K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar


Benzinning detonatsiyaga chidamliligini baholash



Download 6,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/281
Sana29.01.2022
Hajmi6,9 Mb.
#415491
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   281
Bog'liq
avtomillarda ishlatiladigan ashyolar

 Benzinning detonatsiyaga chidamliligini baholash
Benzinning detonatsiyaga chidamliligi (detonatsiyaga qarshi 
turg‘unligi) deganda, yonuvchi aralashmani dvigatel sharoitlarida 
siqishda detonatsiya hodisasining yuzaga kelishiga yonilg‘ining 
qarshilik ko‘rsatish xususiyati tushuniladi. U yonilg‘ining ok-
tan soni bilan belgilanadi. 
Oktan soni
 
– bu izooktanning normal 
geptanli etalon aralashmadagi (detonatsiyaga turg‘unligi jihatidan 
sinalayotgan yonilg‘iga teng) foiz (hajm bo‘yicha) miqdoridir. Izo-
oktan yuqori, normal geptan esa past chidamlilikka ega. Shuning 
uchun yonilg‘i detonatsiyaga qancha yaxshi qarshilik ko‘rsata olsa, 
uning oktan soni shuncha yuqori bo‘ladi. Yonilg‘ining oktan soni 
laboratoriya sharoitlarida siqish darajasini o‘zgartirish mumkin 
bo‘lgan hamda detonatsiya boshlanishini aniqlaydigan moslama 
bilan jihozlangan maxsus UIT–65 ichki yonuv dvigatelida motor 
usulida aniqlanadi. 
Benzinlarning detonatsiyaga chidamliligi aniq etalon bilan so-
lishtiriladi. Izooktan C
8
H
18
izomer tuzilishiga ega bo‘lgan para-
fin qatoridagi uglevodor
oddir. Uning detonatsiyaga chidamliligi 
yuqori bo‘lib, oktan soni 100 birlik sifatida qabul qilingan. Izook-
tan siqish darajasi juda yuqori bo‘lgan dvigatellardagina detonatsi-
yalana boshlaydi. 
Geptan C
7
H
16
ham parafin qatoridagi uglevodorod bo‘lib, zan
-
jirsimon normal tuzilishga ega. Geptan kuchli detonatsiyalana-
di, uning detonatsiyaga chidamliligi 0 ga teng. Buni etalon bilan 
aralashtirib, detonatsiyaga chidamliligi 0 dan 100 gacha bo‘lgan 
yonilg‘i olish mumkin. Demak, oktan soni benzinlarning detonatsi
-


40
yaga chidamliligini bildiruvchi shartli o‘lchov birligidir. Yuqorida-
gi fikrlarga ko‘ra, tarkibida 24 foiz geptan va 76 foiz izooktandan 
iborat aralashmaning detonatsiyaga chidamliligi, ya’ni oktan soni 
76 ga teng bo‘ladi. 
Tekshirish quyidagicha bajariladi. Bir silindrli dvigatelga oktan 
soni aniqlanishi kerak bo‘lgan benzin quyiladi. Dvigatel standart 
rejimda ishlatiladi, so‘ngra ish davomida siqish darajasi detonatsi-
ya bo‘lguncha asta­sekin oshirib boriladi. Detonatsiyaning jadalligi 
detonometr 
deb ataluvchi maxsus asbob yordamida qayd etiladi. 
Detonatsiya bo‘lgan siqish darajasi moslama yordamida belgilab 
olinadi. Shundan so‘ng dvigatelga etalon yonilg‘i quyiladi. Buning 
uchun izooktan va normal geptanning shunday aralashmasini tan-
lash kerakki, dvigatel u bilan ishlatilganida detonatsiyaning jadalli-
gi sinaladigan benzin bilan ishlaganidagidek bo‘lsin. 
So‘nggi yillarda benzinning detonatsiyaga chidamligi motor 
usulidan tashqari tadqiqot usuli bilan ham aniqlanmoqda. Tadqiqot 
usuli bilan aniqlangan oktan soni motor usuli bilan aniqlanganidan 
7–10 birlikka katta bo‘ladi. Agarda benzinning oktan soni tadqiqot 
usuli bilan aniqlangan bo‘lsa, benzin markasida «И» indeksi yozi
-
ladi, masalan, АИ–93. 
Mana shu ikki usul bilan aniqlangan oktan sonlarining farqi 

Download 6,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish