Aeroblar o„stirish va sof kulturalarini olish metodlari.
Aeroblarni o‗stirish uchun oziq muhitlari tayyorlash, optimal tempe-
ratura sharoitlarini yaratib berish va kislorod bo‗lishi kerak. Suyuq oziq
muhitlarining o‗sishi, odatda, termostatda 18-24 soat qo‗yib qo‗yil-
ganidan keyin kuzatiladi. Muayan turdagi mikroblarning morfologik,
kultural, biokimyoviy, va boshqa xossalarini o‗rganish uchun uning sof
kulturasini olish zarur. Sof kultura- bitta yoki bir nechta hujayradan
sun‘iy oziq muhitida ko‗paytirish natijasida olingan bir turdagi mikro-
organizmlardir. Mikrob assotsiyasiyalaridan sof kultura olishning har xil
metodlari bor.
Mikroblar agar yuzasida ham (Aeroblari) alohida-alohida koloniya-
lar shaklida o‗sib chiqadi. Bakteriyalarning koloniyalari pegmentlar
hosil qilish hisobiga rangsiz yoki oq, tilla rang, qizil, limondek sariq
tusga ega bo‗lishi mumkin. Mikroorganizmlarning sog kulturalarini
ajratib olish uchun Drigalskiy tomonidan taklif etilgan ana shu metoddan
hammadan ko‗ra ko‗proq foydalaniladi. Sof kulturalar olishining biolo-
gik metodi tarkibida mikrob assotsiyalari bo‗lgan tekshiruvchi material-
larni sezuvchan tajriba hayvonlariga yuqtirishga asosllangan. Masalan,
84
pnevmokokklarga sezgir bo‗ladigan oq sichqonga yuqtirish yo‗li bilan
pnevmokokklarni balg‗amdan ajratib olish mumkin. Uning qonida 4
soatdan keyin sof pnevmokokklar kulturasi topiladi, chunki bu mikroblar
boshqa mikroorganizmlardan ko‗ra tezroq ko‗payadi.
2.
Mikroorganizmlarni mexanik ravishda ajratish prinsipiga
asoslangan usullar
Drigaliskiy usuli bo‗yicha shpatel bilan yoyish (21-rasm). Uchta
Petri chashkasini ozuqa muhiti bilan ,to‗ldiriladi. Birinchi chashkaga
ilmoq yoki tomizg‗ich yordamida o‗rganilayotgan materialdan tomizib,
shpatel bilan agar ozuqasining butun yuza qismiga yoyiladi. Keyin
shpatelni ikkinchi chashkaga solib, shpatelda qolgan ekma yuqlarini
ozuqa muhitining yuzasiga suritib chiqiladi. So‗ngra shpatel uchinchi
chashkaga solinadi va yuqoridagi harakat yana bir bor qaytariladi.
Birinchi chashkada eng ko‗p mikrob koloniyalari o‗sib chiqadi, uchinchi
idishda yakkam dukkam o‗smalar ko‗zga tashlanadi. O‗rganilayotgan
material tarkibidagi mikrob hujayralarning miqdoriga bog‗liq holda
chashkalardan birida mikroorganizmlarning sof ekmasini ajratib olishga
yaroqli bo‗lgan bir turga oid hujayralar koloniyasi o‗sib chiqadi.
Ilmoq bilan yoyish. (shtrixlar bilan ekish). Bu usul ham ko‗rib
o‗tilgan metoddan keskin farq qilmasada, biroq anchagina tejamliligi
bilan ajralib turadi, Bitta Petri chashkasida agar ozuqasini olib, uni to‗rt
sektorga bo‗lib, har bir sektor oralig‗ini chegaralab ajratib turadigan
chiziqlar chiziladi. O‗rganilayotgan materialni ilmoq bilan birinchi
sektorga tushirib, sektorning butun yuzasi bo‗ylab har birining orasi 5
mm bo‗lgan parallel chiziqlar chizb chiqiladi. Xuddi shu ilmoq bilan
chashkaning boshqa sektorlarida ham huddi shunday harakat amalga
oshirildi. Agarning ko‗p miqdordagi mikrob hujayralari tushgan joyida
o‗sib chiqqan mikroorganizmlarning tutash chiziqlarni eslatsa, oz
miqdordagi hujayralar tushgan chiziqlarni eslatsa, oz miqdordagi
hujayralar tushgan sektorlarda esa quyidagi jadvalda ko‗rsatilgandek,
yakkam-dukkam koloniyalar paydo bo‗ladi.
85
Do'stlaringiz bilan baham: |