Antikorrozion qo‘shilmalar
metall detallar sirtida korro-
zion-aktiv moddalarning metallga ta’siriga to‘sqinlik qiluvchi par-
dalar hosil qiladi. Bu pardaning qalinligi, xususiyatlari va hosil
bo‘lish tezligi qo‘shilmaning kimyoviy tarkibi va ta’sir sharoitiga
bog‘liq. Bu parda sirtni yeyilishdan, tirnalish, qirilish va toliqib
yemirilishdan saqlaydi. Qo‘shilmalarning ikkinchi ta’sir yo‘li – bu
oltingugurtli yonilg‘ini yonish va moyni oksidlanish natijasida ho-
sil bo‘lgan korrozion-agressiv mahsulotlarni neytrallashdir.
Antikorrozion qo‘shilmalar sifatida quyidagi birikmalar ishlati-
ladi: tributilfosfit, trifenil fosfit, oltingugurtlashgan moy va bosh
-
qalar.
Yuvuvchi disperslovchi
qo‘shilmalar.
Moyning oksidlanish
mahsulotlari va iflosliklarni erimagan holda tutib, dvigatel detalla
-
rining kerakli tozaligini ta’minlash xususiyati
yuvish xossalari
deb
ataladi. Qo‘shilmalar qo‘shilmagan motor moylarining bu xossasi
taxminan bir xil va yetarli darajada emas. Dvigatel detallari haro
-
rati yuqori bo‘lganligi tufayli ular bunday moyda ishlay olmaydi:
moyning oksidlanishi natijasida zarralari o‘zaro birikib yiriklashib,
silindr-porshen guruhining issiq detallariga o‘tiradi, ya’ni lok va
qurum hosil bo‘lishi natijasida ular tezda ishdan chiqadi, shuning
uchun buning oldini olish maqsadida moylarga yuvish qo‘shilma-
lari qo‘shiladi.
117
Yuvish xususiyatiga ega bo‘lgan qo‘shilmalar oksidlanish mah-
sulotlarining yiriklashishiga to‘sqinlik qiladi. Qo‘shilma moleku-
lalari zarralarni o‘rab olib, ularning sirtida bir xil ishorali zaryadlar
hosil qiladi. Bu zaryadlar bir-birini itarishi natijasida zarralar o‘za-
ro yopishmaydi. Keyinchalik ular dvigatelning filtrlovchi qurilma
-
larida ushlanib qoladi.
Samaradorligi yuqori bo‘lgan qo‘shilmalar hosil bo‘lgan qurum-
ni ma’lum darajada yo‘qotish xususiyatiga ega.
Yuvuvchi qo‘shilmalar sifatida har xil sulfokarbon kislotalar-
ning tuzlari, shuningdek, alkilfenolatlar, kukunsiz va kamkukunli
polimerli qo‘shilmalar, ko‘p kukunli, yuqori ishqoriy sulfonatlar va
boshqalar ishlatiladi.
Dastlab moylash materialiga yuvuvchi va korroziyaga qarshi
komponentlardan tashkil topgan sulfonat qo‘shilma АЗНИИ–4 dan
foydalanilgan. Bu qo‘shilma dizel moylariga 3–5 foiz miqdorida
qo‘shilgan.
Kukunsiz va kam kukunli qo‘shilmalar sifatida СБ–3, CK–3 kabi
qo‘shilmalardan, kukunli qo‘shilma sifatida MACK qo‘shilmasi-
dan, yuqori ishqoriy qo‘shilma sifatida ВНИИНП–121 qo‘shilma
-
sidan foydalaniladi.
Qo‘shilmalarning turi va miqdorini to‘g‘ri tanlash dvigatel de-
tallari sirtida o‘tirindilar hosil bo‘lishini kamaytiradi va buning
natijasida ularning uzoq vaqt ishonchli ishlashini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |