Yonilg‘i va moylash materiallarining sarfini me’yorlash
Yonilg‘i va moylash materiallari sarfini me’yorlash deganda,
aniq texnik-iqtisodiy va ekspluatatsion ko‘rsatkichlar hisobga olin-
gan holdagi ish rejimida tashish yoki boshqa transport ishlarini ba-
jarishda sarflanadigan yonilg‘i va moylash materiallarining ruxsat
etilgan chegaraviy miqdori tushuniladi.
Yonilg‘i sarfi me’yorlari nazorat, yo‘l, qo‘zg‘almas jihozlar
o‘rnatilgan avtomobillar uchun, marshrutdagi avtomobillar uchun
va guruhli turlarga bo‘linadi.
Yonilg‘i sarfining nazorat me’yori avtomobilni ishlab chiqaruv
-
chi zavod tomonidan belgilanadi va bu ko‘rsatkich avtomobilning
texnik jihatdan takomillashtirilganligini tavsiflaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |