143
bo‗lsa o‗sha suyultirish darajasi bilan. Fagni titrlash uchun har xil
metodlar taklif etilgan,shularning
orasida ketma-ket suyultirish,suyuq
ozuqa muhitidagi fagni Appelman metodi bo‗yicha titrlash va Gratsia
tomonidan ishlab chiqilgan ikki qavat agar metodi eng ko‗p tarqalgan.
9. Bakteriofaglarning qo„llanishi
Fagodiognostika kasallik paydo qilgan mikroorganizm turini
aniqlashning qo‗shimcha metodlaridan biridir. Spitsifik fag tufayli
yuzaga kelgan lizisga qarab spitsefik immun zardob bilan agglyuti-
natsiyalanmaydigan shigellalar, salmonellalar, brutsellalar, vabo vibrion-
larining qaysi turiga kirishi aniqlab olinadi. Fagning spitsifek ta‘siriga
qarab mikrobning turi yoki tipini aniqlash uchun tekshirilayotgan
mikroorganizmning toza kulturasi suyuq
yoki zich ozuqa muhitiga
ekiladi.So‗ngra unga ma‘lum fagning bir necha tomchisi qo‗shiladi.
Suyuq muhitdagi mikrob suspenziyasini tiniq tortishi va zich muhitdagi
mikroblarning o‗smay qo‗yishi fagning ajratib olingan kulturaga mos
kelishini ko‗rsatadi. O‗rganilayotgan mikrob kulturasini ekib ko‗rish
yo‗li bilan kontroller qo‗yish shart.
Fag titrini oshirish reaksiyasini infeksion kasalliklar dignostikasi
uchun hamda tashqi muhitni patogen mikroorganizmlar bilan nechog‗li
ifloslanganini aniqlash uchun mikrobiologlar B.D.Timakov va D.M.
Goldfarb ishlab chiqishgan. Bu reaksiya mohiyati shundan iboratki tekshiri-
layotgan materialga indikator fagning ma‘lum miqdor korpuskulalari
qo‗shiladi,tekshirilayotgan materialda qo‗zg‗atuvchi bo‗lsa, indikator fag u
bilan to‗qnashadi va ko‗paya boshlaydi. Tekshirilayotgan materialga su‘niy
ravishda qo‗shilgan fag korpuskulalarining ko‗payib o‗sib borishi unda
gomologik qo‗zg‗atuvchi borligini ko‗rsatadi. Profilaktika vositasi tariqa-
sida
ishlatiladigan faglar, masalan qorin tifi va dizenteriya faglari shu-
ningdek davo maqsadida beriladigan faglar bor. Antibiotiklar bilan fagni
birga yoki bir-biridan keyin ketma-ket ishlatish ayniqsa yaxshi natija
beradi.Vaboda kasallikni birinchi kunlarida fag juda yaxshi shifo bo‗ladi,
keyinchalik esa antibiotiklar bilan qo‗shib ishlatilsa yaxshi natija beradi. Fag
bilan antibiotiklarni birga qo‗shib ishlatish bakteriyalarning antibiotiklarga
chidamli formalariga kuchli ta‘sir qiladi.
Bakteriofagning bakteriyalar o‗zgaruvchanligining omili sifatidagi
ahamiyati. Bakteriofaglar bakteriyalar o‗zgaruvchanligining
qudratli
omillaridir.Ulardan tirik vaksinalar olish,antigen xossalari,toksin hosil
qilish va antibiotiklarga chidamlilikni bir bakteriyalardan boshqalariga
144
o‗tkazish uchun foydalaniladi.Fagdan foydalanilganda toun mikrobi
bilan vabo vibrionining
avirulent shtamlari olinadi,bulardan infeksion
kasalliklarning profilaktikasi uchun ishlatiladigan vaksinalar tariqasida
foydalaniladi.
Fag yordamida streptomitsitlar, ya‘ni streptomisin ishlab chiqara-
digan zamburug‗larning yuqori unumli shtamlari olinadi. Fag yordamida
streptomisinga chidamlilikni salmonellalarning streptomisinga bardoshli
shtamlaridan sezgir shtamlarga,toksin ishlab
chiqarish xususiyatini
difteriya korinobakteriyalarining toksigen shtamlariga, harakatlanmay-
digan bakteriyalarga, masalan, kuydirgi bakteriyalariga harakatchanlik
baxsh etish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: