K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar



Download 6,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/281
Sana29.01.2022
Hajmi6,9 Mb.
#415491
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   281
Bog'liq
avtomillarda ishlatiladigan ashyolar

Lok-bo‘yoq qoplamining tuzilishi.
Gruntovkalar lok yoki emallarning yaxshi ilashishi uchun xiz-
mat qiladi, ular bo‘yaladigan sirt (metall, yog‘och) bilan lok-
bo‘yoq qoplamalar o‘rtasida bog‘lovchi qatlam vazifasini o‘tay-
di. Gruntovkalar lok-bo‘yoq qoplamida muhim vazifani bajaradi, 
ya’ni pardaning qarshiligi yuqoriligi hisobiga metallni korroziyala-
nishdan saqlaydi. Gruntovka – grunt tashkil topgan material, odat-
da, kist, bo‘yoq sepuvchi moslama yoki botirish yo‘li bilan amalga 
oshiriladi. Sirtni bo‘yashga tayyorlash va gruntovkalash o‘rtasidagi 
vaqt juda qisqa bo‘lishi maqsadga muvofiq, chunki bu vaqtda sirt
-
ga chang o‘tirishi, yoki sirt zanglashi mumkin. Grunt quritilgani-
da unchalik katta bo‘lmagan qalinlikka (15–20 mkm) ega bo‘la-
di. Gruntovka qilingan sirtdagi sidirilgan chiziqlar, hosil bo‘lgan 
pachoqlar to‘la saqlanadi. Detallarni tayyorlashda ular sirtida 
chiziqlar va turli notekisliklar bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim, 
mavjudlari esa mexanik ishlov berish yo‘li bilan bartaraf etiladi. 
Unda ham iloji bo‘lmasa, mahalliy va umumiy shpaklovkadan foy-
269
dalaniladi. Mahalliy shpaklovka yuzadagi yirik notekisliklarni bar-
taraf etish uchun beriladi. Umumiy shpaklovka bo‘yaladigan bu-
tun sirtni silliqlash maqsadida beriladi. Mahalliy shpaklovkalashda 
tarkibida 75–80 foiz to‘ldiruvchi (bo‘r, oxra va boshqalar) bo‘lgan 
quyuq pasta (shpaklovka)dan foydalaniladi. Quriganida elastikligi 
yetarli bo‘lmasligi, darzlar va yoriqlar paydo bo‘lishini e’tiborga 
olib, bir marta surtishdagi qalinligi 0,5 mm dan ortmasligi lozim. 
Shpaklovkaning har bir qatlami (ularning soni ikkitadan ortmaydi) 
yaxshilab quritiladi va dag‘al abraziv jilvir qogozlar (N 80–120) 
yordamida jilvirlanadi va chang hamda abraziv kukunlardan tozala-
nadi. 
Zarur bo‘lganida, bo‘yaladigan umumiy sirtni tekislashda sirt-
ga 50–100 mkm qalinlikda umumiy shpaklovka beriladi va quri-
tilganidan so‘ng kichik donali N 150–220 jilvir qog‘oz bilan jilvir-
lanadi. Umumiy shpaklovka bo‘yoq sepuvchi moslama yordamida 
beriladi. 
Ishlov berilgan shpaklovka, u bo‘lmaganida esa, gruntovkalan-
gan sirtga bir necha qatlam bo‘yoq beriladi. Bo‘yoq qatlami soni 
qatlamning tashqi ko‘rinishi, ekspluatatsiya sharoiti va boshqa sha-
roitlarga asoslanib tanlab olinadi. 
Bo‘yoq yuzaga grunt kabi cho‘tka, purkagich, shu jumladan, 
elektrostatik maydon, botirish, quyish va boshqa usullar bilan be-
riladi. Bo‘yoqning har bir qatlami alohida quritiladi, tashqi qatlam 
qo‘shimcha ravishda jilvirlanadi, jilolanadi, loklanadi. 
Yengil avtomobillarning kuzovlari qoplami grunt, mahalliy va 
umumiy shpaklovkalar va 3 tadan 7 tagacha qatlam bo‘yoqdan 
iborat bo‘ladi. Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha ular 1- klass talablari-
ga mos kelishi lozim (1054–82), ya’ni sirti silliq, bir xil rangda 
bo‘lishi va boshqa nuqsonlar bo‘lmasligi lozim. Yuk avtomobil-
larining kuzovlarini bo‘yashda gruntovka, mahalliy shpaklovka va 
2–3 qatlam bo‘yoq beriladi. Qatlam 2- klass talablariga mos kelishi 
kerak (tekis, silliq yuzalarda mayda dog‘lar, chiziqlar va boshqalar 
bo‘lishiga ruxsat etiladi). 


270
Avtomobillar ramasi, neft mahsulotlari taralari, o‘tkazgich qu-
vurlar va boshqalar 3- va 4- klass talablari asosida bo‘yaladi. 3- va 
4-klass qoplami 1–2 qatlam bo‘yoqdan (ba’zi hollarda gruntsiz) 
iborat bo‘ladi va metallni korroziyadan, yog‘ochni chirishdan hi-
moyalaydi. Bunda notekisliklar, ko‘zga tashlanadigan nuqsonlar 
(qoplamning himoya xususiyatiga ta’sir etmaydigan) bo‘lishiga 
ruxsat etiladi. 
Lok-bo‘yoq materiallarining asosiy komponentlari lok, grunt, 
shpaklovka, bo‘yoq va plyonka hosil qiluvchilardan iborat. 
Suyuq (paxta, kungaboqar va boshqa moylar) va qattiq (alifning 
turli navlari) plyonka hosil qiluvchilar hisoblanadi. 
Plyonka hosil qiluvchining tegishli erituvchidagi eritmasi lok 
deyiladi. 
Plyonka hosil qiluvchi turiga ko‘ra ikki:
Alif + pigment 

moyli bo‘yoq; 
Lok + pigment 

emalli bo‘yoq
ko‘rinishida bo‘ladi. 
Pigment sifatida metall oksidlari kukunlaridan (temir, qo‘rg‘o-
shin, rux, titan va boshqalar), yaxshilab maydalangan tabiiy noor-
ganik moddalar (bo‘r, oxra) va aluminiy kukunidan nisbatan ko‘p 
foydalaniladi. Pigmentning asosiy vazifasi bo‘yoqqa rang berish-
dan iborat. 
Lok-bo‘yoq materiallari tarkibiga plyonka hosil qiluvchi, eri-
tuvchi va pigmentlardan tashqari qovushoqligini kamaytirish uchun 
qo‘shimcha, qoplam elastikligini oshirish uchun plastifikatorlar, 
bo‘yoqning tezroq qurishini ta’minlash uchun sikkativ (kataliza-
tor) lar qo‘shiladi. 
271
11. 3. 

Download 6,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish