K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar


ularning sifatiga qo‘yilgan asosiy talablar



Download 6,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/222
Sana31.12.2021
Hajmi6,95 Mb.
#276311
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

ularning sifatiga qo‘yilgan asosiy talablar
Plastik surkov moylarining asosiy vazifasi huddi suyuq moy-
lar vazifasi kabi: detallarning yeyilishini kamaytirish, ishqalanish 
koeffitsiyentini pasaytirish va metallarni korroziyadan saqlashdan 
iborat. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan birinchi ikkita vazifani yoki bu 
ikki vazifaning birini bajara oladigan moylar antifriksion moylar 
deyiladi. Metall buyumlarni korroziyadan saqlash (saqlashda, ta-
shishda va hokazo) uchun ishlab chiqariladigan moylar konservat­
sion (himoya) moylar deyiladi. Texnikada asosiy vazifasi detallar 
orasidagi tirqishlarni zichlashdan iborat bo‘lgan zichlash moylari-
dan ham keng ko‘lamda foydalanilmoqda. 
Antifriksion moylar eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, sirpanib ishqala-
nishdagi tutashma detallarining yeyilishini kamaytirish uchun ish-
latiladi. 
Antifriksion moylar dastlab suyuq moyning oqib ketishini ger-
metiklash qiyin bo‘lgan va tashqi muhitdan suv, chang, qum va 
boshqa korrozion va abraziv materiallar kirishi ehtimoli bo‘lgan 
tarmoqlarda (g‘ildiraklar podshipniklari, turli uzatmalar sharnirlari 
va boshqalar) qo‘llanila boshlangan. Tarmoqlar plastik moy yor-
damida moylanganida, tarmoqning ish jarayonida moy o‘z o‘rnidan 
siljimaydi, moy turi to‘g‘ri tanlanganida ish paytida hosil bo‘ladi-
gan inersion kuchlar ta’sirida sochilib ketmaydi va o‘z-o‘zidan 
mexanizmdan oqib ketmaydi. Natijada tarmoq uzoq vaqt moylash 
materiali bilan ta’minlangan hisoblanadi. 
O‘z navbatida, antifriksion moylar indekslar bilan belgilanadi-
gan kichik guruhlarga bo‘linadi: С – umumiy ishlar uchun mo‘ljal-
langan; O – yuqori haroratlarda ishlatiladigan (110°C gacha); M 
– ko‘p maqsadlarda ishlatiladigan (minus 30°C dan +130°C haro-


156
ratda) hamda o‘ta nam sharoitda ham ishlay oladigan; Ж – issiqlik 
ta’siriga chidamli (150°C va undan yuqori haroratlarga chidamli); 
X – sovuqqa chidamli (minus 40°C dan past haroratlarga ham chi-
damli). 
Konservatsion yoki himoya moylari З  harfi  bilan  belgilanadi. 
Ular mexanizmlarni saqlash va ishlatish vaqtida metall sirtlarini 
korroziyalanishdan saqlash uchun surtiladi. 
Tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, surkov moylari o‘z xususiyatla-
rini sezilarli darajada yo‘qotmagan holda uzoq vaqt ishlashi mum-
kin. Bugungi kunda asosan mukammal ta’mirgacha yoki ma’lum 
miqdordagi yo‘lni (20–30 ming km) bosib o‘tgunga qadar almash-
tirish talab etilmaydigan agregatlar yaratilmoqda. 
Plastik surkov moylari har xil sharoitlarda ishonchli ishlashi 
uchun quyidagi sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishi lozim: yuqori 
chidamlilik chegarasiga ega bo‘lishi va qiya tekisliklarda, harakat-
dagi va qiyin zichlanadigan ishqalanish tarmoqlarida ushlanib turi-
lishi, ya’ni oqib ketmasligi lozim; ma’lum harorat chegaralarida o‘z 
xususiyatlarini saqlashi, ya’ni ma’lum tomchilab oqish haroratiga 
ega bo‘lishi; bir jinsli bo‘lishi, ya’ni tarkibida erimay qolgan qism-
lar, abraziv aralashmalar va suv bo‘lmasligi; yaxshi barqarorlikka 
ega bo‘lishi, ya’ni qatlamlanmasligi lozim. 

Download 6,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish