K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar


Motor moylarini almashtirish muddatlari



Download 6,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/185
Sana06.04.2023
Hajmi6,9 Mb.
#925488
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   185
Bog'liq
K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

 Motor moylarini almashtirish muddatlari
Dvigatel ishlaganida, moyning sifati asta­sekin yomonlashib 
boradi, shuning uchun ma’lum vaqtdan so‘ng uni yangisi bilan al-
mashtirish zarur. Avtomobil xo‘jaliklarida avtomobillarga texnik 
xizmat ko‘rsatishning belgilangan tizimi qabul qilingan. Motor 
moylarini almashtirsh muddatlari texnik xizmat ko‘rsatishgacha 
bosib o‘tiladigan masofa davriyligiga binoan belgilanadi. Masalan, 
KpAЗ–260 avtomobillarida har 1­TXKda, ГАЗ–66, ЗИЛ–130, 
КамАЗ (barcha modellari), МАЗ, ЯМЗ–235, ЯМЗ–238 avtomo
-
billarida, КАвЗ–685 va ЛАЗ (barcha modellari) avtobuslarida har 
galgi 2-TXKda moy almashtiriladi. Bu tizim turli-tuman markada-
gi avtomobillarga ega bo‘lgan korxonalar uchun juda noqulaydir. 
Haqiqatan ham, moyni o‘z vaqtida almashtirish uchun har bir trans-
port vositasining bosib o‘tgan masofasini hisobga olib borish lozim. 
Moylarni almashtirish muddatlari avtomobillarni sinash natijalari 
asosida belgilangan. 
Shuningdek, moy uning ekspluatatsion xossalarini hisobga ol-
gan holda ham almashtiriladi. Buning uchun ma’lum vaqt o‘tgani-
dan keyin karterdan namuna olib, uning sifatini tezda aniqlash va 
sifati yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan darajada yomonlashgan bo‘lsa, 
yangi moy bilan almashtirish kerak. 
137
5. 1. 13. 
Ishlatilgan moylarni regeneratsiya qilish
Yuqorida aytib o‘tilganidek, motor moylari ish jarayonida me-
xanik aralashmalar, suv, organik birkmalar bilan ifloslanib, qovu­
shoqlik, korroziyaga hamda oksidlanishga qarshi, yuvuvchanlik va 
boshqa ko‘rsatkichlari yomonlashadi. Bunda moyning uglevodorod 
tarkibi ko‘p o‘zgarmaydi. Agar yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar 
qayta tiklansa, moyni dvigatelda qayta ishlatish mumkin. 
«Regeneratsiya» (qayta tiklash) atamasi moyning foydalanish 
xususiyatlarini qayta tiklash ma’nosini beradi. Ma’lumki, avvalgi 
paytlarda (1940- yillargacha) moy tarkibiga qo‘shilmalar deyarli 
qo‘shilmas edi. Shu boisdan qayta tiklash deganda, asosan, me-
xanik aralashmalardan, suvdan, yonilg‘i aralashmasidan va or-
ganik birikmalardan tozalash tushunilar edi. Lekin hozirgi paytga 
kelib dvigatellarning yuklanishi, tirsakli valning aylanishlar soni, 
dvigatelning siqish darajasi va boshqa ko‘rsatkichlari shu daraja-
da ortib ketdiki, bu dvigatellarda ishlatiladigan moylarning bun-
day ish sharoitlarida ishonchli ishlashini ta’minlash uchun ularning 
tarkibiga 25 foizgacha qo‘shilmalar qo‘shilmoqda. Demak, qayta 
tiklangan moylar tarkibida bu qo‘shilmalar o‘z funksiyasini qayta 
tiklashi lozim. 
Hozirgi paytda moylarni qayta tiklashda, asosan, ikkita tex-
nologiyadan foydalaniladi: birinchisi – mexanik aralashmalardan 
tozalash 

suvdan tozalash 

yonilg‘idan tozalash 

organik 
iflosliklardan tozalash 

qo‘shimchalardan tozalash 

qo‘shim-
chalar qo‘shish; ikkinchisi – moyni mexanik aralashmalardan 
tozalash 

suvdan tozalash 

yonilg‘idan tozalash 

organik if-
losliklardan tozalash 

qo‘shimchalar qo‘shish yoki yangi moy 
bilan aralashtirish. 
Birinchi texnologiya, asosan, zavod sharoitida qo‘llaniladi, 
unin g natijasida yuqori sifatli motor moylari olinishi mumkin. 
Bunda samaradorligi yuqori kimyoviy usullar qo‘llanilishi hi-
sobiga moy baza moy holatigacha tozalanadi va yangi moyga qan-
cha miqdorda qo‘shilma qo‘shilsa, tozalangan moyga ham shuncha 
miqdorda qo‘shiladi. Bu texnologiyaning asosiy kamchiligi, moy 


138
tarkibidagi mavjud aktiv qo‘shimchalar ham chiqarib tashlanadi, 
vaholanki, ishlatilgan moyning tarkibida 50–60 foiz aktiv qo‘shil-
malar bo‘lib, ular hali ishga yaroqli hisoblanadi. 
Ikkinchi texnologiya, asosan, ko‘chma mobil moyini qayta 
tiklash qurilmalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, avtotransport kor-
xonalari sharoitida qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Moylarni qayta 
tiklash ВИМ–25, ВИМЕ–30, УРМ–100, УРИМ–100, СУРМ–250 
kabi qurilmalar yordamida amalga oshiriladi. Xorijda «Kavakama» 
(Yaponiya), «Rejelyub» (Fransiya) va FIN (Italiya) kabi firmalar­
ning moyni qayta tiklash qurilmalari muvaffaqiyatli ishlatilmoqda. 
XX asrning 80- yillarida suyuqliklarni tozalash sohasida tub bu-
rilish bo‘lib, murakkab kimyoviy usullar o‘rniga membrana usuli 
kirib keldi. Membrana usulining kimyoviy usuldan afzalligi shun-
dan iboratki, moy tarkibidagi iflosliklarning tarkibiga qarab teskari 
osmos, ultrafiltratsiya yoki mikrofiltratsiya jarayonlarini qo‘llash 
mumkin. Bunda qo‘shilmalarning o‘lchamlariga qarab membrana 
filtrining tirqish o‘lchamlarini tanlash mumkin. Bu esa, o‘z navbati
-
da, moyning tarkibida aktiv qo‘shilmalarni saqlab qolishga imkon 
beradi. 
Qayta tiklangan moylarning kukun miqdori va ishqor soni kam-
ligi ularni dvigatelda ishlatishga imkon bermaydi. Shuning uchun 
bu ko‘rsatkichlarni tiklash maqsadida tozalangan moylarga har xil 
qo‘shilmalar qo‘shiladi. 
Qayta tiklangan moy barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha yangi moy-
ga deyarli yaqin bo‘lib, Davlat standarti talablariga javob beradi. 
Yuqorida qayd etilgan usul asosida moy xususiyatlarini kamida 
80 foizgacha qayta tiklash mumkin.
5. 2.

Download 6,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish