. Fizikadan darsda va darsdan tashqai mashg’ulotlarda qiziqarli laboratoriyalarni o’tkazish.

3. Mustaqil ish tartibi va turlari.

4. Xulosa.

Tabiatshunoslik bo’yicha sinfdan tashqari ishlarning ahamiyati va uning ijtimoiy foydali yo’nalishi. Darslardan tashqari maktabda bolalar bilan darsdan tashqari vaqtlarda har xil mashg’ulotlar: ekskursiyalar to’garak ishlari, ertaliklar, sinfdan tashqari o’qishlar, qiziqishlar bo’yicha klublar va boshqa ishlar o’tkaziladi. Bu ishlar o’quvchilarning o’qituvchi rahbarligida ularning bilishga qiziqishlarini uyg’otish va shuningdek maktab dasturini kengaytirish hamda to’ldirish maqsadida amalga oshiriladigan chetdagi ko’pchilik faoliyat shakli bo’lgan sinfdan tashqari ishlar nomini oladi.

Tabiatshunoslik bo’yicha sinfdan tashqari ishlar darslarda olingan bilimlarni kengaytirish, chuqurlashtirish va aniqlashtirish, tabiatni o’rganishga qiziqish uyg’otish, o’quvchilar faolligi va mustaqilligini rivojlantirish, bu vaqtni tashkillashtirish imkoniyatini beradi. Sinfdan tashqari tabiatshunoslik ishlari tarbiyaviy ahamiyatga ham ega, chunki o’quvchilarning xulq-atvoriga ta‘sir ko’rsatadi. Ular moddiy dunyoga qarashni va mehnat madaniyatini shakllantiradi, bilishga qiziqishni va mustaqil kuzatish ko’nikmalarini rivojlantiradi, jamoatchilik hissini va tabiatga muhabbatni tarbiyalaydi. Tabiatshunoslik bo’yicha yo’lga qo’yilgan sinfdan tashqari ishlar o’quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish vositalaridan biridir.

Uzoq muddatli tajribalar qo’yish, gerbariy va kollektsiyalar uchun material yig’ish, model, maket va boshqa ko’rgazmali qurollar tayyorlash, jonli tabiat burchagi va o’quv-tajriba maydonchasidagi ishlar kabi sinfdan tashqari, ishlarning shakllari tabiatni o’rganishni hayot bilan bog’lash va o’quvchilarni mehnatga tayyorgarlik uchun ahamiyatli bo’lgan amaliy uquv va ko’nikmalar bilan qurollantirish imkoniyatini beradi.

Bolalarning kuzatishlari va o’qituvchining tushuntirishlari bilan olib boriladigan qishloq xo’jaligi bo’yicha amaliy ishlari tabiatni boshqarish, uni inson manfaati uchun o’zgartirish to’g’risidagi ta‘limot asoslarini tushunib olishlariga yordam beradi. Bolalarning ijtimoiy-foydali faoliyatlari ularni mehnatga o’rgatadi va vatanparvarlik tarbiyasiga ko’maklashadi. Sinfdan tashqari mashg’ulotlarning barcha turlari bir-biriga bog’liq bo’lishi, biri ikkinchisini to’ldirishi kerak. O’simlik va hayvonlar bilan ishlashga darslarda vujudga kelgan qiziqish sinfdan tashqari mashg’ulotlarda rivojlanishi mumkin, ayniqsa tabiatshunoslik bilan qiziqqan o’quvchilar esa yosh tabiatshunoslar to’garagiga birlashtirilishi mumkin. O’quvchilarda tabiiy ob‘ektlarni kollektsiyalashtirishga moyillikni, hayvonlarga muhabbatni payqagan o’qituvchi ularning qiziqishlariga qarab mashg’ulotlar topishi, tabiat to’g’risidagi fanni chuqurroq o’rganish istagini rivojlantirish zarur.

Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni. Tabiatshunoslik bo’yicha sinfdan tashqari ishlarga tabiatni o’rganish va muhofaza qilish, o’simliklarni o’stirish, hayvonlarni parvarish qilish bilan bog’liq bo’lgan xilma-xil mashg’ulotlar kiradi. Bu mashg’ulotlar darslarni takrorlamasligi va faqat darslarda olingan bilimlarga asoslanishi kerak. Bolalar e‘tiborini tabiat, shuningdek maktab jonli burchagi va o’quv-tajriba maydonchasidagi kuzatishlarga qaratmoq; ko’cha va maktabni ko’kalamzorlashtirish bo’yicha, qushlarni muhofaza qilish va qishloq xo’jaligi zararkunandalariga qarshi kurash bo’yicha ijtimoiy-foydali mehnatni tashkil qilmoq lozim. Tabiatdagi amaliy ishlar kuzatishlar va tegishli kitoblar o’qish bilan birga olib borilishi kerak.

Sinfdan tashqari ishning jadal borishi uchun uni tashkil etish shakllarini puxta o’ylab chiqish zarur. Sinfdan tashqari ishlarni uch guruhga bo’lish mumkin.

Birinchi guruhga ko’plab o’quvchilarni qamrab oluvchi ommaviy ishlar, tadbirlar, ikkinchi guruhga - guruh doirasida olib boriladigan to’garak ishlari va uchinchi guruhga tabiatni o’rganishga qiziqqan yakka tartibdagi o’quvchilar bilan olib boriladigan ishlar kiradi.

Ommaviy mashg’ulotlar kinofilmlarni namoyish qilishni, tabiatga ekskursiya va poxodlar o’tkazishni, ertaliklar, o’quvchilar ishlarining ko’rgazmasini tashkil qilishni, shuningdek kompaniyalar (hosil kuni, bog’ haftaligini, daraxtlar o’tkazish haftaligi, qushlar kuni va boshqalar) o’tkazishni nazarda tutadi.

Guruh mashg’ulotlarga yosh geografiyachilar, yosh tabiatshunoslar, klub ishlari kiradi. Yakka tartibdagi mashg’ulotlarga devoriy gazetalar, albomlar chiqarishni; jonli tabiat burchagi va maktab oldi o’quv-tajriba uchastkasidagi, tabiatdagi ishlarni; darsdan tashqari o’qish va axborot burchagi uchun tabiatshunoslik mazmunidagi materiallar tanlashning tabiat to’g’risidagi “Yosh tabiatshunos” jurnallariga, bolalar ilmiy-ommabop kitoblariga e`tibor berishni o’z ichiga oladi.

Sinfdan tashqari ishlarning barcha turlari bir-birlarini to’ldirishi va takomillashtirishi lozim. Individual topshiriq yoki o’qituvchining tavsiyasini bajarishda muayyan qiziqish uyg’onishi mumkin. Bir necha o’quvchilardagi o’xshash qiziqishlarni aniqlab, o’qituvchi ularni to’garak yoki klubga birlashtiradi. Bunday birlashmalar ommaviy sinfdan tashqari tadbirlarning tashkiliy markazi bo’lib qolishi mumkin, ularni muvaffaqiyatli o’tishi uchun turli tayyorgarlik ishlari va ko’p sonli ishtirokchilar kerak.

Sinfdan tashqari ishlar tashkiliy shakli, mazmuni, o’tkazish metodlari jihatidan xilma-xil bo’lishi kerak. Uning mazmuni qandaydir doimiy bo’lmaydi. U o’quvchilar tarkibi, yoshi, qiziqishi va ehtiyojiga, maktabning tabiiy o’rami, yil fasli, xona va jihozlarga bog’liq. Boshlang’ich sinf o’qituvchilari foydalanishi mumkin bo’lgan ishlarning taxminiy ro’yxati quyidagicha:

- tabiatda kuzatishlar, tabiiy hodisalarning sabablarini aniqlash;

- o’lkashunoslik muzeyiga (tabiat muzeyiga), qazilma boyliklar olinadigan joylarga, dala va fermalarga to’plangan materiallarni rasmiylashtirish bilan ekskursiyalar;

- tabiiy material to’plash va rasmiylashtirish, kollektsiya, gerbariy, maket, model tuzish;

- maktabning atrof tabiat xaritasi va unga yondoshgan joyning planini tuzish;

- ilmiy-ommabop tabiatshunoslik adabiyotni, “G’uncha”, “Yosh tabiatshunos” jurnallari hamda “Turkiston” gazetasidagi maqolalarni jamoa bo’lib o’qish;

- jonli tabiat burchagi tashkil qilish, o’simlik va hayvonlarni kuzatish va ular ustida tajribalar o’tkazish, shuningdek maktab oldi maydonchasida tajriba va kuzatishlar olib borish;

- tabiatshunoslik mazmunidagi kinofilm, diafilm, diapozitivlarni ko’rish;

- xalq xo’jaligi yutuqlari ko’rgazmalari bilan tanishish;

- ommaviy tadbirlarda (bayram, ertalik va h. k.) qatnashish;

- zoopark hayvonlari bilan tanishish;

- tabiatni muhofaza qilish, odam hayotida o’simlik va hayvonlarning foydasi va ahamiyati to’g’risida suhbatlar;

- tabiatshunoslik mazmunidagi bolalar ilmiy-ommabop adabiyotiga obzor;

- tabiat muhofazasiga qaratilgan ijtimoiy-foydali ishlar, ko’kalamzorlarni muhofaza qilish, daraxt va butalar o’tkazish hamda ularni parvarish qilish, begona va madaniy o’simliklarning urug’ va mevalarini yig’ish, begona o’tlar, dala, poliz, bog’, o’rmon zararkunandalarga qarshi kurash, foydali hayvonlarni muhofaza qilish;

- tabiatshunoslik xonasini o’lkashunoslik burchagini, ko’rgazmalarni, tabiat burchagini jihozlash;

- tabiiy materialdan oddiy ko’rgazmali qurollar tayyorlash, o’quvchilar ishlarining ko’rgazmasini tashkil qilish;

- devoriy gazeta va albomlar uchun material yig’ish;

- devoriy gazeta, “Buni bilish qiziqarli”, “Eng, eng...”, “Tabiat haqida o’qi”, “Tabiatni kuzatishlarimiz” va shu kabi axborot varaqalarini chiqarish;

- yangiliklar burchagi hamda sinfdan tashqari o’qish mavzulari bo’yicha qo’shimcha o’qish uchun adabiyot yig’ish.

Sinfdan tashqari tabiatshunoslik ishlarining metod va uslublarini o’qituvchi oldindan rejalashtiradi, o’quvchilar faoliyatining xilma-xil turlariga jalb qiladi. Sinfdan tashqari ishlarning muvaffaqiyati ko’p jihatdan har bir mashg’ulot uchun materialni to’g’ri tanlanishiga, uni o’tkazishning tuzilish rejasi va metodikasiga, shuningdek mo’ljallangan tadbirlarda o’quvchilarning faol qatnashishlariga bog’liqdir.

Yakka tartibdagi ishlar. Tabiatni bilish va moyillik yoki hech bo’lmaganda qiziqishga ega bo’lgan o’quvchilar bilan tabiatshunoslik bo’yicha individual ishlar olib boriladi. Bolalarda tabiatga qiziqish vujudga kelishida o’qituvchining shaxsi, uning tabiatga muhabbati va unga ehtiyotlik munosabati, o’quvchilarni ergashtira va qiziqtira olish uquvi katta rol o’ynaydi. Uning 1-sinfda kuzatishlarni qanday tashkil qilishiga, bu ishning zarurligi va muhimligini qanchalik asoslashiga, tabiatshunoslikni o’qitishni qanday yo’lga qo’yishiga o’quvchilarning bilim sifatigina emas, balki darsdan tashqari vaqtlarda tabiatshunoslik ishlari bilan ishlashga istaklari ham bog’liqdir.

Individual topshiriqlarni bajarish tadqiqiy ish ko’nikmalarini shakllantiradi, bolalarning bo’sh vaqtlarini foydali va qiziqarli ishlar bilan to’ldiradi. Individual topshiriqlarning mazmuni o’quvchilarning qiziqishlari bilan belgilanadi. O’quvchini nimaiki qiziqtirmasin - xona o’simliklarini parvarish qilishmi, hayvon va o’simliklarni tasvirlagan marka yoki otkritkalarni to’plashmi, gerbariy tuzishmi, tabiatda tajribalar qo’yish va kuzatishlar o’tkazishni - u o’qituvchi tomonidan ma‘qullanishi va quvvatlanishi lozim. Individual topshiriqlarning mavzulari o’quvchilarning qiziqishlariga qarab tanlanadi, ammo topshiriqlarning mazmuni ularning bajarilishini tashkil qilishy va metodikasi o’qituvchi tomonidan sinchiklab o’ylangan bo’lishi kerak (o’rganish ob‘ekti, kuzatish yoki ish joyi belgilanadi, plan tuziladi). Ishning oxirga yetkazilishi va unga qiziqishni yo’qolmasligi uchun individual topshiriqlarni bajarilishida o’qituvchi o’quvchilarga muntazam yordam ko’rsatib borishi zarur.

Gerbariy yoki kollektsiyalar tuzish kabi shunday topshiriqlarning bajarilishi faqat o’qituvchi o’quvchilarni oldindan o’simlik, hasharot va boshqa tabiat ob‘ektlarini yig’ish, o’simliklarni kuzatish, to’plangan materiallarni montaj qilish va shu kabilarning qoidalariga o’rgatgandagina muvaffaqiyatli bo’ladi. Shu maqsadda tabiatga o’quv ekskursiyasi va mehnat ta‘limi darslaridan foydalaniladi. Tabiiy material to’plash qoidalari haqida hikoya qila borib, o’quvchilarga tabiatni muhofaza qilish zarurligini eslatish kerak.

Individual topshiriqlarning bajarilishini tekshirib borish kerak, ish oxirida esa uning natijalarini o’quvchilarga bayon qilish zarur. Doim esda tutish kerakki, individual ishlarning amaliy ahamiyati faqat o’quvchilar uni amalga oshirish zarurligini tushunganlaridagina ta‘minlanadi. Shunga ko’ra qilingan ish to’g’risida vaqt-vaqti bilan (tabiatshunoslik darslarida yoki sinfdan tashqari mashg’ulotlarda) hisobot tinglab borish foydalidir. Bunda har bir individual ishning natijalari barcha o’quvchilarning boyligi bo’lib qoladi. Bunday hisobotlar sinfdan tashqari ishlarga qiziqishni rag’batlantiradi, tabiat to’g’risidagi o’quvchilar bilimini to’ldiradi va kengaytiradi, ularni sinfdan tashqari ishlarning barcha shakllarida faol qatnashishlariga olib keladi.

2. Maktabda fizika ta`limining ahamiyati uning fan-texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarish sohalarida va kundalik hayotda tutgan o`rni bilan belgilanadi. Umumiy o`rta ta`lim maktablarida fizika ta`limining asosiy vazifalaridan biri o`quvchilarni fizik hodisalar, tushunchalar, kattaliklar, modellar, qonunlar, ulchashlar, fizikadan amaldagi tatbiqlari, olamni fizik manzarasiga oid bilimlar bilan tanishtirish, shu bilan birga fizikaga oid asbob va uskunalardan, laboratoriya o`tkazish jarayonida sodda xulosalar chiqarish, xavsizlik qoidalariga rioya qilish malakalarini shakillantirishdan iborat.

Fizikadan laboratoriya ishlari frontal o`tkazish bilan o`quvchilarni mehnat qilishga o`rgatamiz, hamda ularni bilimlarni shakillantira boramiz.

Laboratoriya ishlarini metodik talablar asosida tashkil etilsa, o`quvchilarni fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi. O`quvchilarga berilgan savolni tajriba asosida javobyu topishga o`rgatiladi.

Laboratoriya ishlarini tashkil etish va o`tkazishni quyidagi o`quv masalalari hal qilinadi.

- o`rganiladigan qonunlarning to`griligini isbotlanadi.

-fizik kattaliklarni o`lchashni o`rganiladi

-fizik kattaliklar va fizik hodisa o`rtasidagi bog`lanishni anglaydilar

-o`lchov asboblari bilan ishlashni o`rganadilar

-sxemalar va chizmalarni o`qishni o`rganadilar

-o`quvchilarda konstruktorlik. ijodkorlik va texnik qobiliyatlari rivojlanadi.

fizik asboblarning tuzilishi va ishlash jarayonlarini o`rganiladi.

Laboratoriya ishlarini tashkil etishda 2 xil usuldan foydalaniladi.

1. Frontal laboratoriya ishlari

2. Fizik praktikumlar

Frontal laboratoriya ishlarini o`tkazishda sinfdagi barcha o`quvchilar bitta mavzuni, bir xil asboblar bilan o`qituvchini ko`rsatmasi asosida o`tkazadilar. Bu laboratoriya ishlari 45 minut, ya`ni 1 soatga muljallangan bo`lish mumkin. Ayrimlar esa, 5-15 minut bo`ladi.

Qisqa muddatli frontal laboratoriya ishlari-frontal tajribalar deb maktab o`quvchilarini har tamonlama tarakkiy qildirishda fizika o`qituvchisi qo`llaydigan turli o`qitish formulasi mavjud. Bu orasida frontal laboratoriya mashg`ulotlari: Laboratoriya ishlari,laboratoriya kuzatishlari, sifatiy tajribalar va kuzatishlar, frontal eksperiment va xokazolar alohida o`rin tutadi. Ular uzoq davom etuvchi va qisqa muddatli, kirish va yakuniy, o`quvchining batafsil ko`rsatmalari bo`yicha yoki ko`pgina mustaqillik elementlari bilan bajariluvchi hisobot va baholashga talab etuvchi bo`lishi mumkin.

Maktabda fizikadan laboratoriya mashg`ulotlarining forma va metodlari turlicha. Masalan: zveno usulda, frontal usulda o`tkazish mumkin.

Ayniqsa bu mashg`ulotlarining frontal metodi ma`lumki, qator muhim juda yaxshi hususiyatlarga ega. Bu usul eng avvalo o`quvchilarning laboratoriya mashg`ulotlarini o`rganilayotgan kurs bilan yaqindan bog`lashga va praktikumlarda o`quvchining demonstratsion tajribalari bilan o`quvchilar mustaqil bajaradigan laboratoriya ishlari o`rtasida aloqa o`rnatishga imkon beradi. Frontal usul tufayli laboratoriya mashg`ulotlari mashg`ulotlari biror kurs rejasiga kirish qismidek yoki o`quvchi tushuntirishga qo`shimcha sifati, yoki o`tilgan materiallarni o`rnida, yoki olingan bilim, o`quv va malakalarni tekshirish holida kuyilishi mumkin. Frontal mashg`ulotlar bir vaktning o`zida sinfdagi barcha o`quvchilarni u yoki bu masalalari yechimini izlashga jalb etish imkonini beradi. Bu hol o`quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini ancha faollashtiradi.

Laboratoriya eksperimenti o`qitish jarayonida materialni chuqur o`zlashtirishga ancha yordam beruvchi zarur bo`gin bo`lib, o`quvchilar bilimidagi formalizmga qarshi- kurash vositasidir. Bundan tashqari, frontal metod o`quvchilarga eng sodda o`lchov asboblari va boshqa apparatura bilan muomila qilishda ba`zi boshlangich amaliy malaka olish imkonini beradi.

Frontal laboratoriya mashg`ulotlarini muvafaqqiyatli o`tkazish uchun har bir maktabda sanoat ishlab chiqargan asboblar va qisman qo`lda yasalgan asboblardan iborat sinchiklab taxlangan asbob-uskunalar komplekti bo`lishi lozim.

Maktab ustaxonalarida o`quvchilarning o`zlari oddiy asboblar va moslamalar masalan: shayinli tarozi, sim ilgaklar, tunukadan qilingan tutqichlar va xokazolarni osongina yasay oladilar.

laboratoriya ishlarining belgilariga ko`ra uning klassifikatsiyasi har kim bo`lishi mumkin. Masalan: qisqa vaqtli va butun bir darsga mo`ljallangan ishlar fizikaviy hodisalarni kuzatish bilan bog`langan sifatli ishlar va kuzatishgina emas, balki o`lchashlar ham bajariladigan miqdoriy ishlar: oldindan taklif qilingan reja asosida bajariladigan ishlar va o`quvchilarga mustaqillik beriladigan ishlar va boshqalar mavjud. Ammo bu belgilarni hammasi frontal laboratoriya ishlarning xilma-xilligini qamrab ola olmaydi. Metodik nuqtai- nazardan o`qituvchining frontal laboratoriya mashg`ulotlarini tashkil qilishda tutgan maqsad va vazifalari bo`yicha klassifikatsiya q`ilinadagan ishlar eng qiziqarlidir.

Bu belgilarga muvofiq, masalan quyidagi turdagi ishlarni ko`zda tutish mumkin.

1. Fizikaviy hodisalarni kuzatish va urganish.

2. Turli xil fizikaviy asbob, qurilmalarni tuzilishi va ishlashi hamda ularni ishlatish usullari bilan tanishish 3. O`lchov asboblari bilan tanishish va fizikaviy kattaliklarni o`lchash.

4.Fizikaviy kattaliklar orasidagi miqdoriy qonunlarni aniqlash yoki tekshirish

5. Fizikaviy doimiylarning aniqlash va shunday aniqlashlarning turli metodlar bilan tanishish

Frontal laboratoriya ishlari o`qituvchiga biror masalaning yechimini izlashga kerak bo`lganda butun sinf o`quvchilarini jalb qilishga imkon beradi. Bunday ishlar odatda o`qituvchining tushuntirish, dars davomida masalalar yechish, o`quvchilarning savollari kelgusi mashg`ulotlarga tayyorlanish, ulchov asboblari bilan ishlashni mashq kilish kabilar bilan bog`langan. Shunday qilib frontal mashg`ulotlarimiz o`ziga ta`lim berish emas balki bu eng avval o`rgatishdir.

Bu yerda asosiy rolni o`qituvchi bajaradi. U ham ishni tashkil qilishi va yo`naltira bilishi. O`quvchilar bilan mashg`ulotlar rejasini tuzishi, asbob-uskunalarni tez tayyorlashni va tarqatishni tashkil etishni, ogzaki aniq va tushunarli vazifalar hamda tushuntirishlar berishi, o`quvchilarga o`z vaqtida yordam berishi olgan ish natijalarini qayta ishlashi va umumlashtirishni, o`quvchilarni doimo kuzatib turishi, ular olgan o`quv, bilim va malakalarni nazorat qilishi va baholashi kerak. Hamma ishni muaffaqiyati o`quvchini shunday ishlarga qanchalik yaxshi tayyorlanganligiga bog`lik, frontal laboratoriya ishlari turlicha o`tkazilishi mumkin. Fizika kursining biror mavzusiga kirish sifatida,o`tilganlarni takrorlash va umumlashtirish sifatida yoki olingan bilim,uquv va malakalarni nazorat qilishi sifatidir.

Laboratoriya ishlarni frontal bajarish kirish qismida aytib o`tilganidek, mashg`ulot oxirida olingan kuzatish va o`lchashlar natijalarini jamoa ravishda muhokama qilishga to`la imkon beradi. Bu o`quvchilar zvenolari ishni to`gri bajarganini tez nazorat qilishga imkon beradi va ularni asta-sekin shunday natijalarni ishlab chiqish va to`gri baholashni o`rgatadi. 6-7- sinflarda sonli natijalarni ishlashda taqribiy sonlar ustida amallar bajarish qoidalari bilan cheklanish yetarli bo`ladi, 8-sinfda esa o`quvchilarni chegaralar metodi yordamida maksimal xatolarni hisoblash yo`llari bilan tanish tirish mumkin. Bu yerda bunday hisoblashlarning hajmi va xarakterini muhokama qilishga zaruriat yo`k, chunki bularning hammasi o`lchash xarakteridagi ko`pchilik ishlarning bayoni oxirida batafsil keltiriladi.

Shuni esda tutish kerakki, laboratoriya ishlarini bajarishda o`quvchilar xatoliklarni hisoblash usullari va malakalarini juda qiyinchilik bilan o`zlashtiradilar, shuning uchun bu yerda ayrim umumiy dastlabki ko`rsatma va tushunchalar bilan chegaralanish mumkin emas.

Tajriba natijalarini jamoa ravishda muhokama qilganda o`lchash xarakteridagi har bir laboratoriya ishlaridan keyin konkret misollar yordamida shu malakalarni asta-sekin va izchillik bilan singdira borish hamda mashq qildirib borish kerak. Ayrim laboratoriya ishlari uchun olingan natijalarni ishlash, o`rganilayotgan jarayonning biror xosasini, fizikaviy kattaliklar orasidagi biror bog`lanishni ochiq kursatish kerak.

Bu holda natijalarni umumlashtirishning eng yaxshi shakli grafiklardir, ularni ham o`quvchilar bilan muhokama qilish kerak.

Grafiklarni qo`llashni konkret misoli: Naftalinning isish va erish hajmida, suvning isishi va qaynashi jarayonlarida kuzatiladi.Laboratoriya ishlarini bajarish jarayonida qisqacha yozma hisobot tuzish o`quvchilar uchun ancha qiyinchiliklar tugdiradi va yozish uchun an-

cha unumsiz vaqt sarf qilinadi.

Ayrim hollarda o`quvchilar hisobotda hamma asbob uskunalarning sanogi yoki qurilma tuzish jarayonini hamma bayoni: Masalan:"10 ta shtativ oldik, unga qisqichni o`rnatdik, qisqacha esa kolbani qisdik,kolbaga ozroq suv quydik" va shu kabi deyarli keraksiz materiallarni kiritishidi. Shuning uchun yozuvlarni ratsionallash va tajribani bajarish uchun ko`proq vaqt qoldirishga yordam berish maqsadida turli tipdagi laboratoriya ishlari haqida hisobotni qanday tuzishni ko`p martalab misollar yordamida kursatish kerak.

O`quvchilarning hisobotlarida ishning nomeri va nomini keltirib, ishning maqsadini butunlay ko`rsatma ham bo`ladi, chunki u ko`pgina ishning nomiga mos keladi. Asbob-uskunalarni ham sanab chiqishga hech qanday zaruriyat yo`q, chunki u hisobot ma`nosiga hech nima kushmaydi. Hisobotda ishning ma`nosi va nazariy asoslashni bayon qilish kerak emas. O`quvchi ishni tushunishi yoki tushunmasligi hisobotda kurilmalarning qisqa tushuntirishlar bilan keltiriladigan sxematik rasmlar yoki elektr zanjirining tushuntirishlar bilan berilgan sxemasiga qarab bilsa bo`ladi. Shunda rasm va sxemalar, formalar va o`lchash natijalari yoziladigan jadvallar hamda hisoblashlar bilan birgalikda hisobotning asosiy qismini tashkil qilishi kerak.

O`quvchilarni o`lchash ishlari uchun yozma hisobotida ko`pincha quyidagilar bo`lishi yetarli.

1. Laboratoriya ishining nomeri va nomi

2. Qurilmaning sxematik rasmi yoki elektr zanjirini sxemasi

3. O`lchash natijalarini jadvali yoki ish borishining bayoni

4. Hisoblashlar va xulosa

Bunda o`tilgan darsning mavzusi tushuntiriladi, o`quvchilar o`rganilgan mavzuni tajribada sinab ko`radilar. Bunday laboratoriya ishlariga "Dinamometr bilan kuchlarni o`lchash", "Elektr zanjirining turli qismlaridagi kuchlanishni o`lchash" kabilarni kiritish mumkin. Bunday o`tkazilgan laboratoriya ishlari fizika o`qitish samaradorligini sezilarli oshiradi. Shu bilan birga o`quvchilarning oddiy ishlarni bajarib borib, murakkab ishlarni qilishlariga yo`l ochadi va fizik asboblar bilan mashq qilishdagi amaliy qobiliyatlarini shakillantiradi.

Laboratoriya ishlarini iloji bo`lsa, mavzuni o`tib bo`lgandan so`ng, shu mavzuga doir ish bo`lsa, keyingi dars o`tkazish maqsadga muvofiq bo`ladi. Ba`zi bir laboratoriya ishlari masala yechishda ekspremental ishlarni bajarishga o`xshatib ham bajariladi. Fizika xonasida ikki o`quvchi bitta laboratoriya ishini bajarishlari uchun jihozlar yetarli bo`lishi kerak. Agar yetmasa,o`qituvchining rahbarligida o`quvchilar o`zlari tayyorlaydilar.Ayniqsa,qo`lda yasalgan asboblar asosiy metodik talablarga rioya qilishi kerak,ya`ni ko`rinishi chiroyli pishiq,ishlatishga ungay,tuzilishi sodda bo`lishi kerak.Qo`lda yasalgan asboblar standartlarga mos bo`lishi,aniq ishlaydigan bo`lishiga e`tibor berish kerak.

O`quvchilar o`tkaziladigan laboratoriya ishlarining nazariyasi bilan,o`tkazish usuli bilan to`liq tanishganlaridan so`ng,asboblar bilan tez,ravon ishlaydigan bo`ladilar va sifatli bajaradilar.Shuning uchun laboratoriya ishini o`tkazishdan avval unga kerakli nazariy bilimlarni,laboratoriya ishi o`tkazish ko`rsatmasi (opisaniye)ni mustaqil tanishishni o`quvchilarga topshirish kerak.Har bir laboratoriya ishlariga kerakli asbob va materiallarni to`lik bo`lishiga alohida e`tibor beriladi.Har bir asbobni ishlashini ko`zdan kechiriladi.

Tajribalar shuni ko`rsatmoqdaki,laboratoriya ishlarini quyidagi usullar asosida o`tkazish oquvchiga birmuncha qulayliklar tugdirishi mumkin.Kirish suhbati,o`quvchilar tomonidan eksperimentlar o`tkazish va o`lchash natijalarini ishlab chiqish va xulosalash.

Kirish suhbatida o`quvchilarning laboratoriya ishlarni bajarishlari uchun nazariy bilimlari qay darajada ekanligi,kerakli asbob va materiallar komplektini to`liq bilishlari,har bir asbobning ishlatish,muomala qilish malakalari tekshiriladi.Bu bilan laboratoriya ishlarini ongli o`tkazilishiga erishiladi.Shundan so`ng ishning o`tkazish maqsadi va o`tkazish tartibi bilan tanishtiriladi,asbob va materiallar bilan qanday ishlash kerakligi,hisobot yozishda nimalarga e`tibor berish kerakligi ta`kidlanadi.Bunday laboratoriya ishlari bajarish uchun kurgazmalar berish 6-sinf o`quvchilari uchun zarurdir.

Chunki 6-sinf o`quvchilari Ko`rsatma (opisaniye) ga qarab,laboratoriya ishlari bajarish ko`nikma va malakalarga ega emaslar.

Keyingi laboratoriya ishlarini o`tkazishda kirish suhbatidan so`ng o`quvchilarning ishlarni mustaqil bajarishlariga o`rgatib borish malakalarini hosil qilish kerak.

Kirish suhbatida o`quvchilarning diqqatini fizik kattaliklar miqdorini aniq va to`gri o`lchash, xato qilmaslik imkoniyatlari,ishni bajarishda rioya qilinadigan texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinadigan texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga qaratish kerak.

O`quvchilarga elektr zanjiri sxemalari tuzish topshiriladi,o`lchov asboblarini zanjirga ulaydilar,o`qituvchi tayyor bo`lgan sxemani kurib,tekshirib tok manbaiga ulashga ruxsat bermaguncha o`quvchilar uzlaricha tok manbaiga ulamasliklariga odatlantirish tavsiya etiladi.

Oqituvchi stollar orasida aylanib yurib,har bir o`quvchi bajargan amaliy ishini kurib,ko`rsatmalar berib boriladi,kerak bulsa,yakkama-yakka konsultasiyalar beradi.Agar ko`pchilik o`quvchilar bir xil tipik xatolar qilsalar,masalan:ampermetr yoki voltmetrni zanjirga ulash bo`yicha xatoga yo`l qoysalar barcha o`quvchilar diqqatini ampermetr yoki voltmetr to`gri ulashga qaratiladi,ulab ko`rsatiladi,o`qituvchi har bir o`quvchining oldiga borib,uning ishiga aralashib,mustaqil ishlashiga xalal bermasligi kerak.

O`quvchilarning bajargan ishlariga baho berish va tekshirish.O`quvchilar laboratoriya ishlarini bajarib bo`lganlaridan so`ng daftarlariga qilgan ishlari yuzasidan qisqa hisobot yozadilar,xulosalaydilar.Bu hisobotlarni,xulosalarnio`qituvchi sifatini,bajarilishi aniqligini,mazmunini tekshirib baholaydi. O`quvchi laboratoriya ishini to`gri bajargan bo`lsa,xulosalarini to`gri va aniq fikrlar bilan bayon etgan bo`lsa,o`qituvchi bu ishga bitta xato qo`yadi.Ball qo`yishda o`qituvchi o`quvchini o`lchash natijasining to`gri va aniq bo`lishiga,hisoblashlar to`griligiga,hisobotni savodli yozilishiga, ishning mustaqil bajarish darajasiga, o`quvchining bilim darajasiga, xavfsizlik texnikasi qoidalariga to`la amal qilishni hisobga olib baholaydi.

Laboratoriya ishini bajarish vaqtida har bir o`quvchining xatti-xarakatini ko`zdan kechirmasdan hisobga olib borishi va har bir o`quvchining daftaridagi ishiga,laboratoriya ishi o`tkazish vaqtidagi xarakteriga,intilishini hisobga olib,o`quvchining daftariga ball qo`yadi va shu kuni o`quvchining roziligi bilan sinf jurnaliga ko`chiradi,agarda o`quvchi olgan baliga norozi bo`lsa,qo`shimcha topshiriq berib,to`ldiruvchi ball sifatida jurnalga qayd qiladi.

Laboratoriya ishini bajarib bo`lingandan so`ng,o`qituvchi laboratoriya ishiga yakun yasaydi,yo`l ko`yilgan xatolarni ko`rsatadi,yaxshi bajarilgan ishlardan namunalar keltiradi.

3. O’quvchilarning mustaqil ishlari deganda o’qituvchi topshirig’ini maxsus ajratilgan vaqt ichida o’quvchilar bajarishi tushiniladi. Bu vaqt ichida o’qituvchi kuzatib, raxbarlik qilib turadi. Fizikani fanini o’qitish jarayonida o’quvchilar tomonidan quyidagicha mustaqil ishlari bajarishlari mumkin.


  • O’quv va ma’lumotnoma, adabiyotlar bilan ishlash.

  • Masala yechishda turli ish shakllari.

  • Labaratoriya amaliy ishlar.

  • Qidiruv elementiga ega bo’lgan frontal tajribalar.

  • Tarqatma materiallar bilan ishlash.

  • Kinetik sxemalar bilan ishlash,

  • O’rtoqlarining javoblari va chiqishlarini taqriz qilish, axborot va referatlar tayyorlash, tajribalarni kuzatish va undan hulosalar chiqarish.

  • Asbob va ko’rgazmalar tayyorlash va hk.

Mustaqil ish qanday bo’lishidan qat’iy nazar rahbarlik rolini o’qituvchi bajaradi.

Shuning uchun o’quvchilarni mustaqil ravishda ta’lim olishlarini rejalashtirishtirish, tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg’ulotlarida talabalarni o’qitish bilan bir qatorda ularni ko’proq o’qishga o’rgatish, bilim olish yo’llarini ko’rsatish, mustaqil ta’lim olish uchun yo’llanma berish, umum ta’lim maktablarining ham asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Tajribalar shuni ko’rsatadiki, o’quvchi mustaqil ravishda shug’ullansa va o’z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o’zlashtirishi mumkin.

O’quvchilarning asosiy bilim, ko’nikma va malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko’rsatish qobiyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo’ladi.

O’quvchilarning mustaqil iahi – muayyan fandan o’quv dasturida belgilangan bilim, ko’nikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan o’qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o’zlashtirilishiga yo’naltirilgan faoliyatdir.

Avvalo o’quvchilarni mustaqil ta’lim olishga ruhan tayyorlash zarur.Shuning uchun har bir o’qituvchi dastlab talabada o’z qobiliyatlari va aqliy imkoniyatlariga ishonch uyg’otishi,ularni sabr toqat bilan,bosqichma-bosqich mustaqil bilim olishlarini to’g’ri tashkil qilishga o’rgatib borishi lozim bo’ladi.

Fizika o’qitish jarayonida o’quvchilar tomonidan quyidagicha mustaqil ishlar bajarilishi mumkin:

-O’quv va ma’lumotnoma adabiyotlari bilan ishlash

-Masala yechishda turli ish shakllari

-Labaratoriyadagi ishlar

-Tarqatma materiallari bilan ishlash

-Sxemalar bilan ishlash

-Asbob va ko’rgazmalar tayyorlash

Mustaqil ish qanday bo’lishidan qat’iy nazar rahbarlik rolini o’qituvchi bajaradi.U mustaqil ish hajmini va mazmunini,darsdagi o’rnini,uslubini aniqlaydi,vazifa tuzadi,o’quvchilarga yo’llanma beradi,o’z-o’zini nazorat qilishga o’rgatadi.

Mustaqil ishlar o’quvchilarning yosh xususiyatlariga mos tushishi,uni bajara oladigan va qiziqarli bo’lishi kerak.

O’quvchi mustaqil ishlarining shaklini va hajmini belgilashda quyidagi jihatlar e’tiborga olinishi kerak:

-O’qish bosqichi

-Fizika fanining o’ziga hos xususiyatlari va o’zlashtirishdagi qiyinchilik darajasi

-O’quvchilarning qobiliyati hamda nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasi {tayanch bilim}

-Fanning axborot manbalari bilan ta’minganlik darajasi

-O’quvchining axborot manbalari bilan ishlay olish darajasi

O’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etishda talabaning o’zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish mumkin:

-Fanning ayrim mavzularini o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirish,o’quv manbalari bilan ishlash

-Amaliy, seminar va labaratoriya mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rib kelish

-Ma’lum mavzu bo’yicha referat tayyorlab kelish

-Xisob-kitob va grafik ishlarini bajarish

-Amaliyotdagi mavjud muammoning yechimini topish

-Test,munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash

-Amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ishlash

-Uy vazifalarini bajarish

Fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda talabalarga mustaqil ish uchun boshqa shakllardagi vazifalar ham topshirilishi mumkin.

Mamlakatimizni rivojlantirishning yangi shart-sharoitlarida shaxsni xamma tomonlama rivojlantirish ustuvor yo’nalish sifatida qaralmoqda. Zamonaviy axborot texnalogiyalari eng umumiy ko’rinishda yo’naltirilishi lozim bo’lgan o’qitish maqsadi asosida shaxsning xar tomonlama rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish sifatida shakillanadi. Shu munosabat bilan

O’zbekiston Respublikasining “Talim to’g’risida”gi qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ta’lim jarayonida hayotiy o’z-o’zini belgilaydigan shahsni shakllantirish,uning o’z-o’zini namoyon qilishi uchun shart-sharoitlar yaratish,jamiyat uchun barkamol avlodni shakllantirishga yo’naltirilgan

Shunday ekan ta’lim maqsadlarini qo’yishning tehnologik yondashuvi jamiyatda ishlab chiqiladigan axborot texnologiyalarini joriy etishni taqazo qiladi.

Kompyuter tehnologiyalarining rivojlanishi bilan birga talabalarga dars berishning yangi turlari shakillanmoqda.

Dars jarayonini va mustaqil ishlarini tashkil etishda kompyuterning ahamiyati:

O’quvchIlar tomonidan kuzatish qiyin bo’lgan fizikaviy jarayonlarni ko’rgazmali tushuntirish mumkin.

O’quv jarayonidagi mustaqil ishlarni faollashtiradi va samaradorligini oshiradi.

Mustaqil ishlarni va o’quv materiyalini turli shakllarda uzatilishi (ovoz, matn, video, grafika, animatsiya) O’quvchIning diqqatini tortadi.

Mustaqil ishlarni tashkil etishda kompyuterning ahamiyati beqiyos ekanligini ko’rdik.

Ma’ruza va amaliy darslardagi mustaqil ishlarni tashkil etishda yahshi samara beradi. Ayrim labarotoriya ishlarida ham kompyuterdan voz kecholmaymiz.

Lekin amalda bajarsa bo’ladigan tajribalarni kompyuterda bajarsa aslidagidek bo’lmaydi.

Chunki “Aytsang unutaman, ko’rsatsang esda saqlayman, o’zim bajarsam idrok qilaman” degan gap bor.
XULOSA.

Hulosa o’rnida shuni aytish mumkinki avvalo o’quvchilarni mustaqil ishlari deganda o’qituvchi topshirig’ini maxsus ajratilgan vaqt mobaynida o’quvchilar bajarishlari tushiniladi.



O’quvchilarni fizikadan o’quv va ilmiy ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlarga o’rgatish orqali o’quvchilarni fizika faniga qiziqishlarini oshirish.

  • Qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlashga o’rgatish.

  • O’quvchilarni mustaqil ishlar bilan ishlashlari orqali izlanishga undash.

  • Masala yechishda turli ish shakllardan foydalanish.

  • Sxemalar bilan ishlash.

  • AT dan foydalanib slaydlar va boshqa dasturlar bilan mustaqil ishlashlarini ko’rish mumkin.



Download 40,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish