Benzinning aktiv yemirilish ko‘rsatkichlari
Yonilg‘ining korroziyalash xususiyati faqatgina uni dvigatelda
ishlatishni baholash uchungina zarur bo‘lib qolmay, balki saqlash,
tashish, uzatish jarayonlari uchun ham ahamiyatlidir.
Benzinlarning metallarga korrozion ta’siri boshqa neft mah-
sulotlari kabi minimal bo‘lishi lozim. Yonilg‘i tarkibida kislota-
lar, ishqorlar, oltingugurt va oltingugurtli birikmalarning bo‘li-
shi metallarning korrozion yeyilishiga sabab bo‘ladi. Benzinning
metallarga korrozion ta’sirini yonilg‘i tarkibidagi korroziyalovchi
birikmalarning korroziyalashdagi o‘rni nuqtayi nazaridan ko‘rib
chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |