Xiralashish harorati
bu, tarkibida suv bo‘lmagan tiniq di-
zel yonilg‘isini sovitish jarayonida yonilg‘ining loyqalanishining
(xiralashishi) dastlabki belgilari kuzatiladigan haroratdir. Bunda
yonilg‘ining faza bo‘yicha bir jinsliligi yo‘qoladi. Yonilg‘ini xira-
lashishiga, yuqorida aytib o‘tilganidek, past haroratlarda yonilg‘i
tarkibidagi yuqori haroratlarda eriydigan uglevodorodlar kristalla-
rining paydo bo‘lishi sabab bo‘ladi. Yozgi dizel yonilg‘ilari uchun
xiralashish harorati minus 5°C dan, qishki yonilg‘ilar uchun mi-
nus 25°C–minus 30°C dan yuqori bo‘lmasligi kerak. Agar yonilg‘i
tarkibida suv bo‘lsa, u 0°C dan minus 1°C gacha haroratdayoq xi-
ralasha boshlaydi.
Yonilg‘ining qotish haroratini aniqlashda 450 burchak ostida qi-
yalatib o‘rnatish mumkin bo‘lgan standart asbobdan foydalaniladi
(3. 2- rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |