272
2- guruh belgisidan so‘ng chiziqdan keyin keladigan 3-guruh
belgisi qoplamaning ishlatilish sharoitini belgilaydi.
Vazifasiga ko‘ra lok-bo‘yoq materiallarining ishlatilishi:
Gruntovka va loklar ..................................................................................0
Shpaklovkalar .........................................................................................00
Atmosfera ta’siriga chidamli ....................................................................1
Atmosfera ta’siriga chidamliligi
chegaralangan (yopiq joyda, xonada
foydalanish tavsiya etiladi) .......................................................................2
Konservatsion ...........................................................................................3
Suv ta’siriga chidamli ...............................................................................4
Teri, rezina materiallarni tashqi
tomondan qoplash uchun ..........................................................................5
Moy va benzin ta’siriga chidamli .............................................................6
Kimyoviy ta’sirga chidamli ......................................................................7
Issiqlik ta’siriga chidamli (60°С dan 500°С gacha)
.................................8
Elektroizolatsion .......................................................................................9
4- belgidagi 1, 2 yoki 3 ta raqam bilan ifodalanadigan belgi
ushbu lok-bo‘yoq materialiga berilgan tartib raqamini ko‘rsata-
di va 3- belgi bilan 4- belgi orasida chiziqcha bo‘ladi yoki uzilish
bo‘lmaydi.
5- guruh belgisida bo‘yoqning rangi ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Masalan, gliftal smola asosidagi gruntovka – ГФ–020, nitrolok
asosidagi shpaklovka – HC–008. Tashqi qoplam hosil qilish uchun
zangori himoyalovchi nitroemal – HC–11–15 himoyalovchi-zan-
gori. Atmosfera ta’siriga chidamli jigarrang moyli bo‘yoq MA–11
jigarrang ko‘rinishida belgilanadi.
Lok-bo‘yoq materiallari asosida olinadigan qoplamlar chapdan
o‘ngga qarab joylashtiriladigan quyidagi elementlar asosida belgi-
lanadi:
– qoplamning asosiy materiali markalanishi (9825–73- sonli
Davlat standarti bo‘yicha);
– tashqi ko‘rinishi bo‘yicha qoplam klassi (rim raqami bilan
I dan VII gacha belgilanadi);
273
– qoplamning ekspluatatsiya sharoiti.
Ekspluatatsiya sharoiti bo‘yicha qoplamlar quyidagi guruhlar-
ga bo‘linadi: P – xona ichida chidamli (avtomobillarning ichini
bo‘yashda ishlatiladi); A – atmosfera ta’siriga chidamli (avtomobil-
larning tashqi sirtlarini bo‘yashda ishlatiladi); T – issiqlik ta’siriga
chidamli (termik sexlarning jihozlari bo‘yaladi); E – elektroizolat-
siyalovchi (elektr uskunalari bo‘yaladi); X – kimyoviy ta’sirlarga
chidamli (akkumulatorlarni ta’mirlash uchastkalarining uskunalari
bo‘yaladi); XK – kislotalar ta’siriga chidamli; ХШ – ishqorlar
ta’siriga chidamli; В – suv ta’siriga chidamli (yuvish uskunalarini
bo‘yashda); Б – benzin ta’siriga chidamli (yonilg‘i baklari, yonilg‘i
quyish uskunalari bo‘yaladi); M – moy va konsistent surkov mate-
riallari ta’siriga chidamli.
Masalan, moy ta’siriga chidamli melaminoalkidli qizil rangli
qoplam quyidagicha markalanadi: Emal МЛ–12–90, qizil, II, M.
11. 4.
Do'stlaringiz bilan baham: