K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar


Yonilg‘i va moylash materiallarini tejash



Download 6,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/281
Sana29.01.2022
Hajmi6,9 Mb.
#415491
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   281
Bog'liq
avtomillarda ishlatiladigan ashyolar

Yonilg‘i va moylash materiallarini tejash
Yonilg‘i va moylash materiallarini tejash deganda, yonilg‘i 
va moylash materiallaridan oqilona foydalanish, ularning sifatini 
saqlash, isrof bo‘lishini va sarfini kamaytirish bo‘yicha qo‘llani­
ladigan chora-tadbirlar tushuniladi. 
Yonilg‘i va moylash materiallari uchun xarajatlarning umumiy 
xarajatlardagi ulushi 40–45 foizni tashkil etadi. Shuning uchun 
yonilg‘i va moylash materiallari sarfini kamaytirish tashish tan
-
narxini pasaytirish, shuningdek, energetika va mehnat resurslaridan 
tejab-tergab foydalanishda muhim ahamiyatga ega. Neft mahsulot-


214
larining miqdor va sifat yo‘qotishlarining oldini olish avtomobil 
transportining texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga, 
ularning uzoq muddat ishonchli ishlashiga, shuningdek, atrof muhit 
ifloslanishining oldini olishga imkon beradi. Shuning bilan birga, 
neft mahsulotlarining isrof bo‘lishiga qarshi kurashish muhim iqti-
sodiy, texnik, ijtimoiy va ekologik ahamiyatga ega. 
ATKlarda neft mahsulotlari isrof bo‘lishining oldini olishga 
bir qator tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni amalga oshirish natijasi-
da erishiladi. Bu tadbirlarning eng samaralilari quyidagilardir: 
yuk va yo‘lovchi tashish, shuningdek, yonilg‘i va moylash mate-
riallaridan oqilona foydalanish; avtomobillarning texnik sozligini 
ta’minlash; neft mahsulotlari sarfini hisobga olish; haydovchilar va 
ta’mirlovchilar malakasini oshirish; nazorat xizrnatini tashkil etish, 
yonilg‘i moylash materiallari sarfini kamaytirishda faol ishtirok et
-
gan haydovchilar va ishchi-xodimlarni rag‘batlantirish. 
ATKlarda yonilg‘i va moylash materiallarini tejash bo‘yicha 
tashkiliy-texnik tadbirlarning istiqboldagi va yillik rejalari tuzila-
di. Reja tuzishda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha 
yillik va istiqboldagi rejalar, yonilg‘i va moylash materiallarining 
solishtirma me’yorlarini kamaytirish bo‘yicha tadbirlar dastlabki 
ma’lumotlar sifatida qabul qilinadi. Reja tuzishga ATKning rahbar 
va muhandis-texnik xodimlari, ilg‘or haydovchilar, ishchi va xiz-
matchilar jalb etiladi. 
Tadbirlar rejasi, odatda, jadval ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. 
Rejada tadbir nomi, amalga oshirilish muddati, bajarishga mas’ul 
shaxs, samaradorlik, rejadagi xarajatlar va moliyalashtirish man-
balari, zarur materiallar, jihozlar va boshqalar keltiriladi. Reja ATK 
rahbari tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng amalga kiritiladi. Rejan-
ing bajarilishini nazorat qilish va umumiy rahbarlik ATKning bosh 
muhandisi zimmasiga yuklatiladi. 
Neft mahsulotlaridan oqilona foydalanish va ularni tejash maq-
sadida ATKda quyidagi nazoratlarni amalga oshirish lozim:
– yonilg‘i­moylash materiallarining solishtirma sarfi me’yorla­
rini pasaytirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish;
215
– yonilg‘i va moylash materiallarini tejash;
– neft mahsulotlaridan samarali foydalanishni doimiy tahlil qilib 
borish,
– ularni ro‘yxatdan chiqarishni yonilg‘i quyish qaydnomalarida 
emas, balki haqiqiy sarf asosida amalga oshirish;
– yilning sovuq mavsumlarida dvigatel va agregatlarni qizdi-
rishda yonilg‘i va moylarining ortiqcha sarflanishiga barham be­
rish, doimiy marshrutlarda ishlaydigan avtomobillar uchun yonil g‘i 
sarfming diferensial me’yorlarini qo‘llash;
– avtomobillarning to‘la texnik soz holda ishga chiqarilishini 
ta’minlash;
– neft mahsulotlaning invertarizatsiya qilish, neft mahsulotla-
rining ifloslanishi, isrof bo‘lishi, o‘g‘irlanishi va ortiqcha sarflani
-
shi bo‘yicha taftish o‘tkazish. 
Yuk va yo‘lovchi tashishni tashkil etish yonilg‘i va moylash 
materiallaridan samarali foydalanish va ularni tejashga sezilarli 
ta’sir ko‘rsatadi. Tashishni oqilona tashkil etishda asosiy vazifani 
ATKning ishchilari bajaradi. Bu ishchilarga quyidagi majburiyatlar 
yuklanadi:
– tashishni tashkil etishni takomillashtirish, yuqori samara be-
ruvchi marshrutlarni ishlab chiqish, kunlik ish grafiklarini shlab 
chiqish;
– avtomobillarning yuksiz yurishiga barham berish yoki yuksiz 
yurish masofalarini imkon qadar qisqartirish;
– samarasiz tashishlarni kamaytirish;
– yuk tashishda avtomobillarning yuk ko‘taruvchanligini qat’iy 
e’tiborga olish;
– tirkamalardan oqilona foydalanish;
– ortish, tushirish ishlarini yuqori darajada mexanizasiyalash-
tirishni ta’minlash va yuk tashishda konteynerlardan foydalanish; 
– avtomobillarning yuk ko‘taruvchanligidan mumkin qadar yax-
shiroq foydalanish;
– transport vositalarining marshrutlardagi ishini nazorat qilishni 
kuchaytirish;


216
– bajarilgan transport ishi miqdoriga qo‘shib yozishga barham 
berish choralarini qo‘llash yo‘li bilan yonilg‘i va moylash material-
larining boshqa maqsadlarda ishlatilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
– haydovchilar bilan birgalikda nisbatan iqtisodiy samarali 
harakat marshrutlari va tezliklarini ishlab chiqish;
– yo‘lovchi tashishning takomillashgan usullarini keng qo‘llash. 
Avtomobil va dvigatellarning texnik holati yonilg‘i va moylash 
materiallari sarfiga ta’sir ko‘rsatadi. Avtomobil transportida yonilg‘i 
va moylash materiallarini tejash bo‘yicha tavsiyalarda quyidagilar 
qayd etilgan:
– tormoz va g‘ildirak gupchaklarining noto‘g‘ri sozlanishi yo-
nilg‘i sarfining 10–20 foizga, moy va surkov moylari sarfining 30–
50 foizga ortib ketishiga olib keladi;
– g‘ildiraklarni yaqinlashtirishning me’yordan ortib ketishi nati-
jasida yonilg‘i va moylash materiallarining sarfi 10–15 foizga or
-
tadi;
– shinalardagi havo bosimini me’yordan 0,05 MPa ga kam bo‘li-
shi yonilg‘i va moylash materiallari sarfini 4–5 foizga, havo bosi
-
mining 0,1 MPa ga kamayishi esa 10 foizga ortishiga olib keladi;
– klapanlarning noto‘g‘ri sozlanishi natijasida yonilg‘i sarfi 
5–8 foizga, moy sarfi esa 15–20 foizga ortadi. 
Yonilg‘i va moylash materiallari sarfining ortishiga ta’minlash 
tizimi, yondirish va moylash tizimlaridagi nosozliklar sezilarli ta’sir 
etadi. Avtomobillarda uchraydigan nosozliklarning 10 foizdan or-
tig‘i ta’minlash tizimidagi nosozliklarga to‘g‘ri keladi, buning 
natijasida yonilg‘i sarfi 20–40 foizgacha ortadi. Sakkiz silindrli 
dvigatelning bitta yondirish shami ishlamaganida yonilg‘i sarfi 
15–18 foizga, ikkita shami ishlamaganida esa, 40 foizgacha orta-
di. Dizel dvigatelining bitta forsunkasi nosoz bo‘lganida, yonilg‘i 
sarfi 20–30 foizga ortadi. Uzgich­taqsimlagich kontaktlari orasida
-
gi tirqishning me’yordan 0,2 mm ortiq qilib sozlanishi natijasida 
yonilg‘i sarfi 7–10 foizga ortadi. Shuningdek, o‘t oldirishni ilga­
rilatish burchagining tirsakli valning burilish burchagiga nisbatan 
5° ga kechikishi natijasida yonilg‘i sarfi 6–8 foizga ortadi. 
217
Shunday qilib, avtomobillarni tejamli ishlatishga qaratilgan tad-
birlar ichida transport vositalarining texnik soz holda bo‘lishini 
ta’minlovchi tadbirlar muhim ahamiyatga ega. 
Avtomobillarni haydash saviyasi ham, yuqorida aytib o‘tilga-
nidek, yonilg‘i va moylash materiallarini tejashga katta ta’sir ko‘r-
satadi. Tajribalar ko‘rsatishicha, bitta avtomobil aynan bir marsh -
rut bo‘yicha turli malakaga ega bo‘lgan haydovchilar tomonidan 
boshqarilganida, yonilg‘i va moylash materiallari sarfidagi farq 
20–40 foizni tashkil etadi. 
Bundan yonilg‘i va moylash materiallarini ishlatishning oqilona 
tashkil etilishi ko‘p jihatdan haydovchiga bog‘liqligi kelib chiqadi. 
Yonilg‘i va moylash materiallaridan imkoniyat qadar samarali foy-
dalanishni ta’minlash uchun haydovchilar o‘z malakalarini doimo 
oshirib borishlari, avtomobil haydashning ilg‘or usullari va uslu-
blarini o‘rganishlari va amalda qo‘llashlari lozim. Avtomobil trans-
portida neft mahsulotlarini tejash samaradorligini oshirish yo‘na-
lishlaridan biri haydovchilarni o‘qitishda elektrik sxemali turli xil 
trenajorlar, shuningdek, avtomobillarni ma’lum ish sharoitlarida 
boshqarishdan foydalanish lozim. 
Yonilg‘i-moy tarqatish va moylash ishlarini hamda moy xo‘jali-
gini tashkil etish ham ATKda neft mahsulotlarining tejamli ishla-
tilishiga sezilarli darajada ta’sir etadi. Avtomobillarga yonilg‘i qu-
yish, odatda, avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida talon 
asosida amalga oshiriladi. Moylarni almashtirish, avtomobilning 
uzel va agregatlariga moy quyish va to‘ldirish ishlarini tashkil etish 
uchun har bir ATKda zamonaviy talablarga javob beruvchi moy 
xo‘jaligi bo‘lishi lozim. 
Neft mahsulotlarini tashish, qabul qilish, saqlash va tarqatish-
da, odatda, ularning isrof bo‘lishi kuzatiladi. Neft mahsulotlarining 
isrof bo‘lishi tabiiy (bug‘lanish), ekspluatatsion (ifloslanish, suv 
aralashishi, turli marka va navlarning aralashib ketishi, to‘kilishi, 
oqishi, to‘la quyib olmaslik) va avariya (to‘kilib ketish, yong‘in, 
portlash) turlariga bo‘linadi. 


218
Odatda, yonilg‘i omborlarida yonilg‘ini bug‘lanishidan is-
rof bo‘lishi umumiy isroflarning 75 foizini tashkil etadi, qolgan 
25 foizi esa to‘kilish, aralashish, sizish va boshqalar hisobiga amal-
ga oshadi. 
Yonilg‘ining ishlab chiqarilishidan uni avtomobillar yonilg‘i 
baklariga quyishgacha bo‘lgan davr mobaynida benzinning bug‘la-
nishi hisobiga isrof bo‘lishi 1,5–2 foizga yetadi. Shuning uchun 
yonilg‘ining bug‘lanishi hisobiga kamayishining oldini olish uchun 
quyidagi zarur chora-tadbirlarni qo‘llash lozim: ularni yer ostiga 
joylashtirilgan sig‘imlarda saqlash, yer ustiga joylashtirilgan sig‘im 
va taralarni oqish rangga bo‘yash, sig‘im va taralarning zichligini 
ta’minlash, gaz bug‘i hosil bo‘ladigan muhit hajmini kamaytirish 
va boshqalar. 
Sig‘imlarning qanday rangga bo‘yalishi yonilg‘ining yil davo-
mida bug‘lanishdan isrof bo‘lishiga quyidagicha ta’sir etadi. 
Absolut Nisbiy
foizlarda foizlarda
Qora ....................................................................................... 1,24 100
Qizil, zangori ......................................................................... 1,14 92
Kulrang ................................................................................. 0,99 78
Aluminrang ............................................................................ 0,83 67
Avtomobil benzinlarini yil davomida turli xil sharoitlarda 
saqlashda yonilg‘ining nisbiy isrof bo‘lishi (foiz hisobida) quyida 
keltirilgan:
Yer ostiga joylashtirilgan ........................................................................... 0,18
Yarim yer ostiga joylashtirilgan ................................................................. 0,50
Yer ustiga joylashtirilib, ustiga brezent yopilgan ....................................... 0,63
Yer ustiga ochiq holda joylashtirilgan ........................................................ 1,03
Yer ustiga joylashtirilgan yog‘och tiqinli ................................................... 1,75
Ishlatilgan neft mahsulotlarini yig‘ish va ulardan oqilona foy-
dalanish energetika va mehnat resurslarini tejashning muhim omil-
laridir. 
219
Neft mahsulotlaridan oqilona foydalanishni ta’minlashda mehnat 
jamoalari va alohida ishchilarni taqdirlash muhim ahamiyatga ega. 
Taqdirlash uchun tejalgan ikkilamchi yonilg‘i energetika resurslari 
tannarxining 50 foizigacha mablag‘ ajratishga ruxsat etiladi. Bu 
mablag‘lar korxonaning rag‘batlantirish jamg‘armasiga kiritiladi. 
8. 8.

Download 6,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish