Me’yorlangan sifat ko‘rsatkichlari.
Avtomobil yonilg‘isi si-
fatida suyultirilgan gazning sifatini xarakterlovchi asosiy ko‘rsat-
kichlarga komponent tarkibi, to‘yingan bug‘ bosimi, suyuq bug‘-
lanmaydigan qoldiqning bo‘lmasligi, zararli aralashmalar miqdori
kiradi.
Gazning komponent tarkibi.
Gaz ballonlari bilan ishlaydigan
avtomobillar uchun gaz to‘ldirish shoxobchalarida barcha mavsum-
larda tarqatiladigan suyultirilgan gazning bu ko‘rsatkichi belgilan-
gan chegarada o‘zgarishi lozim. Suyultirilgan gaz tarkibida (mas-
sasi bo‘yicha) kamida 80 ± 5 foiz propan, ko‘pi bilan 20 ± 5 foiz
butan va ko‘pi bilan 6 foiz boshqa gazlar (propilen, butilen, etilen)
bo‘ladi. Propan bilan butanning nisbati o‘zgarsa, gaz yonganida
chiqadigan issiqligi va yonuvchi aralashmaning tarkibi o‘zgaradi.
Oqibatda dvigatelning silindrlaridagi yonish jarayoni yomonla-
shadi va ishlatilgan gazning zaharlilik darajasi ortadi.
91
To‘yingan gaz bosimi.
Bu ko‘rsatkich yilning sovuq kunlari-
da dvigatelning silindrlariga gazning ishonchli uzatilishiga ta’sir
qiladi. Masalan, –30°C haroratda bu bosim 0,07 MPa dan past
bo‘lmasligi lozim. Bundan pasayib ketsa, gazning ballondan uzluk-
siz uzatilib turilishi buziladi. Bug‘ bosimi 45°C da 1,6 MPa dan
oshib ketmasligi kerak, chunki avtomobillarda ishlatiladigan gaz
ballonlari ko‘pi bilan shunday bosimga mo‘ljallangan.
Suyuq qoldiq.
Gaz tarkibida 40°C haroratda suyuq qoldiq
bo‘lmasligi kerak.
Gaz tarkibida oltingugurt, ishqorlar va erkin suvning bo‘li
-
shi.
Gazda oltingugurt miqdori ortib ketsa, yonilg‘i apparatiga
o‘tib, u quvur o‘tkazgichlarning kesimini toraytiradi va rezina-tex-
nika detallarini yemiradi. Oltingugurt dvigatelning silindrlarida
yonib, ishlatilgan gazlarning zaharlilik darajasini oshiradi. Uning
miqdori massa bo‘yicha 0,015 foizdan oshmasligi lozim. Ishqorlar
va erkin suv umuman bo‘lmasligi kerak.
Gazda ishlaydigan dvigatellar ta’minlash tizimlarining kon-
struktiv xususiyatlari gaz jamg‘armasining mashinada saqlanish
usuliga hamda dvigatelning gaz yonilg‘isida ishlashga moslan-
ganlik darajasiga bog‘liq. 4. 1- rasmda suyultirilgan propan-butan
gazida ishlaydigan avtomobil dvigateli ta’minlash tizimining sxe-
masi keltirilgan.
Suyultirilgan gaz avtomobil kuzovi ostiga joylashtirilgan 250
l
sig‘imdagi yupqa devorli po‘lat ballonda 16 1,6 MPa bosim ostida
saqlanadi. Ballondan chiqayotgan gaz magistral ventil
15
dan o‘tib,
dvigatel sovitish tizimining (naylar
4, 5
)
suyuqligi ta’sirida isiy-
digan bug‘latkich
6
ga keladi va bu yerda bug‘simon holatga o‘tadi.
Keyin filtr
12
orqali reduktor
11
ga kiradi, undan esa bosimi biroz
pasaygan holda gaz aralashtirgich
3
ga keladi. Manometrlar
13
va
14
reduktor va ballondagi gaz bosimini ko‘rsatadi. Dvigatelning
ta’minlash tizimida gaz bo‘lmaganida yoki gaz tizimi buzilganida,
dvigatelning ishlashini ta’minlash uchun suyuq yonilg‘ining sig‘im
8
dan karburator
1
ga uzatilishi ko‘zda tutilgan. Reduktor
1
7 tizim-
dagi gaz bosimini pasaytirish uchun mo‘ljallangan.
92
4. 1- rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |