K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar


Dizel yonilg‘isi tarkibidagi mexanik aralashmalar va suv



Download 6,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/185
Sana06.04.2023
Hajmi6,9 Mb.
#925488
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   185
Bog'liq
K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

 Dizel yonilg‘isi tarkibidagi mexanik aralashmalar va suv
Dizel yonilg‘ilari tarkibida, benzin singari, mexanik aralashma
-
lar va suv bo‘lmasligi lozim. 
77
Yonilg‘ini tashishda yoki saqlashda ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘yi-
lishi oqibatida transport vositasining yonilg‘i bakiga yonilg‘i bilan 
birga turli aralashmalar va suv tushishi mumkin. Yonilg‘iga tusha-
digan zarralarning o‘lchamlari, miqdori va tarkibi turlicha bo‘ladi. 
Ular ichida ham organik, ham anorganik zarralar bo‘lishi mum-
kin. Juda qattiq kvarsit va kristall tuzilishga ega bo‘lgan abraziv 
iflosliklar katta zarar yetkazadi: ular yonilg‘i berish apparatlari 
detalla rining yeyilishiga sabab bo‘ladi. Masalan, anorganik aral-
ashmalarning ozgina miqdori ham ta’minlash tizimi detallarining 
abraziv yeyilishiga, yonilg‘i filtrlarining tiqilib qolishiga, ish unu­
mining pasayishiga sabab bo‘ladi. Plunjer juftlarining tirqishlari 
kattalashganida, yonilg‘ining siklli zaryadi kamayadi, chunki u 
sizib nobud bo‘ladi, to‘zitilish sifati yomonlashadi, yonilg‘i naso-
sining rostlanishi buziladi, dvigatel notekis ishlaydi, hatto to‘xtab 
qoladi. Dvigatel normal ishlashi va dizel yonilg‘isi mexanik ara­
lashmalardan tozalanishi uchun uni avtomobil bakiga quyishdan 
oldin filtrlash lozim. 
Dizel dvigatellarining ishidagi asosiy nuqsonlar yonilg‘i berish 
apparatlari ishidagi buzuqliklar jumlasiga kiradi. Mexanik aralash-
mali yonilg‘ini ishlatish tufayli yeyilgan detallarni muddatidan ol-
din ta’mirlash va rostlash uchun ko‘p mablag‘ sarflanadi. 
Yonilg‘ining tozaligini uni filtrlab aniqlash mumkin (3. 6­ rasm). 
Filtrlash qog‘ozida dog‘ qancha kam va och rangda bo‘lsa, yonilg‘i 
sifati shuncha yuqori bo‘ladi. 
Yonilg‘idagi suvning mayda zarralari sovuq vaqtda muz kristal-
larini hosil qiladi. Bu kristallar yonilg‘i berilishini yomonlashtiradi 
va filtr teshiklarini berkitib qo‘yadi. Xira yonilg‘ida, albatta, suv 
bo‘ladi. Agar yonilg‘ida suv va hatto juda oz miqdorda begona 
aralashmalar bo‘lsa, tezyurar dizel dvigatellarida ishlatish uchun 
yaroqsiz hisoblanadi. Shuning uchun yonilg‘ini suv va begona ara-
lashmalardan butunlay tozalash, shundan so‘nggina uni dvigatel-
larda ishlatish lozim. 
Dizel yonilg‘isidagi uglevodorodlarning kimyoviy tarkibi yo­
nish jarayonigagina emas, yonilg‘ining filtrlanishiga ham sezilarli 


78
ta’sir ko‘rsatadi. Ba’zi birikmalar, ayniqsa, naftenli kislotalar dizel 
yonilg‘isining filtrlanishini kamaytiradi, bunda mayin tozalash fil
-
trlari tiqilib qoladi, ba’zan dag‘al tozalash filtrlarida cho‘kindilar 
hosil bo‘ladi. Natijada yonilg‘i quyish kolonkalarining filtrlovchi 
elementlari ishdan chiqadi va ifloslangan yonilg‘i tozalanmasdan, 
transport vositasining yonilg‘i bakiga tushadi. 
3. 6- rasm. 

Download 6,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish