К.К.Ғаффоров.91.6452200
ASINXRON MOTORLI ELEKTR YURITMA TEZLIGINI U/F- ROSTLASH УСУЛЛАРИНИ ТАХЛИЛИ.
К. К. Ғаффоров., Н.Х.Мухиддинов.
Бухоро мухандислик-техналогия институти.
Электроэнергетика кафедра.
Mexanik xarakteristikani hisoblash uchun elektromagnit momentni ifodalovchi ifodadan foydalanish kerak. Ta’minot manbasi kuchlanishi va nisbiy chastotasi ning, shuningdek dvigatel kuchlanishi nominal chastotasining berilgan ma’lum qiymatlarida, rotor EYUK nisbiy chastotasiga bir qator qiymatlar berib, ularning har biriga mos keluvchi momentni nyuton metrlarda hisoblash kerak. ning har bir qiymatiga mos keluvchi nisbiy birliklardagi tezlikning qiymati, ta’minot kuchlanishining nisbiy chastotasi va rotor EYUK chastotasining farqi sifatida aniqlanadi: . Tezlik absolyut birliklarda o‘lchanadigan xarakteristikalarni qurish uchun ifodadan foydalanish kerak. Ta’kidlash kerakki, dvigatelning nisbiy tezligi nisbiy chastotasidan katta ham, kichik ham bo‘lishi mumkin. SHuning uchun musbat ham, manfiy ham qiymat qabul qilishi mumkin. Nominal kuchlanish va nominal chastotada xarakteristika tabiiy mexanik xarakteristika deb nomlanadi. Uning ko‘rinishi 2.1a, rasmda qo‘rsatilgan. Xarakteristika dvigatel rejimidagi I chorakdan va tormoz rejimidagi II va IV chorakdan o‘tadi. (1.9) ifodaning birinchi ikki formulasidan foydalangan holda va larning berilgan qiymatlari uchun stator va rotor toklarining modulini hisoblash mumkin:
1-rasm. Asinxron dvigatelning tabiiy mexanik xarakteristikasi (a) va stator va rotor toklarining tezlikka bog‘liqligi (b)
Stator va rotor toklarning dvigatelning tezligi va momenti bilan bog‘liqligini ko‘rsatuvchi xarakteristika 1,b rasmda ko‘rsatilgan. Uni mexanik xarakteristika bilan birgalikda tahlil qilish qulayroq bo‘lishi uchun toklar abssissa o‘qi bo‘yicha, tezlik esa ordinata o‘qi bo‘yicha qo‘yilgan.
Ideal salt ishlash rejimi. Dvigatelning tezligi sinxron tezlikka, ya’ni fizik fazoda magnit maydonning aylanish tezligiga teng. Bunda (absolyut birliklarda bu ko‘rinishda bo‘ladi). Rotor EYUK nisbiy chastotasi nolga teng. Rotor zanjirida tok mavjud bo‘lmaydi , statordagi tok magnitlanish tokiga teng bo‘ladi:
va u ideal salt ishlash rejimida asosiy oqim ilashuvi qiymatini aniqlaydi . Almashtirish sxemasida (1-rasmga q.) qo‘llanilgan ushbu rejim bo‘lganda rotorning ochiq zanjiriga mos keladi. Real sharoitda uni, valdagi aylanishga mos aktiv momenti dvigatel aylanishining isrof momentiga teng bo‘lganda olish mumkin.
Фойдаланилган адабиётлар:
1.Ҳошимов О.О., Имомназаров А.Т. Электромеханик тизимларда энергия тежамкорлик. Тошкент: ЎАЖБНТ, 2004.
Do'stlaringiz bilan baham: |